haqida shunday deb yozgan edi: «Avgustin tafakkuri va bilimi jihatidan hammadan
ustundir.
Chunki hatto kechasiyu kunduzi harakat qilgan taqdirda ham hech kim uningdek ko‘p
yozolmaydi va o‘qiyolmaydi».
* * *
Avgustindan so‘radilar:
— Mo‘‘jiza bor narsami?
— Bor narsa, — deb javob berdi faylasuf. — Quyoshning chiqishi haqiqiy mo‘‘jizadir.
* * *
— Men Xudoni va ruhni anglashni istayman, — dedi Avgustin.
— Yana nimani xohlaysan? — deb so‘radilar.
— Boshqa hech narsani, — dedi donishmand.
* * *
Kulfatlar bilan keluvchi ayni bir kuch yaxshi odamlarni sinaydi, tozalaydi va saralaydi, yovuz
kimsalarni esa elakdan o‘tkazib, xarob etadi.
* * *
Olovning g‘aroyib sifatlarini kim tushuntirib bera oladi? Nega endi u o‘zi yorug‘ bo‘laturib, domiga
tushgan narsalarni qoraytirib yuboradi? Yoki gulxanda toblangan toshlarning oqarish sababini qanday
izohlash mumkin?
* * *
Ey Tangri, sen inson jismiga uni harakatga keltiruvchi va boshqaruvchi jonli ruh ato etding.
* * *
Biz hayotni yashayotganimiz uchun emas, uni anglay olganimiz uchun sevamiz.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: |