Sud tugagandan keyin Galiley Florentsiyaga qaytadi va reaktsion ruhoniylarning ta’qibiga qaramay, ilmiy tadqiqotlarini davom ettiradi. Olim 1642 yili shogirdlari Viviani va Torricheli qo‘lida jon beradi. Katolik cherkovi 1971 yilga kelibgina Galiley ustidan chiqarilgan ayblov hukmini bekor qildi. * * *
Koinotning chegarasi bor-yo‘qligi masalasi hanuzgacha yechilmay qolayapti. Menimcha, insoniyat
hech qachon buning tagiga yetolmaydi.
* * *
Men katta masalalar xususida uzoq bahslashib, hech narsaga erisholmagandan ko‘ra, arzimas
narsalarga oid kichik bir haqiqatni kashf etishni afzal ko‘raman.