Soliq va soliqqa tortish fanidan



Download 2,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/277
Sana01.01.2022
Hajmi2,65 Mb.
#305102
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   277
Bog'liq
Soliq va soliqqa tortish

Talaba bilishi lozim:
Soliq siyosati tushunchasi, soliq siyosatining xukukiy va nazariy 
asoslari,
s
oliq subekti, soliq tamoyillari,soliqtizimi,soliq to„lovchilar, soliq xizmati.  
Motivatsiya:
Respublikamiz  soliq  tizimida  qo‗llanilayotgan    soliq  siyosatining 
ustivor  yunalishlari  to‗g‗risida  kunikmalar xosil  kilish.  Olib  borilayotgan  soliq 
siyosati  va  uni  yanada  takomillashtirishning  tub  mohiyatini  chukurrok  anglab  
olish. 
.
 
Fanlararo  va  fan  ichidagi  bog„liqlik:
“Soliq  va  soliqqa  tortish  fani”
―Soliq 
nazariyasi‖,  «Iqtisodiyot  nazariyasi»,  «Moliya»  va  «Pul  kredit  va  banklar»  kabi 
iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‗liq. 
 
Nazariy qism 
 
Soliq siyosati tushunchasi va uning huquqiy nazariy asoslari
 . 
Jamiyat  iqtisodiy  taraqqiyoti  bir  tomondan  uning ichki  mexanizmiga  bog‗liq bo‗lsa, 
ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga 
bog‗liq bo‗ladi. Iqtisodiy siyosat ham o‗z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq 
siyosati  kabi  turlarda  amal  qilib,  ularni  yaxlitligi  makroiqtisodiy  darajada  qonun 
chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatlari  faoliyatlarining  asosiy  ajralmas 
qismiga  aylanadi.  Soliq  siyosati  iqtisodiy  siyosatning  ajralmas  bir  bo‗lagi  bo‗lib, 
davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. 
U  tarkiban  soliqlarni  joriy  etish,  soliqqa  oid  huquqiy  baza  yaratish,  joriy  etilgan 
soliqlar  va  unga  tenglashtirilgan  to‗lovlarni  amaliyotda  ishlash  mexanizmini 
shakllantirish  va  samaradorligini  oshirishga  qaratilgan  davlatning  tegishli  vakolatli 
organlari  tomonidan  kompleks  tarzda  olib  boriladigan  chora-tadbirlar  yig‗indisidir. 
Prezidentimiz  I.A.  Karimov  soliq  siyosati  to‗g‗risida  quyidagi  fikirni  bildirgan: 
«Soliq  siyosatining  vazifasi  -  bir  tomondan,  davlat  byudjeti  daromadining  barqaror 
safarbarligini  ta‘minlashdan,  ikkinchidan,  korxonalarni  respublika  uchun  zarur 
bo‗lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‗paytirishga rag‗batlantirishdan iborat» 
16,

Soliq  siyosatining  huquqiy  asoslari  sifatida  mustaqillikning  dastlabki  yillarida 
O‗zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O‗zbekiston Respublikasining 
davlat  mustaqilligi  to‗g‗risida»gi  Qonuni,  1992  yil  8  dekabrda  qabul  qilingan 
O‗zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  1991  yil  15  fevraldagi  O‗zbekiston 
Respublikasining  «Korxonalar,  tashkilotlar,  birlashmalardan  olinadigan  soliqlar 
to‗g‗risida»gi,  «O‗zbekiston  Respublikasining  fuqarolari,  ajnabiy  fuqarolar  va 
fuqaroligi  bo‗lmaganlarning  daromad  solig‗i  to‗g‗risida»gi,  1993  yil  7  maydagi 
«Mahalliy  soliqlar  va  yig‗imlar  to‗g‗risida»gi  Qonunlari,  2007  yilda  qabul  qilingan 
va  2008  yilning  01  yanvaridan  kuchga  kirgan  O‗zbekiston  Respublikasining  Soliq 
Kodeksi  va  O‗zbekiston  Respublikasining  «Davlat  soliq  xizmati  to‗g‗risida»  gi 
                                                           
16
 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. –Т.:  Ўзбекистон, 1998. 52-б 


