Neoarktik biogeografi k viloyatiga
Shimoliy Amerika, Grenlandiya,
Bermud va Aleut orollari kiradi. Neoarktik biogeografi k viloyatining o‘ziga xos
hayvonlariga sixshox kiyik, tog‘ echkisi, ilvirs, muskusli qo‘y, badbo‘y kaltadum,
yenot, daraxt jayralarini kiritsa bo‘ladi. Mazkur viloyatning hayvonot olami ko‘p
jihatdan paleoarktikanikiga o‘xshash. Har ikki viloyatda ham qunduz, bug‘u, los,
tulki, suvsar, oq ayiq, oq sichqon, oq tovushqon, yumronqoziq, silovsinlarni ko‘rish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |