Resurs –
zahira, biron-bir manba. Mamlakat xalq ho‘jaligi, har qanday
tarmoq, korxonani, ya’ni har qanday ko‘lamdagi tashkilotni ko‘rib chiqib moddiy,
tabiiy, mehnat, moliya energetika resurslarini ajratish mumkin va bu toifa iqtisodiy
toifa hisoblanadi.
Hozirgi kunda har qanday ko‘lamdagi me’yorda faoliyat yuritishi uchun
faqat yuqorida sanab o‘tilgan toifadagi resurslarni o‘zi yetarli bo‘lmaydi va ayni
damda axborot resurslari ham ahamiyatga ega resurslar sifatida sanalmoqda. Ishlab
chiqarish uchun nafaqat zaruriy balki bularni barchasini bajarish uchun
texnologiyalar to‘g‘risidagi axborotlarga ega bo‘lishni bilish ham zarur bo‘ladi.
Shuning uchun, hozirgi kunda aynan axborotlar, axborot resurslari alohida
iqtisodiy toifa sifatida ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |