Ftor.
Ftorning biologik tutgan o’rni va unga bog’liq bo’lgan kasalliklar.
Ftor elementining ichimlik suvi tarkibidagi kontsentratsiyasiga muvofiq
uning biologik roli turlicha bo’lishi mumkin. Ichimlik suvi tarkibida ftorning
kontsentratsiyasi 0,5 mg/l dan kam bo’lgan taqdirda tish kariesi kasalligini kelib
chiqishi, ichimlik suvi tarkibida ftorning kontsentratsiyasi 1,5 mg/l ortib ketganda
flyuoroz kasalligi rivojlanishi mumkin. Flyuoroz kasalligida faqatgina tishlarda oq
dog’larning hosil bo’lishi kuzatilmay, balki u organizmga umumiy ta’sir ko’rsatib,
suyak sistemasiga (osteoporoz, osteoskleroz), nerv sistemasining funksional
o’zgarishlariga sababchi bo’ladi. Suvda ftorning miqdoriy o’zgarishi karies yoki
flyuoroz kasalligini keltirib chiqaruvchi mutloq sabab bo’lolmaydi. Bundan
tashqari tabiiy iqlim sharoitlari, aholining ovqatlanish tarzi, mehnat va turmush
sharoitlarining ahamiyati bor, ammo ftor asosiy hal qiluvchi rolni bajaradi.
Shuning uchun ichimlik suvi tarkibida ftor optimal miqdorlarda - 0,7 - 1,2 mg/l
atrofida bo’lishi kerak.
Alohida belgilab qo’yish kerak-ki, agar ftorning etishmasligi muayyan
biokimyoviy hududning tabiiy xususiyatlariga muvofiq bo’ladigan bo’lsa, uning
ortiqcha miqdorlarda bo’lishi, qoida bo’yicha antropogen tabiatga ega bo’lib,
ayrim sanoat korxonalarining atrof muhitga chiqaradigan chiqindilari bilan
bog’liqdir (superfosfat zavodlari, ftorli tuzlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar,
pestitsidlarni ishlab chiquvchi, aviatsiya yoqilg’ilarini ishlab chiqaruvchi
korxonalar).
484
Bizning Respublikamiz hududida ftorni kam tutuvchi viloyatlar talaygina -
Andijon, Toshkent, Xorazm, shunga bog’liq holda bu regionlardagi aholining 60
dan 90% gachasi tish kariesi bilan kasallangan. Aytish lozim-ki, Toshkent ma’dan
suvining tarkibida ftor elementi yetarli miqdorlarda bo’lib, shu suvdan muntazam
iste’mol qilish tish kariesi kasalligini oldini olishdagi eng natijali tadbir bo’lib
hisoblanadi. Flyuoroz kasalligi bizning Respublikamizda Farg’ona viloyatining
Dang’ara tumani aholi o’rtasida qayd qilingan. Buning sababi shu hududdagi aholi
Qo’qon soyning suvidan iste’mol qilgan bo’lib, bu soy suviga Qo’qon superfosfat
zavodining chiqindi suvi oqizilar ekan. Tabiiy-ki, bu chiqindi suv tarkibida ftor
birikmalari juda yuqori kontsentratsiyalarda bo’lgan.
Karies kasalligini oldini olishdagi eng muhim tadbirlardan biri suv
tarkibidagi ftorning miqdorini normal holga keltirishdan iborat ya’ni ftor ko’p
bo’lganda deftorlash va ftor kam bo’lganda ftorlashdan iborat.
Bizda bunday tadbir o’tkazish 1945 yildan boshlangan bo’lib, uning
samarasi juda tez ko’zga tashlanadi, karies yoki flyuoroz bilan kasallanish darajasi
tezda kamayadi. Endemik flyuoroz kasalligi bor bo’lgan o’choqlarda sanoat
korxonalari chiqarayotgan chiqindi suvini ftorsizlantirish muhim aqamiyat kasb
etadi.
Endemik kasalliklardan bizning respublikamizda qayd qilinadigan turi
alimentar anemiya bilan aholining yuqori darajada kasallanishi hisoblanadi -temir,
mis, kobalt elementi kam uchraydigan regionlar (Qoraqalpog’iston, Farg’ona,
Sirdaryo viloyatlari)dagi aholining 43% gacha bo’lgan aholi. Ovqatlanish ratsioni
tarkibidagi fosfor bilan bolalardagi raxit kasalligining kelib chiqishi o’rtasida
bilvosita bog’lanish borligi aniqlangan (Toshkent, Farg’ona, Sirdaryo,
Surxandaryo). Alimentar anemiya kasalliklarining oldini olishdagi asosiy
profilaktik tadbir bo’lib, atrof muhit ob’ektlarida kimyoviy elementlarning
miqdorini optimallash hisoblanadi, ayniqsa ichimlik suvi va oziq-ovqat
mahsulotlarida. Bundan tashqari O’zR ning bir qator viloyatlarida (Xorazm,
Surxondaryo, Namangan, Buxoro) gi tuproq tarkibida mikroelementlardan rux
485
moddasi kam miqdorda ekanligi aniqlangan. Ana shu viloyatlardagi aholi o’rtasida
T-limfotsitlarining defitsiti ya’ni tanqisligi yaqqol ko’zga tashlanadi, bu o’z o’rnida
aholi organizmida rux elementining yetarlicha tushmasligi oqibatida immunitet
zvenosidagi T - limfotsitlardagi turli parametrlarning izdan chiqishiga sababchi
bo’lishi mumkin (R.M.Ruzibakiev va b.,1995y). Bizning respublikamiz uchun
harakterli bo’lgan endemik kasalliklardan tashqari, boshqa biogeokimyoviy
viloyatlarga taalluqli bo’lgan boshqa endemik kasalliklar ham ma’lum.
Urov yoki Kashin va Bek kasalligi.
Bundan 150 yil avval (1857) N.I.Kashin o’zining bir ma’ruzasida
"Nerchinsk okrugidagi bo’qoq va kretinizm" haqida xabar berib, Urov daryosi
qirg’og’i bo’ylab yashovchi aholi o’rtasida ilgari ma’lum bo’lmagan kasallik
haqida axborot bergan. Keyinchalik bu kasallik va uning tarqalganligi haqida
Ye.V.Bek tomonidan batafsil ma’lumotlar berilgan (1890). Oktyabr inqilobidan
so’ng bu o’lkadagi kasallikni o’rganish maqsadida birqancha ekspeditsiyalar
tashkil etilgan va Chita viloyatida maxsus ilmiy tekshirish stantsiya tashkil etilgan.
Urov kasalligi faqat Baykal orti o’lkalarida emas, balki Uzoq Sharq va Vologda,
Pskov, Leningrad viloyatlarida ham qayd qilingan. O’zR da ham kasallik belgilari
aniqlangan.
Urov kasalligi bilan asosan bolalar va o’smirlar kasallangan bo’lib,
ko’pincha 16-20 yoshli o’smirlarda og’irroq kechgan. Kasallikning ilk belgilarini
aniqlash juda murakkab bo’lgan, chunki kasallik belgilari nospetsifik tabiatga
egadir. Asosiy kasallik belgilari - diqqat-e’tiborning buzilishi, tez toliqish,
xotiraning pasayishi, mantiqiy fikrlash qobiliyatining izdan chiqishi kabilar.
Kasallikning
keyingi
davrlarida
suyak-bo’g’in
apparatidagi o’zgarishlar
(suyaqlardagi o’sishning sekinlashuvi, kalta barmoqlik, suyaqlar deformatsiyasi,
bo’g’inlarning bukilishidagi kontraktura) yuzaga keladi.
Urov kasalligi haqida yagona bir fikrdagi sabablar keltirilmagan, vaholanki,
ko’pgina mutaxassilarning fikriga ko’ra kasallikning rivojlanishida tabiiy
muhitdagi strontsiy elementining ortiqchaligi va kaltsiy elementining etishmasligi,
486
ana shu regionlarga xos ekanligi ko’rsatilgan. Kaltsiyning xususiyatlariga o’xshash
xususiyatlarni strontsiy namoyon etib, u ossifikatsiya jarayonini izdan chiqishiga
olib keladi. Shuningdek, kasallikning kelib chiqishida ayrim turdagi mo’g’orlar-
zamburug’larning muhim rol o’ynashi mumkin degan ma’lumotlar ham bor
(F.P.Sergievskiy), irsiy xususiyatlarning mohiyati haqidagi ma’lumotlar keltirilgan
(Yu.A.Domaev).
Kasallikni oldini olish uchun bugungi kunda radikal ko’rinishga ega emas,
faqat kasallikni iloji boricha ertaroq aniqlash va davolash ishlarini o’tkazish deb
qaraladi.
Endemik kasalliklarni ta’riflash bilan bir qatorda biogeokimyoviy
viloyatlardagi antropogen xususiyatlarga bog’liq bo’lgan kasalliklarga ta’rif
bermasdan bo’lmaydi. Masalan, azotli mineral o’g’itlarni keng ko’lamda qo’llash,
ko’pgina korxonalar tomonidan azotli birikmalarning ishlab chiqarilishi, suv
muhitini organik moddalar bilan ifloslanishi. Bizning sharoitda suv muhitida
bo’ladigan organik birikmalarning nitritlargacha parchalanishi va undan nitratlarga
o’tish natijasida sun’iy tarzda boqiladigan ko’krak yoshidagi bolalar o’rtasida suv-
nitratli metgemoglobinemiya kasalligini kelib chiqishiga sababchi bo’lishini
kuzatish mumkin. Nitratlar organizmda gemoglobin bilan birikib, barqaror
xususiyatga ega bo’lgan metgemoglobinni hosil bo’lishi va natijada oksidlanish-
qaytarilish jarayonlarining izdan chiqishiga olib keladi. Bu kasallikni oldini
olishdagi asosiy tadbir hisobida suvning nitratlar bilan ifloslanishiga yo’l
qo’ymaslik va bu moddaga nisbatan azot bo’yicha REK -10 mg/l qilib belgilangan.
Bundan tashqari suv, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida nitratlarning
miqdori ortib ketgan sharoitda oshqozon saratoni kelib chiqishi (Chili, Kolumbiya,
respublikamizda va xususan TTA atrof muhit gigiyenasi kafedrasi hodimlarining
izlanish ishlari) haqidagi ma’lumotlar mavjuddir.
Yaponiyadagi Djinsu daryosi bo’ylab yashovchi aholi o’rtasida bir qancha
yil davomida (1960 yillar) o’ziga xos bir kasallik belgilari haqida ma’lumotlar
berilgan bo’lib, kasallik bel va qov sohasida kuchli og’riqning paydo bo’lishi,
487
kurak va bo’g’inlarda og’riqlarning yuzaga kelishi bilan ta’riflangan. Kasallikka
"Itay-Itay" (juda kuchli og’riq) deb nom berilgan. Kasallikning asosiy sababchisi
bo’lib, shu daryo yoqasidagi tog’-kon korxonasidan chiqariladigan chiqindi suvi
tarkibida kadmiy elementining yuqori kontsentratsiyasi tufayli aholida surunkali
zaharlanish kuzatilgan. Aytish lozim-ki, kasallikning shakllanishida suv tarkibidagi
kadmiy elementining kontsentratsiyasi 0,01 mg/l dan ortiq bo’lgan va surunkali
ta’sir etganda shakllanishi mumkin.
Boshqa turdagi endemik kasalliklar ham ma’lum bo’lib ("Berilliyga oid
raxit", "molibdenozis"), sanoat korxonalaridan chiqariladigan chiqindi suvi
tarkibidagi shunga oid elementlar kontsentratsiyasining ortiqcha miqdorlarda
bo’lishi bilan bog’liqligi hisoblanadi. Bu kasalliklarning oldini olishdagi birdan-bir
profilaktik chora sifatida suv havzalarining ifloslanishiga yo’l qo’ymaslikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |