“byudjet hisobi va g’aznachilik”fakulteti “elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi


-mavzu. JAMIYAT TARAQQIYOTIDA AXBOROTLASHGANLIK



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/253
Sana02.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#306224
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   253
Bog'liq
6e1943bf9202a223d165053a6e9973c7837e26ba

2-mavzu. JAMIYAT TARAQQIYOTIDA AXBOROTLASHGANLIK 
AHAMIYATI
Reja:
1. Axborotlashgan jamiyat dunyoviy taraqqiyotning eng rivojlangan fazasi.
2. Axborot axborotlashgan jamiyatga olib keluvchi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy 
resurs.
3. Iqtisodiyot va jamiyatni "raqamlashtirish" jarayoni.
Boshqaruv va iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini avtomatlashtirish 
va robotlashtirish, «intellektual» tizimlar, axborot texnologiyalaridan foydalanish, 
har  bir  insonga  ixtiyoriy  axborot  va  bilimlarni  taqdim  etuvchi  yagona 
integrallashgan  tizimlarni  yaratish  jamiyat  munosabatlarining  barcha  tizimlarda 
radikal  o‘zgartirishlar  qilishni  talab  qiladi,  oqibatda  eng  katta  o‘sish  va  o‘z 
imkoniyatlarini namoyon qilishda shaxs erkinligini ta’minlaydi.
Axborotlashgan  jamiyat  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  natijasida 
kirib kelgan zamonaviy taraqqiyotning eng rivojlangan fazasi hisobanadi.
O‘z  navbatida  axborotlashgan  jamiyatning  shakllanishi  axborotlarni 
jamiyatda  qiymatga  ega  va  egalik  qila  olish  mumkin  bo‘lgan  resursga 
aylanishidagi  asosiy  omili  va  sharti  hamda  keng  ko‘lamli  o‘zaro  axborotli 
hamkorlik muhiti hisoblanadigan iqtisodiy-axborot fazoni paydo bo‘lishi bilan bir 
vaqtda amalga oshib boradi.
O‘zbekistonda  axborotlashgan  jamiyatni  shakllanish  xususiyatlarini  ko‘rib 
chiqishni 
axborotlashgan 
jamiyat 
nazariyasi 
mohiyati 
va 
uning 
sanoatlashtirilishdan  (industrilllashdan)  keyinga  bosqichdagi  o‘rnini  yoritib 
berishdan boshlab tadqiq etish maqsadga muvof bo‘ladi.
Amerikalik  iqtisodchi  olim  K.Klark  XX  asrning  40  yillarida  insoniyatning 
taraqqiyot  bosqichida  axborotli  rivojlanish  chetlab  o‘tib  bo‘lmaydigan  jarayon 


