Qadimgi yunon faylasufi, mohir notiq Protagor Abdera shahrida tug‘ilgan. U
sofistlardan bo‘lib, talabalarga falsafa, notiqlik va bahs san’ati (eristika)dan saboq
bergan. «Sofist» — qadimiy yunoncha so‘z bo‘lib, usta, yaratuvchi, ixtirochi, donishmand
degan ma’nolarni anglatadi. Ammo miloddan avvalgi V asrning ikkinchi yarmidan bu so‘z
alohida ma’no kasb eta boshladi. Ya’ni falsafa, notiqlik va bahs san’atidan pullik saboq
beruvchilar sofistlar deb atala boshladi.
Protagorni 411 yilda dahriylikda ayblashdi, uning «Tangrilar haqida» deb nomlanuvchi
kitobi yoqib yuborildi, o‘zi o‘lim jazosiga hukm etildi. Ammo hukm bekor qilinib, Protagor
avf etildi va Afinadan badarg‘a qilindi. Protagor 410 yilda Janubiy Italiyadan Sitsiliyaga
Do'stlaringiz bilan baham: |