www.ziyouz.com
кутубхонаси
139
MONTEN (Mishel Eykem)
(1533-1592)
Farang faylasufi Monten XV asrga kelib dvoryanlik darajasiga erishgan savdogar
Eykemlar sulolasiga mansub.
Yosh Monten Tuluza dorilfununida tahsil oldi. U, ayniqsa, faylasuflar Seneka va Plutarx
ta’limotini qunt bilan o‘rgandi. Faylasuf o‘zining juda boy shaxsiy kutubxonasi bilan nom
qozongan.
Monten o‘zining bor qobiliyatini eng ko‘hna va mustahkam ilm — o‘zini o‘zi anglash
ilmiga bag‘ishladi. Faylasufning o‘zi bu haqda shunday deydi: «Men o‘zimni o‘rganaman.
Ana shu tadqiqotim men uchun ham fizika, ham metafizikadir».
Monten — inson qalbining xilvat kengliklarini, fe’l-atvorining o‘ziga xos qirralarini,
uning favqulodda vaziyatdagi xatti-harakatlarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘ydi. Uni olam unsurlari emas, «shaxs unsuri», «xatti-harakat uzvlari majmuasi»,
Do'stlaringiz bilan baham: |