16
ekanligini birinchi bo‘lib bashorat qildi.
«Axborotlashgan jamiyat» atamasi 60- yillarning boshlarida F. Maxlupo va 
T.  Ulisao  tomonidan  taklif  qilinib,  undagi  axborotlashgan  jamiyat  nazariyasining 
asosida  paydo  bo‘ladigan  ijtimoiy-iqtisodiy  qayta  shakllanishlarni  axborot 
texnologiyalarini  tarqalishi  bilan  birgalikda  tahlil  va  umumlashtirishga  harakat 
qilish yotar edi.
Yana  bir  rus  olimi  N.N.  Moiseevni  fikricha  axborotlashgan  jamiyat  bu – 
«Jamoa Intellekti inson aqli uning tanasida qanday ahamiyatga  ega bo‘lsa, aynan 
shunga o‘xshash ahamiyatga ega bo‘lgan jamiyatdir, ya’ni, jamiyatni rivojlanishiga 
va  ortib  borayotgan  barcha  qiyinchiliklarni  yengib  o‘tishga  ta’sir  qiladi  hamda 
insoniyat manfatlari uchun harakat qiladi».
Shunga  o‘xshash  barcha  ta’rif  va  tafsivlar  yangi  jamiyatning  shakllanishi 
jarayonida  axborot  va  bilimlarni  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  ekanligini 
ta’kidlaydi.
Mavjud 
yondashuvlarni 
umumlashtirgan 
holda, 
hozirgi 
kunda 
«Axborotlashgan  jamiyat»  tushunchasini  talqin  qilishda  quydagilar  e’tiborga 
olinadi:
-  axborotlashgan  jamiyat  har  bir  inson  va  davlat  farovonligini  bosh  sharti 
axborotlarga  to‘siqlarsiz  kirish  va  ular  bilan  ishlash  malakalariga  ega  bo‘lishdagi 
bilimlar bo‘lgan bilimlar jamiyati;
-axborot  ayirboshlashda  na  vaqt,  na  fazoviy,  na  siyosiy  chegaralarga  ega 
bo‘lmagan  global  jamiyat;  bu  bir  tomondan  madaniyatlarni  o‘zaro  birlashishga 
imkon bersa, ikkinchi tomondan, har bir jamiyatga o‘zini namoyon qilishga yangi 
imkoniyatlar ochib beradi;
-bilim  va  axborotlardan  foydalanish,  tarqatish,  uzatish,  saqlashga,  ishlov 
berish, egalik qilish katta ahamiyatga ega bo‘lgan jamiyat.
Axborotlashgan  jamiyatni  bosh  maqsadi  yangi  axborot  va  kommunikatsiya 
texnologiyalarini yaratish va foydalanishdangina iborat bo‘lib qolmay, davlatning 
barcha  iqtisodiy  tizimlarini  tubdan  o‘zgartirish,  axborot-iqtisodiy  fazosini 
shakllantirish,  mehnat  umumdorligini  uzluksiz  oshirib  borish  uchun  innovatsiya 
hamda  bilimlardan  amaliy  jihatdan  keng  foydalanib,  shu  asosda  tarzi  va  sifatini 
oshirishni ko‘zda tutadi.
Hozirgi  kunda  bo‘lg‘usi  axborot  jamiyatining  barcha  xususiyatlarini  yetarli 
darajada  tavsiflab  berish  mushkul  muammo  hisoblanadi,  chunki  uning  har  biri 
biron-bir  darajada  o‘zini  namoyon  qilib  boradi.  Biri  aniq  darajada,  ikkinchisi 
munosab, uchinchisi davr mobaynida o‘zini  namoyon qilib boradi. Shunday bo‘lsa 
ham,  jamiyatni  axborotlashtirish  yo‘lidagi  harakatlari  va  bu  harakatni  keyingi 
istiqbollarini  tahlil  qilib  axborotlashgan  jamiyat  istiqbolini  quyidagi  asosiy 
xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
-  insoniyatning  tuganmas  zahirasi  bo‘lgan  va  barcha  individ,  tashkilot, 
ijtimoiy  guruhlar  va  butunlay  jamiyat  kira  olishi  mumkin  bo‘lgan  axborotlar 
shaklidagi eng muhim va qiymatga ega bo‘lgan bilimlar jamiiyatning bosh boyligi 
hisoblanadi.  Bilimlar  va  ularni  amaliy2  jihatdan  qo‘llash  qo‘shimcha  qiymat 
manbai sifatida mehnatning o‘rnini bosib boradi. Sanoatlashgan jamiyatda mehnat 
va  kapital  markaziy  o‘zgaruvchilar  bo‘lgani  kabi  axborot  va  bilimlar  ham 


17
axborotlashgan jamiyatning asosiy o‘zgaruvchisi hisoblanadi;
- yalpi milliy mahsulotda axborot mahsulot va xizmatlar ulushi o‘sib boradi;
- insonlarni o‘zaro samarali axborotli hamkorligi, jahon axborot resurslariga 
kirish  va  axborot  mahsulot  hamda  hizmatlariga  bo‘lgan  talablarni  ta’minlovchi 
global axborot fazosi yaratiladi; 
- o‘zining  hayot  faoliyati  va  indivilar  faoliyati  uchun  birinchi  navbatda 
ilmiy axborotlarni ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan jamiyat; 
- axborotlar  uzatish  tezligi,  hajmi  va  ishlov  berish  tezligi  o‘sishini 
ta’minlashda zarur bo‘lgan axborot texnikalari ishlab chiqariladi va foydalaniladi; 
- eski  kasblarni  yo‘q  bo‘lishi  va  yangilarini  paydo  bo‘lishi,  ulardagi 
ishchilar  sonidagi  munosabatlarni  o‘zgarishi  bilan  bog‘liq  hoda  jamiyat 
professional 
tuzilishi 
o‘zgaradi. 
Bir 
vaqtning 
o‘zida 
rivojlangan 
avtomatlashtirilgan  va  kompyuterlashtirilgan  ish  joylari  tizimini  yaratish  asosida 
individlashgan  mehnatning  ulushi  ortib  boradi.  Demak,  ishlab  chiqarishda 
ishchining turi shakllanib boradi;
- axborot texnologiyalari ma’naviy madaniyatga faol ta’sir ko‘rsatib boradi, 
kompyuter  madaniyati  shakllanib  boradi,  madaniyat  yutuqlari  haqiqiy  ravishda 
umumxalq  boyligiga  aylanib  boradi.  Kompyuterlashtirish  va  ta’lim  uzluksizligi 
amalga oshib boradi; 
- kishilik  jamiyatining  hayotiy  faoliyatida  globallashuv  amalga  oshadi. 
Yagona  iqtisodiy  xo‘jalik  yaratiladi.  Jamiyat  global  muammolarni  yechish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi va shu yo‘lga kiradi; 
- insonlar va jamiyatni tabiatga bo‘lgan munosabati sifat jihatdan o‘zgarib 
boradi.  Jamiyat  tabiatga  hukmronlik  qilishdan  u  bilan  garmonik  jihatdan  o‘zaro 
hamkorlik qilish uchun qadamlarni boshlab yuboradi 
Axborotlardan  axborotlashgan  jamiyatni  qurishga  olib  keluvchi  asosiy 
ijtimoiy-iqtisodiy  resurslar
  sifatida  yanada  keng  foydalanilishi  o‘zaro  qarama-
qarshi  bo‘lgan  ikki  munosabatni  yuzaga  keltiradi:  ochiqlik  va  yopiqlik  tomon 
harakat.  O‘z  navbatida  ochiq,  yopiq  hamda  ochiqlik  va  yopiqlik  hususiyatlarini 
birlashtiruvchi qo‘shma axborotlashgan jamiyat to‘g‘risida gapirish mumkin.
Taraqqiyotning  mumkin  bo‘lgan  rivojlanishida  ishlab  chiqarishning  asosiy 
mahsulotlaridan  biri  axborot  va  bilimlar  bo‘lib  boradi.  Ajralib  turuvchi 
xususiyatlari:

jamiyat  hayotida  axborotlar,  bilimlar  va  axborot  texnologiyalarining 
ahamiyat ortib boradi;

ichki  aylanma  mahsulotlarda  axborot  mahsulotlari  va  xizmatlarini  ishlab 
chiqarish,  axborot  texnologiyalari,  kommunikatsiyalarda  band  bo‘lgan  insonlar 
soni ortib boradi;

telefon,  radio,  televideniya,  Internet  tarmog‘i,  shuningdek  an’anaviy  va 
elektron  ommaviy  axborot  vositalaridan  foydalanish  orqali  jamiyatni 
axborotlashtirish o‘sib boradi;

insonlarni  o‘zaro  samarali  axborot  hamkorligini,  b)  ularni  jahon 
axborotlariga kirishi, v) ularni axborot resurslari va xizmatlariga bo‘lgan talablarini 
qanoatlantirishni ta’minlovchi global axborot makoni yaratiladi.


18
Axborotlashgan  jamiyatga  o‘tish  bilan  axborotlarga  ishlov  berishda 
kompyuterlar  va  AKTga  asoslangan  yangi  sanoat  paydo  bo‘ldi.  Axborotlashgan 
jamiyatga xos jihatlarni keltirib o‘tamiz:
- axborot  inqirozi  muammosi  hal  qilinadi,  ya’ni  axborot  burxonlari  va 
axborot tanqisligi o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar bartaraf qilinadi;
- boshqa resurslar bilan taqqoslashda axborotlarga ustuvorlik beriladi;
- rivojlanishning bosh shakli axborot iqtisodiyoti hisoblanadi;
- axborot  texnologiyalari  inson  faoliyati  barcha  sohalarini  qamrab  olgan 
holda global tavsifga ega bo‘ladi;
- butun insoniyat taraqqiyotida axborot birligi shakllanadi;
- informatika  vositalari  yordamida  har  insonni  butun  taraqqiyot  axborot 
resurslariga erkin kirish amalga oshiriladi.
Shu  bilan  birga  o‘zining  ijobiy  tomonlari  bilan  birga  ayni  damda  salbiy 
munosabatlarni ham kuzatish mumkin:

jamiyatga ommaviy axborot vositalarini o‘ta ta’sir qilishi;

