Davlat xizmatining maqsadi va vazifalari
Har qanday davlatda davlat xizmatini tashkil etishning
asosiy maqsadi
,
albatta, davlat vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish, jamiyat xotirjamligini
ta’minlash, Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlari bilan o‘rnatilgan tartibda
ommaviy manfaatlarni qondirish hisoblanadi. O‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga
erishish uchun davlat turli-tuman vazifalarni bajaradi.
Yuridik adabiyotlarda
11
davlat xizmatining vazifalariga deyarli barcha
huquqshunos olimlar bir xilda yondashgan.
O. Husanovning ko‘rsatishicha, davlat xizmatining asosiy maqsadi
davlatning Konstitutsiya va qonunlarini amalga oshirish hisoblanadi. Shu
maqsadda ular quyidagi vazifalarni bajaradi:
1)
davlatni aholi bilan aloqasini, davlat xizmatining obro‘-e’tiborini
ta’minlovchi ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslarini shakllantirish;
2)
markaziy va mahalliy davlat organlari apparatining samarali ishlashi va
rivojlanishini ta’minlash;
3)
mehnatni ilmiy tashkil etish, fan yangiliklaridan, texnika yutuqlaridan
foydalanish, jahon tajribasini qo‘llash orqali davlat apparati faoliyatini doimiy
takomillashtirib borish;
4)
davlat boshqaruvini demokratlashtirish, uning faoliyatida oshkoralik va
ochiqlik uchun sharoit yaratish, qonuniylikni ta’minlash, buyruqbozlik va
korrupsiya ko‘rinishlariga barham berish;
5)
davlat organlari jamoasida sog‘lom muhit, ishchanlik sifatlarini,
tashabbuskorlik, ijodkorlikni vujudga keltiruvchi sharoitlarni ta’minlash;
6)
davlat boshqaruvi xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish tizimini
vujudga keltirish va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, xodimlarni xizmat
pillapoyasidagi adolatli siljishiga imkoniyat yaratish;
7)
davlat boshqaruviga xizmatga qabul qilish, xizmatni o‘zgartirish, yuqori
ko‘tarilish, xodimlar faoliyatini baholash, rag‘batlantirish, javobgarlik tartiblarini
aniqlash.
Bular davlat xizmatining umumiy vazifalari bo‘lib, davlat xizmatining
o‘ziga xos, aniq tur va yo‘nalishga taalluqli vazifalari ham mavjuddir. Bularga
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
˗
davlat boshqaruv tuzilmasini samarali tashkil qilish va rivojlantirish,
mansablar o‘rtasida vakolatlar taqsimlanishini rejalashtirish;
11
Қаранг:
Алехин
А.П.,
Кармолицкий
А.А.,
Козлов
Ю.М.
Административное
право.
–
Зерцало,
1998;
Бахрах
Д.Н.,
Россинский
Б.В.,
Старилов
Ю.Н.
Административное
право.
–
М.:
Норма,
2004;
Козлов
Ю.М.
Административное
право.
–
М.:
Юристъ,
2003;
Габричидзе
Б.Н.,
Чернявский
А.Г.,
Ким-Кимэн
А.Н.
Административное
право.
–
М.:
ТК
Велби,
Изд-во
Проспект,
2004.
26
˗
davlat organlari xodimlarini boshqarish, ularning malakaviy darajasini
aniqlash, malakasini rivojlantirish, mansab darajasida siljishi, ijtimoiy himoyasini
ta’minlash;
˗
davlat boshqaruvi xodimlarini mansab darajasi va toifasi bo‘yicha statistik
hisob yurgazish;
˗
mansablarga malakaviy talablarni, ularning ko‘tarilishi tartiblarini ishlab
chiqish;
˗
davlat apparati xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish, tanlov o‘tkazish,
xizmatchilarning malakaviy o‘sishi va ish faoliyati istiqbolini rejalashtirish;
˗
davlat apparatini saqlash va samaradorligi uchun qilinayotgan moliyaviy va
boshqa moddiy xarajatlarni asoslash, shtat miqdorini aniqlash, davlat xizmati
organlari, tashkilotlariga qilinadigan moddiy va mehnat sarf-xarajatlarini aniqlash;
˗
mansab vazifalarini bajarish uchun manfaatdorlik va javobgarlik shakllarini
hamda ularni qo‘llashning demokratik usullarini aniqlash va asoslash;
˗
davlat boshqaruvi va davlat xizmati sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil
etish va muvofiqlashtirish. Buning uchun, zamonaviy axborot-tahlil tarmog‘ini
shakllantirish, ekspert-maslahatchi guruhlari xizmatini tashkil etish;
˗
davlat boshqaruvi xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish tizimini
tashkil etish, ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini tahlil qilish, bitiruvchilarning
sifatiga baho berish, ulardan foydalanishni nazorat qilish, davlat organlari va ta’lim
muassasalarining aloqalarini ta’minlash;
˗
davlat boshqaruvi va davlat xizmati sohasida qonun hamda islohot
dasturlari loyihalarini tayyorlash.
12
O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmati sohasiga taalluqli izlanishlarni olib
borgan huquqshunos olimlardan yana biri X.R. Alimov davlat xizmatining asosiy
vazifalariga quyidagilarni kiritadi:
˗
O‘zbekiston Respublikasi xalqi manfaatlarini ko‘zlab davlatning
funksiyalarini amalga oshirish;
˗
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, Prezident va
Hukumatning qarorlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va
boshqaruv organlarining boshqa me’yoriy hujjatlarini ijro etish;
˗
faoliyatning o‘rnatilgan maqsadlari va vakolatlariga qat’iy rioya etgan
holda respublika va mahalliy organlarning samarali ish faoliyatini ta’minlash;
˗
fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari amalga
oshirilishini va himoya qilinishini ta’minlash;
˗
boshqaruv faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish va ilmiy-texnik
jarayonning eng ilg‘or vositalaridan foydalanish, professional darajani oshirib
borish va boshqalar.1
˗
Yuqoridagilarga asoslanib hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlaridan kelib chiqqan holda davlat xizmatining asosiy vazifalari sifatida
quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin
Umuman olganda, davlat xizmatining vazifalari davlat organining huquqiy
12
Б.Мирбобоев,
О.Ҳусанов,
А.Бегматов.
Ўзбекистонда
давлат
хизматини
ташкил
этишнинг
ташкилий-
ҳуқуқий
масалалари.
Тошкент,
Akademiya, 2005.
25-26-б.лар
.
27
maqomiga, davlat xizmatchisining qanday lavozimni egallaganiga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |