«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/80
Sana01.01.2022
Hajmi6,78 Mb.
#305710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
Bog'liq
o'zbek xalq maqollari (2005)

T.  MIRZAYEV,

 

filologiya fanlari  doktoriprofessor




VATAN  VA  VATANPARVARLIK

Aylanasi  ovuli,

T o‘garagi  to ‘rkuni.

Ayrilmagin  elingdan,

Q uw at  ketar  belingdan.

Badqavm  boisang  b o i,

Beqavm  bo im a.

Baliq  suv  bilan  tirik,

Odam  —  el  bilan.

Begona tuproq  —  devona  tuproq.

Betkay  ketar,  bel  qolar,

Beklar  ketar,  el  qolar.

Birovning yurtida bek boiguncha, 

0 ‘zingning  yurtingda  it  b o i.

Bulbul  cham anni  sevar,

Odam  —  Vatanni.

Bulbulga  bog'  yaxshi,

Kaklikka  —  tog‘.

Vatan  gadosi  —  kafan  gadosi.

Vatan  uchun  o im o q   ham  sharaf.

Vatan  qadrini  bilmagan  o'z  qadrini  bilmas.

Vatanga  kelgan  —  imonga  kelar.

Vatanga  falokat  —  o kzingga  halokat.

Vatangado  boiguncha,

Kafangado  bo'l.

Vatandan  yiroqlashgan  —  nomusdan  o'lar. 

Vatani  borning  baxti  bor,



M ehnati  bom ing  —  taxti.

Vataning  tinch  —  sen  tinch.

Vatanni  sotgan  er  boim as.

Vatanning  vayronasi  —

U m m ing  g‘amxonasi.

Vatanning  vayronasi  —

Umrning  hayronasi.

Vatansiz  inson  —  kuysiz  bulbul.

Dindan  chiqsang  ham,  eldan  chiqma.

Dushmanga  nafrati  bolm aganning 

Vatanga  muhabbati  boim as.

Yordan  ayrilsang  ham,  eldan  ayrilma.

Yoridan  ayrilgan  yetti  yil  yigiar, 

Yurtidan  ayrilgan  o lguncha  yigiar.

Yoringni  gul  orasidan  izla,

Erkingni  —  el  orasidan.

Yigit  g‘ami  elida,

Elning  g‘ami  dilida.

Kiymoqqa  katan  yaxshi,

Turmoqqa  vatan  yaxshi.

Kishi  yerida  sulton  bolguncha,

0 ‘z  elingda  cho‘pon  b o i.

Kishi  yurtida  sulton  bolguncha,

0 ‘z  yurtingda  ulton  b o i.

Kishi  yurtida  shoh  bolguncha,

0 ‘z  yurtingda  gado  b o i.

K olning  otini  balig'i  chiqarar.

Ko‘rpang  qayerda  boisa,

Ko‘ngling  shu  yerda.

Non  gadosi  boisang  ham,

Yurt  gadosi  bolm a.



Ona  yerning  tuprog‘i  —  ona  sutidan  aziz. 

Ona  yurting  —  oltin  beshiging.

Ona  yurting  omon  bo‘lsa,

Rangi  ro‘ying  somon  bo‘lmas.

Sigiming  suti  —  tilida,

Erning  quti  —  elida.

Sovuq  urgandan  qolar,

Tuproq  surgandan  qolmas.

Suvni  bersang  elga,

Yasharsan  ming  yilga.

Tovushqonga  tug‘ilgan  tepasi  aziz.

Tuqqan  yerda  tug‘ing  tik.

Tuqqan  elga jon  tortmasa  ham,  qon  tortar.

Tug‘ilgan  yerdan  ko‘ngil  uzilmas,

Yurt  qo‘riganning  yurti  buzilmas.

Tug‘ilgan  ye ring  —  Vataning,

Vataning  —  nomusing.

To‘ygan  yerdan  tuqqan  yer  yaxshi.

Ursa  ham,  el  yaxshi,

So'ksa  ham,  el  yaxshi.

Fil tushida  Hindistonni  ko‘rar.

Changal  ham  o ‘z joyida  gurillar.

Ekin  yerida  ko‘karar,

Er  —  elida.

El  bor  bo‘lsa,  er  xor  bo‘lmas,

Er  bor  bo‘lsa,  el  xor  bo‘lmas.

El  boshiga  kun  tushsa,

El  yaratgan  er  kelar.

El boshiga  tushgani  —

Er  boshiga  tushgani.




El  ishini  er  qilur,

Er  qadrini  el  bilur.

El-kunim  boim asa,

Oy-kunim  tug‘masin.

El  kuyunganda  kuyungan  —  botir, 

El  suyunganda  suyungan  —  botir.

El  tilagin  tilagin,

Siniq  ko‘nglin  siylagin.

El  egasiz  boim as,

T o‘n  —  yoqasiz.

El  qudrati  —  chin  qudrat,

Vatan  tu p ro g i  —  qimmat.

El  qurimasa,  yer  qurimas.

El  —  qo'ngan  yerda,

Ot  —  to ‘ygan  yerda.

El  qo‘ngan  yemi  bilar,

Ot  to ‘ygan  yerda  tinar.

El  g‘amini  bilgan  elda  doston.

Elga  manzur  —  erga  manzur.

Elga  xizmat  —  oliy  himmat.

Elga  qo‘shilgan  moy yutar,

Eldan  ayrilgan  qon  yutar.

Elga  qo‘shilganning  ko‘ngli  to ‘q, 

Eldan  ajralganning  beti  yo‘q.

Elga  qo‘shilsang,  er  boiasan, 

Eldan  ajralsang,  yer  boiasan.

Elda  bori  —  senda bori.

Eldan  ayrilguncha,  jondan  ayril.

Eliga  vafo  qilgan 

Yoviga jafo  qilar.




Elidan  bezgan  er  o ‘ngmas. 

K o lid an   bezgan  g‘oz  o ‘ngmas.

Elim  boshqa  degan,  el  boim as.

Eling  senga  cho'zsa  q o l,

Unga  doim  sodiq  bo‘l.

Eling-yurting  bolm asa, 

Oying-kuning  bolm asin.

EUi  yer  —  bozor,

Elsiz  yer  —  mozor.

Ellik yilda el  yangi.

Elning  baxti  —  erning  baxti.

Elning  ichi  —  oltin  beshik.

Elning  yirtig‘iga  yamoq  b o i, 

Uzuniga  uloq  b o i.

Elning  egasi  b o i,

Tobutning  chegasi  b o i.

Elning  g‘ami  —  erning  g‘ami.

Er  bolasi  —  el  bolasi.

Er  davlati  —  elida.

Er yigit  elga  tortar.

Er  yigit  o'zi  uchun  tugllar,

Eli  uchun  o la r.

Eringdan  bezsang  ham, 

Elingdan  bezma.

Erning  ishi  —  elning  bo‘ynida, 

Elning  ishi  —  erning  bo‘ynida.

Erning  moli  -   elning  moli.

Yurt  boshiga  ish  tushsa,

Er  yigit  hozir.

Yurt  egasi  yolbarsdir, 

Oldirgani  qo‘ymasdir.

Yurt  qo'ri,  eling  o ‘sar, 

Qo'rimasang,  uying  to ‘zar.



Yurt  qo‘risang,  o'sarsan, 

Qo'rimasang,  to ‘zarsan.

Yurtda  odam  bo'lmasa,

T o‘ng'iz  tepaga  chiqar.

Yurtdan  ayrilganni  yov  chopar.

Yurtdan  ketgan,  yurtmonda.

0 ‘tar  hasrat,  armonda.

Yurti  boyning  o ‘zi  boy.

Yurtim  —  ko'ksim,

Elim  —  iligim.

Yurting  omon  —  о ‘zing  omon.

Yurtni  dedim,  yuzga  kirdim.

Yaxshi  yigit  yurt  tuzar,

Yomon  yigit  yurt  buzar.

O 'z  uyim  —  o ia n   to ‘shagim.

O 'z  yurtingning  qadri 

O'zga  yurtda bilinar.

O 'z  yurting  —  o'ian  to'shaging, 

O'zga  yurt  bo'lmas  beshiging.

O'zbek  iskab  bo'lsa  ham,  elini  topar.

O'zga  yurtning  qozisi  bo'lgandan, 

O 'z  elingning  tozisi  bo'l.

O'zga  yurtning  boshi  bo'lgancha,

O 'z  yurtingning  toshi  bo'l.

O'zga  yurtning  gulidan,

O ’z  yurtingning  cho'li  yaxshi.

O'lsang  o'l.

Vataningda  bo'l.

O'pkadan  urgan  yel  yomon,

Eliaan  ayrilgan  er  yomon.

Qorong'i  qolgan  yurtda 

Qorashaqshaq  podsho  bo'lur.

Qurigan  yurtga  qul  oqsoqol.



Qush  butaga  sig‘inar,

Odam  —  Vatanga.

Qush  ham  ketsa  keladi,

0 ‘z  elini  sevadi.

Har gul  o ‘z  butasida  aziz.

Har  gulning  o ‘z  isi  bor,

Har  elning  o ‘z  tusi  bor.

Har  kim  —  eliga,

0 ‘rdak  —  koiiga.

Har  kimning  o‘z  eli  —  o ‘ziga  shirin.

Har  ko‘katning  o ‘z  suygan  tuprog‘i  bor.

Har  toycha  o ‘zi  suv  ichgan  bulog‘ini  maqtar.

Har  elning  —  o ‘z  irimi.

Har  shahaming  havosi  boshqa.

Har  qush  o ‘z  uyasiga  qarab  uchar.

Himmatli  er,

0 ‘z  elini  der.


Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish