(to’g’ri) ovqatlanish ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha bajariladigan ish
Oqilona yoki to’g’ri ovqatlanish deb – organizmning jinsi yoshi va mehnat
faoliyatining turiga muvofiq fiziologik ovqatlanish ehtiyojlarini qondira oladigan,
yuqori mehnat qobiliyatini yarata oladigan, atrof muhit omillarining nomuvofiq
ta’sirlariga qarshi organizmning kurashish qobiliyatini oshiradigan, insonning
faollik yillari va uzoq umr ko’rish yillarini uzaytiradigan ovqatlanishga aytiladi.
Oqilona ovqatlanishga bir qator aniq gigiyenik talablar qo’yilib, ularning
1. Kunlik ratsion organizmning yoshi jinsi, mehnat faoliyatining turiga muvofiq
oziqaviy moddalar va zaruriy energiyaga bo’lgan fiziologik ehtiyojini, hamda
ayollarning homiladorlik va bolalarini boqish bilan bog’liq bo’lgan talabni qondira
58
olishi kerak.
2. Ratsiondagi ozuqli moddalar bir-biri bilan o’zaro nisbatda bo’lishi lozim. Mas.,
asosiy ozuqli moddalar- oqsillar, yog’lar va uglevodlar o’rtacha 1 : 1,2 : 4,6 yoki 1:
1: 4 bo’lishi kerak.
3. Ovqat yil fasllarini hisobga olgan holda kun davomida to’g’ri taqsimlangan
bo’lishi kerak. Mas., yilning sovuq faslida ratsionning kaloriyaliligi bo’yicha
nonushta 30-35%, tushlik 35-45% va kechki ovqat – 25-30% tashkil etishi kerak.
Yilning issiq fasllarida tushlikning kaloriya qiymatini kamaytirib, uyqudan 2 soat
oldin iste`mol qilinadigan kechki ovqatning kaloriyalik qiymatini oshirish tavsiya
etiladi.
4. Kunlik ratsiondagi taomlar to’plami turli xil bo’lmog’i darkor, shu bilan birga
ovqat ratsioniga albatta yil faslini hisobga olib sabzavot va mevalarni qo’shish
tavsiya etiladi.
5. Mahsulotlar to’plamini tanlashda organizmning fermentlarga doir holatini,
ovqatlanishdagi milliy an’analar inobatga olinishi kerak.
6. Ratsionga kiritiladigan ovqat mahsulotlari sifatli bo’lishi kerak ya’ni o’z
tarkibida organizmga zarar keltiradigan moddalarni tutmasligi lozim.
Barcha gigiyenik talablarga muvofiq keladigan amaldagi ovqatlanish, va
birinchi navbatda organizmning fiziologik ehtiyojiga mos keladigan ovqatlanishga
adekvat ovqatlanish deyiladi.
Shaxsiy ovqatlanishning adekvatligini baholash uchun ko’pincha so’rov
usulidan foydalaniladi va keyinchalik o’rtacha kunlik ratsionning oziqali qiymati
va kaloriyaliligi hisoblab topiladi. Bu usulning mohiyati shundan iborat-ki, patsient
(yoki bir guruh aholi) dan so’rash orqali o’rtacha kunlik ovqat ratsionining
to’plami va iste’mol qilingan ovqatlarning miqdori aniqlanadi va taomnoma
tuziladi. So’nga ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibini ifodalovchi maxsus
jadval yordamida ratsiondagi oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral
moddalar miqdori topiladi, keyin olingan ma’lumotlarni ovqatlanishning fiziologik
me’yorlariga taqqoslanadi. Shunday qilib, shaxsiy ovqatlanishning fiziologik
59
ovqatlanish me’yorlariga muvofiqligini baholash quyidagi bosqichlar bo’yicha
amalga oshiriladi:
1. Hafta kunlari bo’yicha iste’mol qilingan ovqatlanishning harakteri haqidagi
ma’lumotlarni to’plash, o’rtacha kunlik ovqat mahsulotlarining to’plami va
miqdorini hisoblash.
2. Kunlik ovqat ratsionidagi ozuqli moddalar va ratsionning energetik qiymatini
inobatga olib, mahsulotlar ko`rsatilgan taomnoma tuziladi (2.6.1-jadval).
3. Olingan ma’lumotlar ovqatlanishning fiziologik me’yorlari bilan taqqoslanadi.
Ovqatlanishdagi milliy urf-odatlar, yilning fasli va boshqalarni hisobga olib,
ovqatlanish tartibi bo’yicha ovqat mahsulotlarining oqilona taqsimlanganligi
haqida fikr yuritish uchun 1-3 kun ichidagi amaldagi ovqatlanish sifatini tahlil
qilish mumkin. Buning uchun quyidagi shaklda taomnoma tuziladi:
2.6.1-jadval
Taomlar
nomi
Mahsulot
nomlari
Mah
su
l
mi
q
d
o
ri
O
q
si
ll
ar
Y
og
’l
ar
U
g
le
v
o
d
lar
V
it
am
in
Mi
n
er
al
mo
d
al
ar
K
al
o
ri
y
a
Nonushta:
-guruchli
kasha
sut
guruch
qant
saryog’
200
30
10
5
4,2
3,8
-
-
6,4
0,5
-
4,6
6,3
19,2
9
0,2
Ratsiondagi ovqat moddalarining miqdori va energetik qiymati ovqat
mahsulotlarining kimyoviy tarkibi ifodalangan jadval yordamida hisoblanadi. Kun
davomida iste’mol qilingan mahsulotlar yig’indisi, kunlik ratsionning energetik
qiymati va ularning iste’mol qilinish tartibi bo’yicha taqsimlanganligi hisoblanadi.
Oqsillar, yog’lar, uglevodlarning o’zoro nisbati aniqlanadi. Ovqatlanishning xilma-
xilligi, yil fasllarining inobatga olinishi, ovqatlanishdagi milliy urf-odatlarni
hisobga olinganligi baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: