www.ziyouz.com kutubxonasi
22
va marhamat hamrohingiz bo‘lsin; - iymon sharafi hammaga ham nasib etmaydi, uni
yaxshilab asrang, solih amallar
bilan oziqlantirishni unutmang;
- dunyo va oxirat
hayotingizning go‘zal boqqa aylanishini istasangiz, yaxshilik urug‘larini ko‘nglingizga
eking, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislari bilan sug‘oring, Qur’on ila
singdiring, tarovati va mevasini barcha insonlarga ulashing; - boshqalarda ko‘rishni
istaganingiz go‘zalliklarni avvalo o‘zingizning nafsingizda yashang… Va meni kechiring,
onajon. Jannatda ko‘rishmoq umidi ila O’g‘lingiz.
133. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim xalqning g‘azabiga e’tibor bermay, Allohning rizosini qidirsa,
insonlarning qiyinchiliklariga Alloh kifoya qiladi. Kim Allohning g‘azabiga bee’tibor bo‘lib,
xalqning rizosini qidirsa, Alloh uni o‘z
holiga
tashlab qo‘yadi» («Kutubi sitta», 16/273).
www.ziyouz.com
2008