1.2. Ekologiyasi va tibbiy ekologiya haqida tushuncha.
Insoniyatning jadal tarzdagi xo’jalik faoliyati bizning planetamizda
mustahkam negativ o’zgarishlarni, xususan iqlim sharoitlarining o’zgarishi,
atmosferadagi ozon qatlamining yemirilishi, butun biosferaning ifloslanishi, ayrim
geografik joylardagi yer sathining cho’l zonalarga aylanishi va tuproqning kuchli
sho’rlanib ketishi, o’rmonzorlarga yetadigan talofatlar, ko’pgina o’simlik va
hayvonat dunyosi turlarini yo’qolib ketishiga sababchi ekanligi nomoyon bo`lib
qoldi. Bunday vaziyatdagi eng nomuvofiq oqibat shundan iboratki, yuzaga kelgan
tashqi muhitdagi har bir o’zgarish inson organizmiga to’g’ridan-to’g’ri yoki qiyosiy
tarzda salbiy ta’sir ko’rsatadi. Insoniyat esa ana shu murakkab ekologik muammolar
piramidasining eng cho’qqisida turadi. Bu vaziyat ekologiyaning yangi bir sohasi -
inson ekologiyasi - sohasini shakllanishiga turtki bo’ldi. Inson ekologiyasi - umumiy
ekologik sistemaning bir bo’lagi bo’lib, u insoniyat bilan tabiatning o’zaro
munosabati jarayonlarini o’rganish vazifasini bajaradi. Inson ekologiyasi ham o’z
o’rnida ko’pgina jihatlari bilan farqlanib, ular ichida eng ahamiyatlisi tibbiyotga oid
ekologiya hisoblanadi. Bu soha odam organizmi bilan o’zgarib turuvchi atrof
muhitning ta’sirini va o’zaro ta’sirini o’rganadi. Tibbiyotga doir ekologiya
ko’pincha odam organizmi uchun zarur bo’lgan atrof muhitning tabiiy holatini va
ifloslanib borishini tekshiradi. Albatta bu noto’g’ri, chunki "ekologiya" so’zining
o’zi butun borliqdagi jonli va jonsiz tabiat o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni
o’rganuvchi ta’limotdir. Odam esa - shu jonli tabiatning bir qismi, shuning uchun
inson ekologiyasi va shu jumladan tibbiy ekologiya atrof muhitda bor bo’lgan
barcha omillarni hisobga olishi kerak, chunki har qanday holda ham ana shu omillar
oxir oqibatda odam organizmiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Shunday qilib, tibbiy ekologiya - bu ITT ta’sirida o’zgarishga uchragan tashqi
muhit omillarining yig’indisini odam organizmiga ta’siri haqidagi ta’limotdir.
23
Tibbiy ekologiya shu bilan birga inson populyatsiyasi salomatligidagi
ko’rsatkichlarning o’zgarishini ham o’rganuvchi fandir. Yaqin davrlargacha tibbiy
ekologiya masalalari asosan gigiyena
sohasiga doir mutaxassislarning diqqat
e’tiboridagina bo’lgan bo’lib va o’z yo’nalishini atrof muhitdagi ksenobiotiklarni
gigiyenik reglamentlashtirish masalalarigagina qaratgan edi. Ammo, oxirgi yillarda
atrof muhitning salbiy ta’sirlariga o’z e’tiborini qaratmagan tibbiyot sohasi qolmadi
desak mubolag’a bo’lmaydi. Har qanday kasallikning kelib chiqishi, kechishi, klinik
belgilarining turli - tumanligi va hattoki kasalliklarnin davolashda ham ana shu atrof
muhitdagi omillarning ta’siri qiziqilmagan va o’rganilmagan bo’lsin.
Tibbiy ekologiyaning rivojlanish tarixiga nazar solsak, uning bir nechta
bosqichda taraqqiy etganligini ajratish mumkin bo’ladi. XIX asrning oxiri va XX
asrning boshlari ITTning boshlang’ich davri bo’lib, davlatlarda iqtisodiy
taraqqiyotning keskin ko’tarilishi, fandagi eng yangi yutuqlarning tezlikda
o’zlashtirib olinishi fonida ITT - ning inson organizmiga negativ ta’siri - nonsens -
ya’ni g’ayritabiiy-dek tuyulgan edi. Atrof muhitdagi o’zgarishlardan olingan
natijalarning to’planib borishi bilan ularning inson organizmiga, salomatlik
ko’rsatkichlariga salbiy ta’siri kundan-kunga yaqqolroq namoyon bo’laboshladi. Bu
holat ko’p jihatdan biosferaning kimyoviy ifloslanishiga taalluqlidir.
50-yillarning oxiri, 60-yillarning boshida ommaviy axborot vositalari sahifalari
va ma’lumotlarida biosferaning kimyoviy tarkibiga antropogen ta’sirning katta
hajmlarda va turli-tumanligi haqida ko’plab maqolalar yuzaga kelaboshladi. Ilmiy
biologik adabiyotlarda esa, iflosliklarning tirik ob’ektlarga, shu jumladan odam
organizmiga zararli va zaharli ta’sir etish mumkinligi bayon qilinaboshlandi.
Bu davr uchun shu narsa juda harakterli ediki, tibbiy yo’nalish asosan har bir
yangi ksenobiotikka toksikologik baho berishga o’z diqqat e’tiborini qaratgan,
bunda yangi ksenobiotik uchun birinchi navbatda atmosfera havosi, ishchi zonalari
havosi, havzalardagi suv uchun gigiyenik reglamentlar ishlab chiqish talab etilgan.
Bu davrda inson organizmiga u yoki bu kimyoviy moddaning alohida ta’siri
kamdan-kam bo’ladigan hodisa ekanligi, amalda esa birqancha ksenobiotiklarning
24
kompleks holda yoki tabiiy muhitdagi boshqa omillar bilan birgalikda ta’sir
ko’rsatish mumkinligi hisobga olingan emas.
ITT bu davrda o’z diqqat-e’tiborini korxonalar qudratini yanada o’stirishga,
ularning sonini ko’paytirishga qaratganligi bilan harakterlanib, atrof muhitni
tanazzulga yuz tutayotganligi aniq bo’lsa ham, ITT-ning atrof muhitga negativ
ta’siri bilan kurashuvchi asosiy tadbirni tabiatning o’z imkoniyatiga ishonib
qo’yilgan. Go’yoki tabiat tashqi muhitga chiqarilayotgan barcha iflosliklarni ma’lum
darajada suyultiraoladi yoki bo’lmasa, iflosliklar o’z-o’zidan tozalanishi orqali
yo’qolib ketishi mumkin degan xom hayollarga borilgan.
Shu bilan bir vaqtda bu davrda biosferaning yuqori darajadagi ifloslanishi va
uning odam organizmiga zaharli ta’siri qoida ko’rinishida emas, balki istisno ya’ni
ta’sir etishi mumkin sifatida qaralgan. Ammo, kam intensivlikka ega bo’lgan
omillarning ta’sir samarasi organizm uchun muhimroq deb tahmin qilingan, shuning
uchun 70- yillarda tibbiy xodimlar va biologlar ichida ksenobiotiklarning zaharli
tas’irini bilvosita ta’sir oqibatlari orqali kelib chiqadigan o’zgarishlarga e’tibor
qaratish tushunchasi mavjud bo’lgan. Jumladan, 70-yillarda mamlakatimizda
chiqariladigan adabiyotlarda shu sohaga taalluqli bo’lgan juda ko’p ilmiy maqolalar
chop etilgan bo’lib, ekzogen ta’sir etuvchi kimyoviy moddalar subtoksik ta’sir
etganda organizmning himoyalanish xususiyatlarini pasayishi, autoimmunologik
jarayonlarning shakllanishini ko’rsatuvchi ma’lumotlarning mavjudligi bundan
dalolat beradi.
Shu davrda ksenobiotklarning spetsifik ta’sir etish xususiyatlari ham ayon
bo’laboshladi, chunonchi juda kichik dozalardagi ta’sir ham organizmda uzoq
muddat davomidan so’ng allergik holatlarni yuzaga keltirishi, hamda mutagen,
kantserogen, teratogen va hattoki embriotoksik ta’sir oqibatlariga ega ekanligi
haqidagi ma’lumotlar yuzaga keldi. Aytib o’tilganlarga bog’liq ravishda
gigiyenistlarning asosiy diqqat e’tibori antropogen kimyoviy moddalarning ta’sirini
faqat laboratoriya hayvonlarida tekshirib ko’rilganligi, mutloq qonuniy bir holdir.
25
80-90-yillarda esa olib borilgan ilmiy tekshirishlar atrof muhitning ifloslanishi
bilan organizm o’rtasidagi turli-tuman patologik holatlar orasidagi o’zaro
bog’liqlikka qaratilgan va ko’pchilik ilmiy izlanish natijalarida haqiqatan ham
bunday bog’liqlikning bor ekanligini tasdiqlagan. Buning ajablanarli joyi yo’q, axir
organizm bir butun va uning biron bir qismidagi o’zgarish so’zsiz butun organizmga
ta’sir ko’rsatadi.
Yangi yuz yillikning boshlanishi va insoniyatning yangi ming yilligi atrof
muhitning sezilarli o’zgarishlarga uchrashi davri bo’lib ta’riflanadi. Xususan
biosferaning kimyoviy, fizikaviy, biologik ifloslanishi faqatgina ishlab chiqarishning
intensifikatsiyasi, transport vositalarining rivojlanishi, aviatsiyaning takomillashishi,
qishloq xo’jaligining mexanizatsiyalashtirilishigina emas, balki turli ko’rinishdagi
avariyali hodisalarning ortishi, halokat va fojialar, hamda ijtimoiy zarbalarning
ta’siri ham jiddiy tarzda kuchayadi. Bunday o’zgarishlarning darajasi bizga inson
organizmi uchun xavfli bo’lgan bir qator ta’riflarni alohida ajratishga imkon beradi:
1 – avariyaga doir vaziyatli zonalarning paydo bo’lishi
2 -ekologik halokatli va falokatli zonalar, bu zonalar uchun u yoki bu xildagi
omilning ruxsat etilgan gigiyenik reglamentlaridan ortiq darajalari harakterlidir.
3- qolgan barcha hududlar - bu yerlarda atrof muhitning o’zgarishi kichik
jadallikdagi omillarning ta’siri kabi ta’riflanishi mumkin.
Hozirgi kungacha to’plangan materiallar odam organizmi uchun atrof muhitning
o’zgarishidagi tutgan o’rni so’zsiz ravishda quyidagi xulosalarni chiqarishga asos
bo’la oladi:
1.Avariyali vaziyatli mintaqalarda faqatgina sog’lik uchun to’g’ridan-to’g’ri
xavf-xatargina emas, balki aholining ko’pchilik qismining hayotiga ham jiddiy xavf
yuzaga keladi. Bunday vaziyatlarga misol qilib 1986 yildagi Chernobil AES dagi
avariya hodisasini, 1981 yildagi Xindistonning Bxopal shahridagi kimyo
korxonasida sodir bo’lgan avariyani keltirish mumkin. Bu avariyalar oqibatida
yuzlab va minglab odamlar u yoki bu darajadagi jarohatlanishlarni olibgina qolmay,
hattoki ko’plab insonlarning fojiali o’limlari sodir bo’ldi.
26
2.Ekologik falokatli zonalarda atrof muhitni kuchli antropogen pressingi tufayli
ifloslanish kuzatilib, ifloslanish darajasi yuqori bo’lishi bilan odamlar o’rtasida
o’tkir zaharlanish va zararlanishlarni chaqirmaydi. Shunga qaramasdan aynan shu
ifloslanishlar bilan bog’liq bo’lgan holatlar - organizmning himoyalanish
quvvatining pasayishi, bolalar va o’smirlar organizmida jismoniy rivojlanish
ko’rsatkichlarining pasayishi, immunitetga bog’liq kasalliklarning ko’payishi, qon
va qon ishlab chiqarish organlari kasalliklarining ortishi, ayollar organizmida
farzand ko’rish faoliyatining izdan chiqishi ko’payadi. Shunday vaziyatga bog’liq
holda O’zbekistonda ekologik xavfli va halokatli regionlar qatoriga Orol va Orol
oldi mintaqalari, Olmaliq shahri va uning atrof zonalari, Chirchiq shahrining
janubiy-g’arb tomonlari, Angren shahrining g’arbiy tomonini ko’rsatish mumkin.
3.Yuqorida qayd qilinganidek boshqa hududlardagi ekologik omillar kam
jadallikka ega bo’lgan omillar qatorida baholanishi mumkin. Ammo, odam
organizmi uchun ularning ta’siri befarq deb baholash xato bo’lur edi, negaki
ularning ta’siri yillar davomida davom etadi. Bundan tashqari, kam jadallikka ega
bo’lgan bitta emas, balki bir qancha omillarning ta’siri kompleks ko’rinishda
bo’ladi. Ana shu omillar ta’sirining qo’shilib ketishi va negativ oqibatlarining
birgalikda
kuchayishi
natijasida
aholining
salomatlik
ko’rsatkichlarida
me’yordagidan anchagina siljishlari namoyon bo’ladi. Organizmga kam jadallikka
ega bo’lgan omillarning ta’siri haqidagi ma’lumotlar xozirgi kunda juda ko’p bo’lib,
shunday ta’sirning qonuniy ekanligidan dalolat beradi, chunonchi:
-kam jadallikka ega bo’lgan omillarning ta’siri fazaviy harakterga egadir, mas.,
ksenobiotiklar kichik dozalarda qisqa muddatli ta’sir etganda organizmning
immunobiologik reaktivligini kuchaytiradi (stimullaydi). Uzoq muddatli (yillar,
oylar) ta’sir etganda esa, organizmning reaktivligi avval pasayadi ya’ni birlamchi
darajalargacha, keyinchalik ta’sir davom etaveradigan bo’lsa, organizmning
himoyalanish xususiyati subnormal qiymatlargacha pasayib ketadi. Shuning uchun
ko’pgina yirik sanoat shaharlarida immunitetga bog’liq bo’lgan kasalliklarning
yuqori darajalarda ekanligi tasodifiy emas.
27
Kam jadallikka ega bo’lgan omillarning fazaviy ta’siri faqatgina organizmning
immun sistemasidagina namoyon bo’lmay, balki endokrin sistemasiga va bolalar
hamda o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarida ham o’z aksini beradi.
-kam jadallikka ega bo’lgan omillarning organizmga uzoq muddatli ta’siri, uzoq
muddatdan so’ng kuzatiladigan kasallik holatlarining ortishiga sababchi bo’ladi,
jumladan mutagenli ta’sir samarasi va xavfli o’sma kasalliklarining kelib chiqish
ehtimoli shular jumlasidandir. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti MAIR guruhining
ma’lumotlari bo’yicha 80% dagi xavfli o’sma kasalliklar tashqi muhit omillarining
ta’siriga bog’liq, shu bilan birga ularning chorak qismi - atrof muhitni kimyoviy
ifloslanishiga bog’liqdir. Bolalar va kattalar organizmida ayrim turdagi boshqa
kasalliklarning ko’payishiga kam jadallikka ega bo’lgan omillarning genetik
kodning jarohatlashi natijasi deb aytishimizga asos bordir.
Ekologiya bilan bog’liq bo’lgan muammolar kompleks hisoblanadi va uning
tutgan rolini baholash uchun, atrof muhitning hozirgi holatini va uning insoniyatning
hayoti va faoliyatiga ta’sirini aniq tafakkurlash uchun biosferaga antropogen
tasirotlarining hamma tomonlarini aniq o’rganishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |