“byudjet hisobi va g’aznachilik”fakulteti “elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/253
Sana02.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#306224
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   253
Bog'liq
6e1943bf9202a223d165053a6e9973c7837e26ba

Jami
20


178
III. O’QUV 
PORTFOLIOSI


179
TALABA PORTFOLIOSINI YARATISH TEXNOLOGIYASI
Hozirgi  kunda  oliy  ta’limda  foydalanilayotgan  talabalar  bilimini  baholash  test 
reyting tizimiga  asoslangan bo’lib, talaba  bilimini  baholashda asosiy hal qiluvchi 
shaxs  fan  o’qituvchisi  hisoblanadi.  Albatta  reyting  tizimining  o’ziga  xos  ijobiy 
tomonlari  ko’p.  Lekin,  shu  bilan  bir  qatorda  kamchiliklardan  ham  xolis  emas. 
Ushbu kamchiliklarga asosan quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
-talaba bilimi, uquvi  va malakasi bir tomonlama, ya’ni faqat fan o’qituvchisi 
tomonidan baholanadi;
-baholashda talabaning faqat muayyan fan bo’yicha bilimi hisobga olinadi;
-talabaning  umumiy  va  kasbiy  nutq  madaniyatini  shakllanishiga  to’sqinlik 
qiladi;
-bo’lajak  kadrda  kasbiy  kompetentlikni  shakllanganlik  darajasini  to’liq 
aniqlash imkoniyati cheklangan;
-oliy   o’quv  yurtidagi  o’quv  davri  yakuni  bo’yicha  aniqlangan  umumiybaho 
ish beruvchilarga tayyorlangan kadrning sifati to’g’risida to’liq xulosa bermaydi;
-talabaning  umumiy  reyting  balini  aniqlashda  uning  boshqa  sohalarda 
erishgan yutuqlarini hisobga olish imkoniyati kam;
-bitiruvchiga  tayyor  kadr  sifatida  o’z-o’ziga  ishonch,  o’z  imkoniyatlari, 
qobiliyatlari  va  kasbiy  kompetentlikga  tayyorligi  to’g’risida  o’zi  xulosa 
chiqarishiga asos yaratmaydi;
-talabada  refleksiya  qobiliyatini  hosil  bo’lishiga  to’liq  sharoit  yaratmaydi. 
Yuqoridagilarni  hisobga  olgan  holda,  xalqaro  ta’lim  tizimidagi  innovatsion 
o’zgarishlar,  rivojlangan davlatlar ta’lim  tizimidagi  ijobiy,  zamonaviy  pedagogik 
texnologiyalarga  tayangan  holda  talabalarda  umummadaniy,  umumkasbiy  va 
kasbiy kompetentlikni shakllantirishga yo’naltirilgan o’quv, o’quv- uslubiy, ilmiy 
va o’qishdan tashqari faoliyat natijalarini to’g’ri baholashga yo’naltirilgan nazorat 
qilish  va  baholashning  innovatsion  shakllaridan  foydalanish  “Kadrlar  tayyorlash 
milliy  dasturi”  talablari  asosida  raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlash  maqsadiga 
muvofiq hisoblanadi.
Talabaning oliy o’quv yurtidagi barcha turdagi faoliyatlarini nazorat qilish va 
baholashning  innovatsion  texnologiyalaridan  biri  sifatida  “Talaba  portfoliosi” 
etakchi o’rin egallaydi. Ushbu texnologiya ayniqsa rivojlangan g’arb davlatlari oliy 
ta’lim  tizimida  keyingi  yillarda  keng  qo’llanilmoqda.  Rossiyada  esa  2003  yildan 
e’tiboran  ta’lim  tizimining  barcha  bosqichlarida,  jumladan  boshlang’ich  ta’lim, 
umumiy o’rta ta’lim, kasbiy ta’lim va oliy ta’limda joriy etilgan.
“Portfolio”  faoliyatning  turli  yo’nalishlari  bo’yicha  talabaning  shaxsiy 
yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar majmuidir. Portfolioni yaratish talabaning ijodiy 
faoliyati hisoblanib, unga turli xil soha (o’quv, ilmiy-izlanish, sport, ijodiy,ijtimoiy 
va b.) bo’yicha faoliyat natijalari oliy o’quv yurtida o’qish jarayoni davrida talaba 
tomonidan kiritiladi.
Portfolioni yaratishdan asosiy maqsad talabaning oliy o’quv yurtidagi o’qish 
jarayoni  davrida  erishgan  yutuqlari  to’g’risidagi  daliliy  hujjatlarni  to’plash  va 
saqlashdan  iborat.  Portfolio  nafaqat  talabaning  ta’lim  sohasidagi  faoliyati 
natijalarini  o’zi  tomonidan  baholashning  samarali  shakli  bo’lib  qolmasdan, 


180
quyidagilarga imkoniyat tug’diradi:
-ta’lim  sohasidagi  yutuqlarni  dalillashtiradi;  ish  raqobati  bo’yicha  tajriba 
ortdiradi;
-kasbiy kompetentlikni rivojlantirish uchun mustaqil ta’limni amalga oshiradi;
-o’zining  kasbiy  kompetentlik  darajasini  ob’ektiv  baholash  malakasini 
rivojlantiradi;
-bo’lajak mutaxassisning raqobatbardoshligini oshiradi
.
Respublikamiz  oliy  ta’lim  tizimida  ushbu  texnologiyaning  qo’llanilishi 
amaldagi talaba bilimini baholashning test reyting tizimini inkor etmaydi, aksincha 
uni  to’ldiradi.  Rivojlan-  tiruvchi  ta’limga,  insonparvar  pedagogika  nuqtai 
nazaridan  shaxsga  yo’naltirilgan  ta’limga  o’tishga,  talabalarda  kasbiy 
kompetentlikni shakllantirish bo’yicha refleksiya hosil qilishga sharoit yaratadi.
“Talaba portfoliosi”ni yaratishdan maqsad nima?
Portfolio  talabaning  ma’lum  fan  bo’yicha  barcha  ishlarini  to’liq  yoritishi 
kerak. U o’z ichiga fan bo’yicha barcha turdagi topshiriqlar, loyihalar, ma’ruzalar, 
yozma  ishlarni  qamrab  olishi,  talabaning  ushbu  fan  bo’yicha  muvaffaqiyatlarini, 
fanga munosabatini, fanni o’zlashtirishi va tushunishini, muammoli topshiriqlarni 
bajarish  va  kommunikativ  qobiliyatini,  uning  kelajakda  ushbu  fan  bo’yicha 
intilishlari  va  o’zlashtirishini,  o’zlashtirish  usullarini  ko’rsatib  berishi  zarur. 
Aniqlilik  va  nutq,  fikrni  bayon  qilish  madaniyati  «portfolio»  sifatini  belgilovchi 
asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Portfolioni yaratishda asosan quyidagilarga ahamiyat berish talab etiladi:
 - talabaning mustaqil fikrlashi;
 -“portfolio”  yaratishning  vaqt  oralig’ini  belgilash  (  semestr,  o’quv  yili  yoki 
butun o’quv jarayoni bo’yicha);
-fan bo’yicha erishilgan bilimlarning o’zaro bog’’liqligi va asoslanganligi; 
-taklif  etilgan  ishlar(loyihalar,  mustaqil  ishlar,  referatlar  va  b.)  bo’yicha 
talabaning o’z bahosi; 
- muammollarni hal etish jarayoni, yo’llari.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish