Iskandardan ham ustun qo‘ygan.
Miloddan avvalgi 336 yilda Arastu Afina shahrida o‘zining xususiy maktabini ochdi. Bu
ilmgoh kurash maktablari qatorida va Afinaning shimoliy darvozasidagi Likey
maydonlariga tutash yerda joylashgandi.
Arastuni hayajonga soluvchi muammolar favqulodda qiziqarli va teran edi. Masalan,
inson eng avvalo o‘zini sevishi kerakmi yo boshqanimi, degan savol uni ko‘p o‘ylantirardi.
O’zini ko‘proq sevgan odamni xudbinlikda ayblaydilar. Boshqa tomondan olib qaralganda
esa, inson avvalo o‘zining eng yaqin do‘sti bo‘lgan kimsani ko‘proq qadrlashi va sevishi
lozim, deyiladi. Vaholanki, har bir odamning o‘zidan o‘zga sadoqatli do‘sti bormi olamda?
Demak, inson avvalo o‘zini hurmat qilishi va sevishi lozim, deb fikr yuritadi Arastu.
Agar faylasuf Zenon Eleyskiy Arastuga zamondosh bo‘lganida shu so‘zlari uchun unga
Do'stlaringiz bilan baham: |