Soliq va soliqqa tortish fanidan


Soliq  tizimini  guruhlanishi  xamda  iqtisodiy  mohiyatiga  va  byudjet  yo‗nilishiga



Download 2,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/277
Sana01.01.2022
Hajmi2,65 Mb.
#305102
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   277
Bog'liq
Soliq va soliqqa tortish

Soliq  tizimini  guruhlanishi  xamda  iqtisodiy  mohiyatiga  va  byudjet  yo‗nilishiga 
ko‗ra bo‗linishi. 
 
Soliq tizimining asosi bo‗lgan soliqlar o‗ziga xos xususiyatlariga, bir qator belgilariga 
ko‗ra guruhlanadi. 
. Soliqlar soliqqa tortish ob‘ektiga qarab uch guruhga bo‗linadi: 
1.  Oborotdan  olinadigan  soliqlar.  Bunda  soliqlar  xo‗jalik  yurituvchi  sub‘ektlarning  
bevosita  oborotidan  undiriladi,  ularga  qo‗shilgan  qiymat  solig‗i,  aksiz  solig‗i, 
jismoniy  shaxslardan  transport  vositalariga  benzin,  dizel  yoqilg‗isi  va  suyultirilgan 
gaz  ishlatganlik  uchun  olinadigan  soliq,  bojxona  bojlari,  yig‗imlari  va  boshqalar 
kiradi. 
2.  Mol-mulk  qiymatlaridan  olinadigan  soliqlar.  Bunday  soliqlar  soliq  to‗lovchi 
sub‘ektlar  tasarrufida  mavjud  bo‗lgan  mol-mulkdan,  erdan  va  boshqalarga  nisbatan 
belgilanadigan soliqlardan iborat. 
3.  Daromaddan  olinadigan  soliqlar.  Bunga  yuridik  shaxslardan  olinadigan  daromad 
(foyda)  solig‗i,  infratuzilmani  rivojlantirish  solig‗i,  jismoniy  shaxslarning  daromad 
solig‗i va boshqalar kiradi. 


166 
 
Soliqlar  iqtisodiy  mohiyatiga,  to‗lovchi  bilan  davlatning  o‗zaro  munosabatlariga 
bevosita yoki bilvosita bog‗liqligiga ko‗ra to‗g‗ri va egri soliqlarga bo‗linadi. To‗g‗ri 
soliqlar  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  daromadga  va  mol-mulkka  qaratiladi  (soliqqa  tortishning 
bevosita  shakli).  Tovarning  bahosida  to‗lanadigan  yoki  tarifga  kiritiladigan  tovarlar 
va  xizmatlardan  olinadigan  soliqlar  egri  soliqlarga  kiradi.  Tovar  va  xizmatlarning 
egasi  ularni  sotishda  soliq  summalarini  olib,  ularni  davlatga  o‗tkazadi.  To‗g‗ri 
soliqlarni  to‗g‗ridan  -  to‗g‗ri  soliq  to‗lovchilarning  o‗zi  to‗laydi,  ya‘ni  soliqning 
huquqiy va haqiqiy to‗lovchisi xam bitta shaxs hisoblanadi. 
Egri  soliqlar  bahoga  yoki  tarifga  ustama  sifatida  belgilanadigan  tovarlar  va 
xizmatlardan  olinadigan  soliqlardir.  Egri  soliqlarga  tortishda  davlat  tovar  yoki 
xizmatlarning  sotilishi  paytida  ushbu  qiymatning  bir  qismiga  o‗z  huquqlarini  da‘vo 
qilish  bilan  aslida  yangi  qiymatning  taqsimlanishining  ishtirokchisi  bo‗lib  qoladi. 
Egri  soliqlar  to‗g‗ri  soliqlardan  farqli  ravishda  to‗lovchining  daromadi  yoki  mol-
mulki bilan bevosita bog‗liq bo‗lmaydi.  
Egri  soliqlarning  huquqiy  to‗lovchisi  mahsulot  ortuvchilar,  ish,  xizmatni 
bajaruvchilar  hamda  xizmat  ko‗rsatuvchilar,  haqiqiy  to‗lovchisi  esa  iste‘molchilar 
hisoblanadi.  
Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  amal  qilayotgan  to‗g‗ri  va  egri  soliqlar  tarkibiga 
quyidagi soliqlar kiradi  
To‗g‗ri soliqlar 
Egri soliqlar 
YUridik 
shaxslardan 
undiriladigan 
daromad (foyda) solig‗i 
Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan 
soliq 
Er solig‗i 
Mol-mulk solig‗i 
Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun 
soliq 
Suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun 
soliq. 
Infratuzilmani rivojlantirish solig‗i. 
Qo‗shilgan qiymat solig‗i 
Aksiz solig‗i 
Jismoniy 
shaxslardan 
transport 
vositalariga  benzin,  dizel  yoqilg‗isi  va 
suyultirilgan  gaz  ishlatganlik  uchun 
olinadigan soliq 
Bojxona to‗lovlari. 
 
 
Respublikamizda soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantirishiga qarab asosan 
ikki guruhga bo‗linadi-umumdavlat soliqlar va mahalliy soliqlar. 
Umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi. 
1) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‗i;  
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i;  
3) qo‗shilgan qiymat solig‗i;  
4) aksiz solig‗i;  
5) er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;  
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.  
Umumdavlat  soliqlari  har  yili  qonuniy  tartibda  belgilanadigan  normativlar  bo‗yicha 
tegishli byudjetlar o‗rtasida taqsimlanadi.  
Mahalliy soliqlar va yig‗imlarga quyidagilar kiradi: 


167 
 
mol-mulk solig‗i;  
er solig‗i;  
infratuzilmani rivojlantirish solig‗i;  
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‗isi va gaz ishlatganlik 
uchun olinadigan soliq;  
ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‗imlari;  
yuridik  shaxslarni,  shuningdek  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‗ullanuvchi  jismoniy 
shaxslarni ro‗yxatga olganlik uchun yig‗im.  
Umumdavlat  soliqlari  asosan  respublika  byudjeti  daromadlarini  shakllantirishga 
qaratilgan  bo‗lsa,  mahalliy  soliqlar  va  yig‗imlar  mahalliy  byudjetlar  daromadlarini 
shakllantiradi. 

Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish