chiqish kelishigi — den Menschen
Predloglar gap bo'laklari o'rtasidagi aloqalami aniqlashtirib
turuvchi yordamchi so'zlardir. Masalan ingliz tilida to school —
maktabga, at school — maktabda, from school — maktabdan,
shuningdek rus tilida в школе, из школы, по школам kabi.
Bog'lovchilar gap va so'zlami bog'lash uchun xizmat qiladi:
kitob va daftar, aka bilan uka, bahor keldi va gullar ochildi kabi.
Ing'liz, nemis, fransuz va rus tillarida ham bog'lovchilar so'z va
gaplami bog'lashda qo'llanadi. Yordamchi fe’llar o'z ma’nosini
yo'qotgan, lekin fe’lning boshqa zamon, aspekt va darajasini
ko'rsatuvchi vosita sifatida qo'llanadi. Rus tilidagi быть ingliz
tilidagi be, have, shall, will, — should, would yordamchi fe’llari
Do'stlaringiz bilan baham: |