164 
 
Qonuni,  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmonlari,  O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari kabi me‘yoriy hujjatlardan iborat.  
Soliq  siyosatining  huquqiy  asoslari:  O‗zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi, 
O‗zbekiston  Respublikasining  Soliq  kodeksi,  «Davlat  soliq  xizmati  to‗g‗risida»gi 
Qonuni, Prezident Farmonlari, hukumatning boshqa soliqqa oid qonun, qarorlari, va 
boshqa me‘yoriy hujjatlar bilan izohlanadi. 
Soliq konsepsiyasi - soliqlarning yo‗nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga 
oshirish goyalarining yaxlitligidir.  
Soliq  siyosati  barqarorligini  ta‘minlashda  uning  strategiyasi  va  taktikasi  ishlab 
chiqilishi  lozim.  Amalga  oshirilishi  lozim  bo‗lgan  tadbirlar  xususiyati  va  muddatini 
e‘tiborga  olib  soliq  siyosati:  soliq  siyosati  strategiyasi  va  soliq  siyosati  taktikasiga 
bo‗linadi.  
Soliq  siyosati  strategiyasida  muayyan  uzoqroq  muddatga  mo‗ljallangan  soliqqa  oid 
iqtisodiy  munosabatlarni  asosiy  yo‗nalishlari  va  chora-tadbirlari  ifodalanadi.  Bu  esa 
o‗z navbatida ilmiy asoslangan soliq konsepsiyasi bilan bevosita bog‗liqdir. Masalan, 
respublikamizda  jamiyat  taraqqiyotining  asosiy  strategiyasi  qilib  erkin,  ochiq  bozor 
iqtisodiyotiga,  erkin  fuqarolik  jamiyatiga  asoslangan  huquqiy,  demokratik  jamiyat 
qurish  belgilangan.  Soliq  borasidagi  ustuvor  strategik  vazifa  esa  davlat  byudjeti  va 
xo‗jalik  yurituvchi  sub‘ektlarni  soliqqa  oid  iqtisodiy  munosabatlarida  muayyan 
uyg‗unlikni  ta‘minlovchi  soliq  tizimini  shakllantirish  va  shunga  mos  ravishda 
takomillashtirib borishdan iboratdir. 
Soliq  siyosati  taktikasi  esa  belgilangan  soliq  siyosati  strategiyasi  ijrosini 
ta‘minlovchi,  tez-tez  o‗zgarib  turuvchi  say‘i-harakatlarni  bildiradi,  ya‘ni  qisqa 
muddatli  va  kichik  ko‗lamli  moliyaviy  chora-tadbirlarni  hal  qilishga  qaratilgan 
yo‗nalishlar majmuasi - soliq siyosati taktikasi sifatida qaraladi. 
Soliq siyosati konsepsiyasi, soliq siyosati strategiyasiga va soliq siyosati taktikasibir-
biriga bog‗liq holda, bir-birini to‗ldirib turadi hamda yaxlit holda soliq siyosatinining 
mohiyatini tashkil qiladi.  
Ijro  hokimiyati  bo‗lgan  Vazirlar  Mahkamasi  va  uning  bo‗linmalari,  Davlat  Soliq 
Qo‗mitasi,  Moliya  Vazirligi,  Adliya  Vazirligi,  Iqtisodiyot  Vazirligi,  mahalliy 
hokimiyatlar  va  boshqa  tegishli  organlar  tomonidan  soliqlar  va  soliqlarga 
tenglashtirilgan  majburiy  to‗lovlarning  ishlash  mexanizmini  ta‘minlashga  xizmat 
qiluvchi huquqiy-me‘yoriy hujjatlar orqali ularning ijrosi ta‘minlanadi.  
Ijro hokimiyatining bir bo‗g‗ini hisoblangan Davlat soliq qo‗mitasining soliq siyosati 
ijrosini  ta‘minlashdagi  alohida  o‗ringa  ega.Bundan  tashqari,  har  yilning  oxirida 
kelgusi  yil  uchun  amal  qiladigan  soliqlar  va  soliqlarga  tenglashtirilgan  majburiy 
to‗lovlar bo‗yicha  soliq stavkalarini  tasdiqlash,  o‗zgartirishlar kiritish  Prezidentimiz 
qarori bilan amalga oshiriladi.  
Mamlakatimizda  respublika  byudjeti  daromadlarini  shakllantirishga  qaratilgan 
umumdavlat  soliqlari  va  mahalliy  byudjetlar  daromadlarini  shakllantirishga 
qaratilgan mahalliy soliqlar va yig‗imlar amal qiladi.  
O‗zbekiston Respublikasi Soliќ kodeksining 23-moddasiga asosan respublikada 10 ta 
soliq va 5 ta boshqa majburiy to‗lovlar joriy etilgan. 
Soliqlar umubelgilangan tartibda va soddalashtirilgan tartibda to‗lanadi. 


165 
 
Soliqlarga quyidagilar kiradi:  
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‗i; 
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i; 
3) qo‗shilgan qiymat solig‗i; 
4) aksiz solig‗i; 
5) er qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‗lovlar;  
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
7) mol-mulk solig‗i; 
8) er solig‗i; 
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‗i;  
10)  jismoniy  shaxslardan  transport  vositalariga  benzin,  dizel  yoqilg‗isi  va  gaz 
ishlatganlik uchun olinadigan soliq. 
Boshqa majburiy to‗lovlarga quyidagilar kiradi: 
1) ijtimoiy jamg‗armalarga majburiy to‗lovlar: 
yagona ijtimoiy to‗lov;  
fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasiga sug‗urta badallari;  
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasiga majburiy ajratmalar; 
2) Respublika yo‗l jamg‗armasiga majburiy to‗lovlar: 
Respublika yo‗l jamg‗armasiga majburiy ajratmalar; 
Respublika yo‗l jamg‗armasiga yig‗imlar; 
3) davlat boji; 
4) bojxona to‗lovlari; 
5)  ayrim  turdagi  tovarlar  bilan  chakana  savdo  qilish  va  ayrim  turdagi  xizmatlarni 
ko‗rsatish huquqi uchun yig‗im. 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida quyidagi soliqlar to‗lanadi: 
-yagona  soliq  to‗lovi;  -yagona  er  solig‗i;  -tadbirkorlik  faoliyatining  ayrim  turlari 
bo‗yicha qat‘iy belgilangan soliq. 

Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish