Mavzu: O’zbekistonda hokimyatlar bo’linishi prinsipining amal qilishi


Hokimyatlar bo’linishi nazariyasining shakillanishi tarixi



Download 283,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana02.01.2022
Hajmi283,32 Kb.
#306066
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekistonda hokimiyatlar bolinishi prinspining amal qilishi

Hokimyatlar bo’linishi nazariyasining shakillanishi tarixi

 

Kishilik jamiyati shakillangandan boshlab, odamlar o’z turmushini, hayotini 



yanada yahshi tashkil etish haqida bosh qotirib kelganlar, adolatli jamiyat, oqilona 

tartiblar bo’lishi haqida orzu qilganlar. 

  

 Jamiyat  taraqqiyotining  ma’lum  bir  bosqichida  ijtimoiy  omillar  va 



rivojlanish  natijasida,  davlat  va  huquq  paydo  bo’lgan.  Bu  vaqtdan  etiboran 

kishilarning  jamiyat  haqidagi  fikirlari  adolatli  davlat,  xalqparvar  hukumdor, 

oqilona qarorlar mavjud bo’lgan jamiyat bilan bog’liq bo’lgan. 

   


Davlat  hokimyati  va  davlatli  jamiyat  sharoitida  yashagan  odamlar  asta-sekin 

davlat  hokimyatining  kuchi,  uning  jamiyatda,  insonlar  hayotida  tutadigan  o’rni 

haqida  fikir  yuritadilar  va  davlat  hokimyatining  bir  hukmdor,  yoki  bironta  organ 

qo’lida  butkil  to’planib  qolishi  jamiyat  taraqqiyoti,  aholi  farovonligi  uchun  havfli 

ekanligini,  bu  holat  ko’pincha  hokimyatning  suiste’mol  qilinishiga  olib  kelishini 

chuqur anglab yetganlar. 

  An’anaviy tarzda hokimyatlar bo’linishi g’oyasining zamini sifatida Qadimgi 

Yunoniston  va  Qadimgi  Rim  qayd  etiladi.  Platon,  Arastu  va  boshqa  antik  davr 

mutafakkirlari o’zlari yshab turgan davlat tuzilmalari siyosiy tuzulishi va boshqaruv 

shakillarini  har  tomonlama  tahlil  etish  asosida  muayyan  nazariy,  amaliy  xulosalarni 

shakillantirganlar  va  shu  asnosida,  keyinchalik  G’arbda  ma’rifatparvarlik  davrida 

hokimyatlar  bo’linishi  prinsipi  shakillangan,  degan  fikrlar  ilmiy  adabiyotda  keng 

tarqalgan. 

  Biroq,  ilmiy  adabiyotda  hokimyatlar  bo’linishi  g’oyasining  Bibliyada, 

Konfutsiy  ta’limotida  ham  mavjudligi  haqida  fikrlar  ilgari  surilgan  va  surilmoqda. 

Petr  Barenboymning  "3000  лeт  дoктрини  рaздeлeния  влaстeй.  Суд  Сютeрa" 

(М.:1966)  nomli  asarida  sudning  mustaqilligi  prinsipi  Bibliyada  ifodalanganligi 

bayon  qilingan.  Shuningdek,  Konfutsiyning  “Lun  yuya”  (mulohazalar  va 

suhbatlar) nomli mashhur asarida hokimyatlar bo’linishi g’oyasi va “bir-birini tiyib 

turish” tizimi mexanizimi mavjudligi "Lun yuya” (mulohazalar va suhbatlar) nomli 




mashhur  asarida  hokimyatlar  bo’linishi  g’oyasi  va  “bir-birini  tiyib  turish”  tizimi 

mexanizimi mavjudligi asoslanadi"

2



  



 Hokimyatlar  bo’linishi  g’oyasining  dastlabki  ildizlarini  qadimgi  yunon 

mutafakkiri  Arastuning  qarashlarida  kuzatish  mumkin.  Arastu  o’zining  mashhur 

asarlaridan  biri  bo’lgan  “Siyosat”da  davlat  tuzimi  haqida  fikr  yuritib,  uning  uch 

unsuri (elementi) mavjudligini, ya’ni qonunchilik-maslahat organi, magistratura va 

sud organlarini qayd etadi. 

   


Shunday  qilib,  hozirgi  kunda  davlat  hokimyatini  tashkil  etishning 

demokratik prinsipi sifatida e’tirof etiladigan  hokimyatlar bo’linishining dastlabki 

ildizlari,  kurtaklari  va  ilk  amaliy  tajribaviy  urunishlari  antik  dunyo  bag’rida 

shakillangan, deyishga asos bor. 

   

Hokimyatlar  bo’linishi  g’oyasi  o’rta  asrlarda  yanada  nazariy  jihatdan 



rivojlantirilib,  o’zining  yangi  sifat  darajasiga  ega  bo’lgan.  Hokimyatlar  bo’linishi 

g’oyasining shakillanishida ingliz faylasufi Djon Lokkning (1632-1704) qarashlari 

katta  ahamyatga  molik.  Uning  siyosiy-huquqiy  qarashlari,  jumladan  davlat 

boshqaruviga,  hususan  esa  hokimyatlar  bo’linishiga  oid  fikr  va  xulosalari  uning 

1690  yilda  chop  etilgan  “Davlat  boshqaruvi  haqida  ikki  traktat”  nomli  asarida 

bayon etilgan. 

   

Lokkning  fikricha,  bir  shaxs  yoki  bir  guruh  shaxslar  tomonidan 



hokimiyatning  egallab  olinishining  oldini  olish  maqsadida  davlatning  ommoviy-

hokimiy  vakolatlari  bir-biridan  aniq  ravishda  ajratilmog’i  chegaralanmog’i  kerak, 

shu bois bu vakolatlar davlat orginlari o’rtasida bo’linmog’i lozim.   

   


Qonunlar  qabul  qilish  vakolati,  albatta  vakillik  organiga  –  butun  millat 

idorasini ifodalovchi organ – parlamentga berilishi kerak, demak, parlament qonun 

chiqaruvchi  hokimiyat.  Parlament  tomonidan  chiqarilgan  qonunlarni  hayotga 

tadbiq  etish  esa,  ya’ni  ijro  hokimiyatini  amalga  oshirish  esa  monarxga,  ministrlar 

                                                             

2

  Государство и право. 1997. №3, - Ст 122- 126. 




kabinetiga,  ya’ni  hukumatga  tegishli  bo’ladi.  Bu  hokimiyat  subekti  ayni  payitda, 

xorijiy davlatlar bilan bo’ladigan tashqi munosabatlarga ham mas’ul bo’lishadi.  

   

Ta’kidlash  lozimki,  Lokkning  hokimiyatlar  bo’linishi  g’oyasiga  kiritgan  



yangiligi,  faqatgina  davlat  o’rganlarini  teng  muvozanatda  ushlab  turish  maqsadi 

bilan  cheklanmagan,  uning  bu  soxadagi  fikrlari,  mulohazalari  ancha  keng 

mazmunni tashkil etgan bo’lib, ular Lo’kkning  butun hokimiyatini qaysidir subekt 

tomonidan  uzurpatsiya    qilinishiga  va  davlat  hokimiyatidan    despotik  tarzida  

foydalanishiga  yo’l qo’ymaslik  maqsadida davlat hokimiyatining alohida qismlari 

o’rtasidagi  aloqa  va  o’zaro  harakatning  pirinsiplarini  belgilashida  o’zining 

ifodasini topgan. 

   


Lokkning  yagona  davlat  hokimyatining  tarkibiy  qismlari,  ular  o’rtasidagi 

munosabat,  hokimiy  vakolatlarning  o’zaro  bo’linishi,  taqsimlanishi  to’g’risidagi 

ilg’or  fikrlari  o’sha  davr  davlat  –  huquqiy  qarashlariga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatib, 

konstitutsiyonalizim  doktrinasining  shakillanishiga  ma’lum  darajada  asos  ham 

bo’lgan.  Masalan,  1789  yil  26  avgustda  Fransiya  Milliy  Majlisi  tomonidan  qabul 

qilingan “Inson va fuqorolar huquqlari Deklaratsiyasi”

3

  “Huquqlardan foydalanish 



ta’minlanmagan  va  hokimyatlar  bo’linishi  amalga  oshirilmagan  jamiyatda 

konstitutsiya yo’qdir”, deb e’lon qilingan. 

   

O’rta  asrlarda  hokimyatlar  bo’linishi  g’oyasini  nazariy  jihatdan  yanada 



boyitgan  shaxs,  Lokkdan  keyingi  faxrli  o’rinni  Monteske  (1689-1775)  egallaydi 

deyish mumkin. 

   

Buyuk  fransuz  yuristi,  ma’rifatparvari  Monteske  o’zining  davlat  va  huquqga 



oid qarashlarini “Fors xatlari”, “Qonunlar ruhi haqida” kabi asarlarida bayon etilgan. 

  

 Hokimyatlar  bo’linishiga  doir  Monteskening  qarashlari  asosida,  uning 



despotiyaga  nisbatan  qat’iy  nafrati,  konstitutsiyaviy  monarxiya  va  respublika 

boshqaruv  shakliga  nisbatan  esa  qat’iy  xayrihohligi  yotadi.  Chunki  uning  fikricha, 

                                                             

3

 Государство и право. 1997. №3, - Ст 20. 



 


despotiya  -  bu  o’zboshimchalik,  qonunsizlik  hukm  surgan  davlatdir.  Garchi  uning 

davlat boshqaruv shaklidagi ideali konstitutsiyaviy monarxiya bo’lsa-da, u respublika 

boshqaruv shaklini, xuddi monarxiyadek qonuniy deb bilgan. 

   


Montaeskening  fikricha,  fuqarolarning  erkinligini  ta’minlash  va  amalga 

oshirish  uchun,  to’ntarilishlarning  oldini  olish  uchun  qonunlarga  qat’iy  rioya  etish 

kerak.  Bu  maqsadga  esa  hokimyatlarning  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud 

hokimyatiga bo’linishi orqali erishish mumkin. 

   

Siyosiy erkinlik munosabatlarining birinchi aspekti bu hokimyatlarning qonun 



chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimyatlariga  bo’linishining  konstitutsiyaviy-

qonuniy  mustahkamlanishida ifodalaniladi va u fuqorolik huquq va erkinliklarining, 

shaxs xavfsizligini ta’minlashning zaruriy vositasi sifatida namoyon bo’ladi

4



  Bu  borada  Jan  Jak  Russoni  ham  e’tiborga  molik  fikirlarini  eslab  o’tishimiz 

lozim. Uning fikricha, fuqorolik jamiyati hususiy mulk paydo bo’lishi bilan paydo 

bo’ladi.  Russo  hokimyatning  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi  (hukumat) 

hokimyatga  bo’linishini  e’tirof  etib,  birinchisi  siyosiy  organizmning  irodasi 

hisoblanadi, ikkinchisi esa uning kuchi sifatida namoyon bo’ladi, deb tushuntiradi. 

Shunday  qilib,  XVII-  XVIII  asrda  hokimyatlar  bo’linishi  to’g’risidagi  g’oyalar 

rivojlantirilib,  yaxlit,  tugallangan  bir  ta’limot  sifatida  shakllangan  va  o’sha  davr 

siyosiy-huquqiy  fikrlariga  hamda  davlatchilik  amaliyotiga  ijobiy  ta’sir  eta 

boshlagan.

                                                             

4

 Государство и право.М:Норма. 1999.  Ст 66. 





Download 283,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish