Mavzu: O’zbekistonda hokimyatlar bo’linishi prinsipining amal qilishi


Hokimyatlar tarmoqlarining  o’zaro muvozanatda  ushlash tizimi



Download 283,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana02.01.2022
Hajmi283,32 Kb.
#306066
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekistonda hokimiyatlar bolinishi prinspining amal qilishi

 Hokimyatlar tarmoqlarining  o’zaro muvozanatda  ushlash tizimi 

Hokimyatlar  bo’linishi  konsepsiyasining  mag’zini  “bir-birini  tiyib  turish  va 

muvozanatda ushlash” tizimi tashkil etadi. 

Ma’lumki umuman hokimyatlar bo’linishi  nazariyasi davlat hokimyatining bir 

organ  yoki  bir  shaxs  –  hokimyat  subyekti  tomonidan  suiste’mol  qilinishining 

oldini olish maqasadida ijtimoiy zarurat sifatida shakillangan. 

Bu  nazariyaga  ko’ra,  davlat  hokimyati  manbasiga  ko’ra  yagonadir,  ya’ni 

hokimyat  manbai  –  xalqning  o’zidir.  Biroq  biron-bir  hokimyat  subyektining 

diktaturasi  o’rnatilmasligi,  qo’lida  butun  hokimyat  to’planib  qolmasligi  uchun, 

hokimyatlar tashkiliy va institutsiyaviy jihatdan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va 

sud  hokimyatlariga  bo’linadi.  Bu  hokimyat  tarmoqlari  mustaqil  bo’lib,  har  biri 

o’zining vakolati doirasida harakat qiladi. 

Biroq  bu  uch  hokimyat  tarmog’i  ichidan  birontasining  boshqalaridan  yuqori 

bo’lib  olmasliklari,  ularning  vakolatlarini  o’zlashtirmasliklari,  o’rnini  bosishga 

intilmasliklari uchun, “bir-birini tiyib turish va o’zaro muozanatda ushlash” tizimi 

amal qilishi kerak. 

Shu  munosabat  bilan,  bu  tizimning  shakllanishi,  uning  konsitutsiyaviy 

mustahkamlanishi  hamda  davlat  hokimyatini  tashkil  etishda  qo’llanishi  tadrijiy 

jarayonini qamrab chiqish ilmiy-nazariy ahamyatga egadir. 

Monteskeninig  o’rinli  ta’kidlashicha,  “hokimyatni  suiste’mol  qilishning 

imkoni  bo’lmasligi  uchun,  shunday  tartib  o’rnatish  kerakki,  toki  bunday  turli 

hokimyat tarmoqlari o’zaro bir-birini tiyib tura olsin”. 

Monteskening  hokimyatlar  bo’linishi  nazariyasi  tahlildan,  V.A.Chetverninig 

fikricha,  shu  narsa  kelib  chiqadiki,  hokimyatlar  bo’linishi  uch  aspekda  yoki  uch 

darajada amal qiladi: 

1. Hokimyatlarning funksional bo’linishi; 

2. Hokimyatlarning institutsional bo’linishi; 



3. Hokimyatlarning  personal (shaxsiy) bo’linishi

12



   

Hokimyatlarning  funksional  bo’linishi  haqida  gap  ketganda,  eng  muhim 

masala  –  ya’ni  jamiyatda  erkinlikni  ta’minlash  davlat  majburlovini  qo’llash 

haqidagi  qarorni  qabul  qilish  funksiyasi  bilan  uni  amalga  oshirish  vazifasini  bir-

biridan  ajratish  kerak.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  qonun  chiqaruvchi  hokimyat 

majburlov  kuchi  ishlatish  tartib-qoidasini  o’rnatadi,  sud  hokimyati  majburlov 

qo’llashiga  yo’l  beradi  yoki  konkret  majburlov  chorasini  tayinlaydi.  Demak,  bu 

ikki hokimyat tarmog’i qo’lida majburlov kuchi, aynan to’planmasligi kerak, bular 

davlat majburlovini amalga oshirmasliklari kerak. 

   


Yoki aksincha, ijro hokimyati qo’lida  majburlov kuchi to’plangan, shu bois 

unda  majburlov  ishlatish  haqida  qaror  chiqarish,  yoki  majburlovning  biron-bir 

turini  tayinlash  kabi  huquqlar  bo’lmasligi  kerak.  Boshqacha  qilib  aytganda,  ijro 

hokimyati  sud  qarori  va  uning  doirasida,  qonunlarga  rioya  etgan  holda  davlat 

majburlovini amalga oshirishi kerak. 

   


Hokimyatlarning institutsional bo’linishi haqida so’z yuritishda, eng avvalo, 

shuni ta’kidlash kerakki, qonunchilik, ijro va sud hokimyatini amalga oshirish bir 

shaxs  yoki  bir  idora  qo’lida  to’planmasligi  kerak.  Yuqorida  qayd  etganimizdek, 

hokimyatlarning  bo’linishi,  davlat  majburlovini  qo’llash  haqida  qaror  chiqarish 

huquqi  bilan  uni  davlat  majburloviga  ega  bo’lgan  idoralarni  bir-biridan  ajratish 

kerak.  Boshqacha  qilib  aytganda,  davlat  majburloviga  ega  idora  bu  majburlovni 

qo’llash huquqi bo’lmasligi, davlat majburlovini qo’llash huquqi bor idorada emas, 

bevosita davlat majburlovi jamlanmasligi kerak. 

   

Shu ma’noda, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimyatni bo’linishi shuni 



anglatadiki,  birinchidan,  ijro  hokimyati  orgonlari  dastlabki  huquq  yaratish 

fa’oliyati  bilan  shug’ullanmasliklari,  qonun  kuchiga  ega  bo’lgan  normativ  aktlar 

qabul qilmasliklari kerak. 

                                                             

12

  Проблеми государства и права. М,: Юристь, 2004. Ст 576- 577. 




   

Hokimyatlar  bo’linishi  nazariyasining  amaliy  ifodasiga  misol  tariqasida 

AQSHni  ko’rsatish  mumkin.  1787  yilgi  AQSH  Konstitutsiyasi  respublikaning 

davlat  o’rgonlarini  tashkil  etish  hamda  ularning  vakolatlari  va  o’zaro 

munosabatlari asosiga hokimyatlar bo’linishi prinsipini qo’yishgan. 

   


  AQSH  davlat  hokimyati  tizimidagi  “bir-birini  tiyib  turish  va  o’zaro 

muvozanatni 

ta’minlash” 

mehanizmining 

ahamyati 

nafaqat 


hokimyat 

tarmoqlaridan  birontasining  boshqasining  vakolatini  egallab  olishi  mumkinligi 

havfining  oldini  olishga  qaratilganidagina  bo’lmay,  balki  davlat  hokimyatining 

barqarorligi va muntazam amal qilishini ham ta’minlashidadur. 

   

Bugungi  kunda  eng  rivojlangan  demokratik  davlatlarning  davlatchiligi 



aynan mana shu tizim va yo’nalish asosida qurilmoqda, chunki bu boshqaruvni eng 

ishonchli va sinovdan samarali o’tgan turi hisoblanadi. Tabiiyki bu narsa hokimyat 

organlarining 

ish  samaradorligini  oshirib,  ishlash  fa’oliyatini  yanada 

osonlashtiradi.  Aynan  shuning  uchun  O’zbekiston  ham  xuddi  shu  prinsipga 

asoslangan  hokimyatlar  tizimini  o’zida  joriy  qildi  va  bu  narsa  o’zini  samarali 

jihatlarini ko’rsatib kelmoqda. 



 


Download 283,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish