Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1. Qit’alarning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi Alfred Vegener nazariyasiga sizning
munosabatingiz haqida esse yozing.
2. Agar Avstraliya va uning atrofi dagi orollar Gondvanadan kaynozoyning
uchlamchi davrida alohidalashmagan bo‘lsa, sizning fi kringizcha, tuxum
qo‘yib ko‘payuvchi va xaltali hayvonlarning taqdiri qanday bo‘lardi?
211
49-§. EVOLUTSION O‘ZGARISHLARNING TIPLARI
Divergent evolutsiya.
Divergensiya (lotincha divergantia – ajralish) –
evolutsion jarayonning yangi sistematik guruhlar hosil bo‘lishiga asoslangan
eng umumiy turi. Divergensiya – har xil yashash sharoitlariga moslashish
natijasida ajdod tur belgilarining tarqalishidir. Divergensiya tufayli yangi
muhit sharoitlariga moslanishlar kengayadi. Bu jarayon natijasida tip sinfl arga,
sinf turkumlarga, turkum oilalarga, oila avlodlarga, avlod turlarga ajraladi.
Ajdod tur tarqalgan hududlarda ekologik sharoitning har xil bo‘lishi
divergensiyaga olib keluvchi omil hisoblanadi. Divergensiya jarayoni
tarmoqlangan shoxli evolutsiya daraxti ko‘rinishida tasvirlanadi. Bu divergent
evolutsiya timsolidir: umumiy ajdoddan ikki yoki undan ortiq formalar, o‘z
navbatida, ulardan ko‘pgina turlar va avlodlar kelib chiqqan. Divergensiya
deyarli hamma vaqt yangi hayotiy sharoitlarga moslanishlarning ortib borishini
ifoda etadi. Oziq turi, yashash muhitining xilma-xilligi tufayli sutemizuvchilar
sinfi ning hasharotxo‘rlar, oztishlilar, qo‘lqanotlilar, kemiruvchilar, yirtqichlar,
juft tuyoqlilar, toq tuyoqlilar, kurakoyoqlilar, kitsimonlar kabi turkumlar
kelib chiqqan. Bu turkumlarning har biri o‘z navbatida morfologik, ekologik,
etologik, genetik, fi ziologik xususiyatlari bilan farqlanadigan kenja turkumlar
va oilalarni o‘z ichiga oladi. Sutemizuvchilar har xil turkumlarga mansub
organizmlardagi o‘zaro o‘xshashlik ularning ajdodi bir ekanligiga, ular
o‘rtasidagi farq har xil sharoitga moslashganligiga dalildir.
Galapogoss orollarida morfofi ziologik xususiyatlari jihatdan farq lanadigan
vyuroklarning bitta ajdod turlardan kelib chiqqanligi divergen siyaga misol
bo‘ladi (114-rasm).
Divergensiya hodisasini o‘simliklar-
ning shakli o‘zgargan vegetativ organlarida
ham ko‘rish mumkin. Masalan, no‘xatning
gajaklari, kaktus va zirkning tikanlari,
bargning shakl o‘zgarishi natijasidir.
Evolutsiya jarayonida turlar orasidagi
farq kuchaysa ham, biroq ularning ana-
tomik-fi ziologik tu zi lishidagi umu miylik
saqlana borgan.
Masalan, Arktikada yashovchi oq ayiq
o‘rmonda hayot kechiruvchi qo‘ng‘ir ayiq
yoki tog‘li o‘rmonlarda tarqalgan qora
114-rasm.
Galapagoss orollarida
yashovchi vyuroklarning turlari
divergensiya natijasidir.
212
ayiqdan vazni, rangi bilan farq qilsa-da, ular ayiqsimonlar oilasining vakillari
hisoblanadi.
Divergensiya asosan mutatsion jarayon, alohidalanish, populatsiya to‘l-
qinlari, tabiiy tanlanish ta’sirida ro‘y bergan.
Divergensiya tur paydo bo‘lish ining yo‘llaridan biri bo‘lib, bunda
populatsiyalar evolutsiya ning boshlang‘ich omillari ta’siri natijasida ajdod
turdan sezilarli darajada farq qiladigan belgilarni to‘playdi va saqlaydi, oqibatda
tur ajralib, yangi turlarni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |