Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
55
* * *
Arastuning orzusi tarki dunyo qilgan baxtiyor faylasuflarning afsonaviy orolidagi akademiya
bog‘ining shiyponida nazariy fikrlar bilan band bo‘lib, osoyishta hayot kechirishdan iborat edi.
* * *
Arastuning shiori: faylasuf imkon qadar o‘tkinchi narsalardan uzoqroq turishi va o‘zining «vatani»
— chin haqiqatlar saltanati tomon intilmog‘i lozim.
* * *
Arastu o‘z ustozi Aflotunni tanqid qilish darajasiga yetgach, «yag‘rindor Aristokl» (Aflotun) buni:
«Bu toychoq o‘zini dunyoga keltirgan biyani allalamoqda», — deb sharhlagan ekan.
* * *
Arastu jism o‘zining og‘irligiga mutanosib tezlikda yerga qulashiga qattiq ishongan. Uning nima
sababdan bunday deb o‘ylashini hech kim tushunolmagan. Chindan ham toshning momiq patga
nisbatan yerga tezroq tushishi kundek ravshan haqiqat-da. Shu bois faylasuf hech ikkilanmay fikrida
qat’iy turgan.
Birinchi bo‘lib Halileo Haliley (1564-1642 yillar) bu fikrga shubha bilan qarab, Italiyadagi mashhur
«qulayotgan» Piza minorasidan birining og‘irligi bir funt, ikkinchisiniki esa 100 funt bo‘lgan ikki toshni
baravar pastga tashlagan. Buni qarangki, har ikki tosh ham bir vaqtda, baravar yerga kelib tushgan.
* * *
Afsonalarga qaraganda, Arastu Evbey orolini Beotiyadan ajratib turuvchi Yevrip bo‘g‘ozidagi
suvning kuchli qaytishi va ko‘tarilishi muammosini yecholmay, o‘zini suvga tashlagan.
* * *
Arastuning o‘limidan so‘ng uning ilmiy asarlari uyi yaqinidagi g‘orda saqlangan. Keyinchalik
Iskandariyadagi moziygohga topshirilgan. Bu qo‘lyozmalar orasida asl nusxalar yo‘q edi. Ularni
milodning 70 yilida Sulla ismli sarkarda Rumga o‘lja sifatida keltirib, bir necha nusxada ko‘paytirgan.
Arastu 200 yillik unutilishdan so‘ng falsafa olamida shu tariqa qayta qad rostladi.
* * *
«Haqiqatni izlash ham oson, ham mushkul, — degandi Arastu. — Chunki hech kim unga to‘liq
erisholmaydi. Shuning barobarida, hech kim uni umuman payqamasligi ham mumkin emas. Ammo
har bir odam tabiatni anglashimiz uchun ozgina bo‘lsa-da, o‘z hissasini qo‘shadi, ushbu hissalar
yig‘indisi natijasida esa ulug‘vor manzara paydo bo‘ladi».
(Arastuning bu so‘zlari Vashingtondagi milliy fanlar akademiyasi binosi peshtoqiga o‘yib yozilgan).
* * *
Farangiston prezidenti general Sharl de Goll (1890-1970) Arastu haqida shunday fikr bildirgandi:
«Chuqur fikrlar, yengil tahlil va ishonchli mulohazalardan xoli bo‘lgan har qanday kasbga doir ilm
behuda hiyla-nayrangga aylanadi. Oz bo‘lsa-da, ushbu sifatlarni o‘zida jo etgan, ammo ularni
tarbiyalay olmagan, shuningdek, ulardan faqat harbiy sohada foydalanganlar yanglishadilar. Aql
muayyan kasb mahoratidan topib bo‘lmaydigan xilma-xillikni talab etadi. Umumiy madaniyat haqiqiy
boshqaruv maktabidir. Olamda bitta ham sarkarda yo‘qki, o‘z harbiy san’atini inson tafakkuri xazinasi
evaziga yuksaltirmagan bo‘lsin. Biz buyuk sarkarda Iskandar Maqduniyning g‘alabalari asosida,
albatta, Arastuni ko‘ramiz...»
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: |