uzoqlikda yashashga mahkum etiladi.
Faylasuf hayotining so‘nggi yillarini betoblik va qashshoqlikda o‘tkazadi. 1626 yilning
bahorida u tovuq go‘shti qor ostida qanday saqlanishini sinab ko‘rish uchun uni qo‘llari
bilan qorga ko‘madi va shu bahona bo‘lib, qattiq shamollaydi. Bir necha hafta xastalanib
yotgach, vafot etadi.
* * *
Yuzaki faylasuflik inson aqlini xudosizlik sari yetaklaydi. Falsafani chuqur o‘rganish esa odamlar
idrokini dinga yo‘naltiradi.
* * *
Men odamlarni ilm-fanning asl maqsadini yodda saqlashga chaqiraman. Toki ular ilm-fan bilan o‘z
mansablari, ilmiy bahslar, o‘zgalarni mensimaslik, shon-shuhrat, shaxsiy manfaatlari yoki boshqa
tuban maqsadlar uchun emas, balki bu bilimlardan hayotga foyda va manfaat yetishi uchun
shug‘ullansinlar.
* * *
Xudoni inkor etuvchi odam inson zotidagi ezgulikni ham inkor etadi.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: |