sifatli va ishonchli axborotlarni tanlash muammosi mavjud bo‘ladi;
O‘zbekistonni  axborotlashgan  jamiyatga  o‘tishdagi  yo‘li  uning  hozirgi 
kundagi ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy xususiyatlari bilan aniqlanadi va ularga 
quydagilarni kiritish mumkin:
-bir tomondan:
1)  O‘zbekistonda  o‘tish  iqtisodiyotiga  xos  bo‘lgan  salbiy  iqtisodiy 
munosabatlarni mavjudligi;
3)  axborot  mahsulotlari  va  xizmatlariga  bo‘lgan  to‘lovga  qobiliyatli 
talablarni yo‘qligi;
4)  axborot  mahsulotlarini  asosiy  iste’molchilari  bo‘lgan  ko‘p  sonli  o‘rta 
hollar sinfini yo‘qligi.
O‘zbekistonda  axborotlashgan  jamiyatga  o‘tishda  harakatlar  quyidagi 
masalalarni hal qilinishini taqozo qiladi:
- axborotlashgan jamiyatni texnologik asosini yaratish va rivojlantirish;
- tanlangan yo‘lni amalga oshishini ta’minlovchi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, 
huquqiy, tashkiliy va madaniy yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ommaviy  iste’molchilarga  yo‘naltirilgan  axborot  va  kommunikatsiya 
xizmatlarini  shakllantirish  hamda  rivojlantirish  sohasida  quyidagilarni  amalga 
oshirish zarur:
-  foydalanuvchilarni  axborot  tizimlari  bilan  tarmoqli  o‘zaro  homkorligi 
uchun muvofiqlashtirilgan arzon qurilmalarni, uy kompyuterlashtirishlarni dasturiy 
va servisli quvvatlovchi tizimlarni ishlab chiqish;
-  aholi  uchun  axborot  va  kommunikatsiya  xizmatlari  bozorini  tadqiq  qilish 
hamda  rivojlantirishda  davlat  va  nodavlat  tuzulmalari  integratsiyasini 
yengillatuvchi iqtisodiy sharoitlarni yaratish.
Iqtisodiyot  va  jamiyatni  "raqamlashtirish"  jarayoni  (ingliz  tilida  - 
digitization,  ba’zan  esa  digitalization)  to‘g‘risida  fikr  bildirishdan  avval,  birinchi 
navbatda, terminga aniqlik kiritish zarur bo‘ladi. Keng ma’noda "raqamlashtirish" 
jarayoni  odatda  raqamli  texnologiyalarni  ommaviy  joriy  etish  va  ishlash 
ko‘nikmalarini olish, ya’ni, axborotni yaratish, qayta ishlash, almashish va uzatish 


19
texnologiyalari  bilan  boshlangan  ijtimoiy-iqtisodiy  transformatsiya  sifatida 
tushuniladi
5
.
Microsoft  tahlilchilarining  fikriga  ko‘ra,  jahon  AT-industriyasini  keyingi 
yanada  rivojlantirishda  "Texnologik  platforma"  -  qo‘shma  texnologiyalar, 
mahsulotlar  va  ularni  tarqatish  kanallari  to‘plamlari,  shuningdek,  ulardan 
foydalanish va taqsimlash ekotizimlarini ommaviy joriy etish muhim rol o‘ynashi 
kerak. Hozirgi kunda yangi texnologik platformalarning asosiy elementlari bulutli 
hisoblash,  mobillik,  buyumlar  Interneti,  katta  ma’lumot  texnologiyalari,  biznes-
analitika  va  kompyuterli  o‘rgatish  hisoblanadi
6
.   Mazkur  ilg‘or  platforma 
texnologiyalarining kumulyativ ta’siri tufayli, “mahsulotni xizmatlarga aylanishi”,  
qiymat yaratish,  mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish zanjirlarini kengaytirish, 
shuningdek,  "inson  kapitalini  yetkazib  berish  zanjirini  qisqaarishi"  bosqichma-
bosqich amalga oshib boradi
7
.
Bunda,  boshidanoq  DTI  "To‘rtinchi  sanoat  inqilobi  mavzusi"ning  yanada 
keng  muhim  tarkibiy  qismi  sifatida  muhim  o‘ringa  ega.  WEF  ekspertlarining 
so‘nggi  hisobotida  (yanvar,  2017),  bu  nodavlat  tashkilot  rahbari  Klaus  Shvab 
(Klaus  Schwab)  uning  kirib  kelishini  birinchi  marta  e’lon  qilganiga  oz  muddat 
o‘tganiga  qaramasdan  (Davos  Forumi  -2016),  "To‘rtinchi  sanoat  inqilobi  to‘liq 
kuch bilan davom etayotganligi" (allaqachon “is underway“) qat’iy keltiriladi. 

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish