Ichki fleksiya —
so'zning o'zagi ichida unlilaming
o'zgarishi yoki tovushning yo'qolishi. Turli grammatik vosita
lami hosil qilishda va yangi so'zlar yasashda ichki fleksiya
ishtirok etadi. Ichki fleksiya tashqi fleksiyadan, ya’ni so'z
o'zagining oxiridagi grammatik ko'rsatkichlardan, masalan, son
va kelishik kategoriyalari qo'shimchalaridan farq qiladi. Ichki
fleksiya semit tillariga, xususan, arab tiliga xosdir. Masalan,
k-t-b o'zagidan (“yozmoq”) ichki fleksiya vositasida kataba (“u
yozdi”), kutuba (“u yozilgan”), kotibun (“yozuvchi”, “xattot”),
kitabun (“yozilgan”). Ichki fleksiya yordamida kelishik shakllari
yasaladi. Rus tili ichki fleksiyaga boy bo'lib, unda unlilaming
almashinuvi ko'p uchraydi. Masalan, лежать, лёжа, ложиться,
Do'stlaringiz bilan baham: |