Qabrdan maktub.
Abdulloh Sevinch
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
Abdulloh Sevinch
QABRDAN MAKTUB
Tarjimon:
Mahmud MAHKAM
Toshkent
«Movarounnahr» 2005
Alloh taolo aytadiki:
«Har bir jon o‘limni totib ko‘rguvchidir. Biz sizlarni (sabr-toqatlaringizni sinash
uchun) yomonlik bilan ham, (shukr qilishingizni bilish uchun) yaxshilik bilan
ham «aldab» imtihon qilurmiz. (Keyin) faqat Bizgagina qaytarilursizlar»
(Anbiyo surasi, 35-oyat).
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
«O’limdan avval o‘lingiz!» (Ajluniy, «Kashful Xafo», 2-jild, 2669.) «O’lganidan
keyin
afsuslanmaydigan inson yo‘q. Hamma mutloqo nadomat qiladi. To‘g‘ri yo‘lda bo‘lgan
kishi yanada ko‘proq xayrli ish qilmagani uchun afsuslanadi. Yomon yo‘lda bo‘lgan esa
nafsini yomonlikdan uzoqlashtirmagani uchun nadomat qiladi» (Imom Termiziy, «Zuhd»,
55, 2405). Ushbu kitobdagi maktub vafot etgan o‘g‘ilning onasiga yuborgan dard-alam,
iztirob, nadomat, pushaymonlik nomasidir. Maktub o‘quvchini sergak torttiradi va ibrat
olishga undaydi.