4.2. Havo muhitining kimyoviy tarkibining fiziologik va gigiyenik ahamiyati
Atmosfera havosining tabiiy kimyoviy tarkibi troposfera qatlamida nisbatan
barqarorligi ya’ni deyarli o’zgarmasligi bilan ta’riflanadi ; azot- 78,08%, kislorod-
20,95%, karbonat angidrid gazi- 0,03% va 1% dan biroz ortiqcha miqdorda inert
gazlar tashkil qiladi. Ammo insonlarning xo’jalikdagi jadal faoliyatlari tufayli
atmosfera havosining kimyoviy tarkibi keskin o’zgarishga uchradi. Shuning uchun
181
bugungi kunda Yer kurrasida ifloslanmagan havo muhiti qolmadi desak mubolag’a
bo’lmaydi. Shunga qaramasdan havoning fiziologik va gigiyenik ahamiyati
birinchi navbatda uning tabiiy kimyoviy tarkibiga bog’liqdir.
Amalda havo tarkibidagi barcha gazlar planetadagi ichki muhit - yerning
tarkibi, kosmik moddalar, suv tarkibiga bog’liqdir. Bunga faqat kislorod gazini
kiritmaslik mumkin, chunki Yerda kislorodning paydo bo’lishi suv bug’larining
dissotsiatsiyasi tufayli hosil bo’lgandir. Bu jarayon bugungi kunda ham mavjud va
bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Yerda hayotning paydo bo’lishi,
anorganik moddalardan organik moddalarning sintezlanishi (fotosintezi) tufayli
hosil bo’lishi, Yer atmosferasi tarkibidagi kislorodni to’ldirib turuvchi muhim
sharoitlardan biridir. Shunga ko’ra, yer sathidagi yashil o’simliklar (dengizlardagi
fitoplanktonlar, o’rmonlar, yer sathining o’tlar va o’simlik dunyosi bilan
qoplanganligi) planetamiz uchun "O’PKA" vazifasini bajaradi.
Kislorod gazi juda katta fiziologik ahamiyatga egadir, chunki bu gazsiz
organizmda oksidlanish-qaytalanish jarayonlarini ketishini tasavvur qilish mumkin
emas. Odam organizmi tinch holatda bo’lganda minutiga o’rta hisobda 350 ml,
jismoniy mehnat bajarganda - minutiga 5000 ml gacha kislorod sarflaydi. Odam
organizmida amalda kislorod zahirasi bo’lmaydi, qonning kislorod bilan to’yinishi
esa, kislorodning partsial bosimi 160mm simob ustuniga teng bo’lgan va yoki bu
qiymatga yaqin bo’lgan hollardagina kuzatilishi mumkin va bunday sharoitga
odam organizmi o’zining evolyutsion rivojlanishi jarayonida moslashib qolgandir.
Kislorodning bunday darajadagi partsial bosimi faqat normal atmosfera bosimi
sharoitidagina kuzatiladi. Yer sathidan yuqoriga ko’tarilish bilan atmosfera
bosimining pasayishi kuzatilib, bunda kislorodning ham partsial bosimi kamayib
boradi. Kislorodning partsial bosimini pasayishida organizmdagi qonning kislorod
bilan to’yinmasligini va kislorodga bo’lgan tanqislik holatini keltirib chiqaradi.
Odam organizmi amalda yer sathidan 1 km balandlikkacha ko’tarilganda gipoksiya
holatiga uchramaydi, chunki kislorodning partsial bosimi u qonni to’liq to’yintirish
qobiliyatiga ega bo’ladi. 1,5-3 km balandlikkacha odam organizmi bunday
182
sharoitga tez moslasha olish xususiyatiga egadir, chunki bu jarayon yeritrotsitlar
tarkibidagi zahira kislorodning va gemoglobin tarkibidagi kislorodning
mobilizatsiya qilinishi; hamda o’pka ventilyatsiyasining fiziologik tezlashishi
hisobiga sodir bo’ladi (to’liq kompensatsiyalanish zonasi). Yer sathidan 3km dan
6km balandlikkacha ko’tarilganda esa, to’liq moslashish kuzatilmaydi, 7km dan
yuqorisi esa kritik zona hisoblanadi. 8km va undan yuqoriga ko’tarilganda odam
organizmi qo’shimcha texnik vositalarsiz faoliyat ko’rsatolmaydi (o’lim zonasi).
Shuning uchun aytish lozim-ki, 2-3km dan yuqori balandliklarga ko’tarilishda
jismonan chiniqmagan shaxslar organizmida nafasning siqilishi, meteorizm,
ko’ngil aynishi, badan va yuz terisining bo’zarishi, bosh og’rishi, burundan qon
ketishi, lablarning bo’zarishi ya’ni gipoksiya holati belgilari kelib chiqadi. Bunday
holatning kelib chiqishining oldini olish uchun birinchi navbatda badanni
chiniqtirish, jismoniy tarbiya mashqlari bilan shug’ullanish katta ahamiyatga
egadir. Yuqoridagi holatni tibbiy tilda balandlik yoki tog’ kasalligi deb nomlanadi.
Bizning respublikamizning ayrim viloyatlaridagi tog’li hududlarda tog’lik xalqlar
yashaydi, bu aholi yashash joylarining yer sathidan balandligi 3 km va undan
yuqoridir, ammo bu qishloqlarda yashovchi aholi o’rtasida tog’ kasalligining
belgilari umuman kuzatilmaydi, chunki ularning organizmi shu sharoitga uzoq
muddat davomida yashaganligi sababli moslashib ketgan va havodagi kislorodning
partsial bosimi ham, atmosfera bosimining pastligi ham ular organizmiga salbiy
ta’sir ko’rsatmaydi.
Yuqori balandliklarda parvoz qiluvchi avialaynerlarning passajirlari ham
gipoksiya holatini boshidan kechirmaydilar, vaholanki samolyotning uchish
balandligi 8-10km ni tashkil yetsa ham, chunki samolyot saloni germetik berkilgan
bo’lib va salonda sun’iy ravishda havo bosimi 720-730mm simob ustunga teng
qilib ushlab turiladi.
Atmosfera havosi tarkibida karbonat angidrid gazi 0,03-0,04% tashkil qiladi
va bu gazning ahamiyati ham juda muhimdir. CO
2
gazining fiziologik ahamiyati
shundan iborat-ki, uning kontsentratsiyasi katta bo’lmagan miqdorlarda nafas olish
183
markazini qo’zg’atish xususiyatiga egadir, shu bilan birga nafas olish aktini
yaxshilaydi. Ammo, uning kontsentratsiyasi 1% yoki 2% ni tashkil yetsa, nafas
etishmasligi, nafas olishning tezlashishi holatlari kuzatiladi, 4% dan ortiq
bo’lganda esa organizmga zaharli ta’sir ko’rsatadi.
Karbonat angidrid gazi nafas olish orqali ajraladi, chunki organizmda ro’y
beradigan ko’p biokimyoviy jarayonlarning oxirgi mahsuloti hisoblanadi. Bundan
tashqari CO
2
chirish jarayonida, yoqilg’ilarning yonishi, sanoat korxonalarida
texnologik jarayonlar oqibatida ko’plab ajralishi mumkin. Agar tabiatdagi o’simlik
dunyosida kuzatiladigan fotosintez jarayoni bo’lmaganda edi, atmosfera havosida
uning miqdorini juda tez to’planishi kuzatilar edi. Bu gazning sanitar ahamiyati
ham kattadir. Jumladan, sanoat korxonalari havosi, jamoat joylari, kasalxonalar
palatalari havosi tarkibida CO
2
gazining to’planish holatlari kuzatiladi. Shuning
uchun bunday xonalar va binolar havosini sifatli shamollatib turish talab etiladi.
Turar-joy binolari havosi tarkibida CO
2
gazining REK 0,1% ga teng deb qabul
qilingan. Shu miqdordan ozgina ko’payish organizmni zaharlanishga olib
kelmaydi, ammo shu xonalar havosining ifloslanganligidan dalolat beradi ya’ni
antropogen ifloslanganligini ko’rsatadi. Shuning uchun CO
2
gazi xonalar
havosining ifloslanganligining qiyosiy ko’rsatkichi sifatida qabul qilingan. Oxirgi
o’n yilliklarda insonlarning jadal xo’jalik faoliyatlari tezlashishi oqibatida va
ko’pincha oqilona tashkil etilmagan xo’jalik faoliyati tufayli CO
2
ning atmosfera
havosidagi kontsentratsiyasi ortib ketayotganligi kuzatilmoqda. Mas., katta sanoat
shaharlari havosi tarkibidagi CO
2
gazining kontsentratsiyasi 0,05-0,06% ga to’g’ri
keladi. Uning atmosferadagi miqdorini 1,5-2 martaga ko’payib ketish muammosi
butun dunyo muammosi deb qaralmoqda, chunki CO
2
gazi yer yuzasida infraqizil
nurlarni tutib qoladi, natijada shu joydagi iqlimni o’zgartirib yuboradi. Olimlarning
hisoblariga qaraganda agar butun atmosfera bo’yicha CO
2
ning kontsentratsiyasi
0,06% ga ortib ketsa, havoning o’rtacha harorati 4,5
o
C ga ko’tariladi. Bunday
katastrofik oqibatlarni olib kelishiga zamin yaratadi demakdir: ya’ni butun dunyo
hududini cho’l zonalariga aylanib ketish xavfini, qurg’oqchilik, muzliklarning
184
yerib ketishi, Dunyo okeani sathining ko’tarilib ketishi va juda katta hududlarda
suv toshqinlariga sababchi bo’lishi mumkin. Karbonat angidrid gazining bunday
ta’sir samarasini "ISSIQXONA SAMARASI" deb baholanib, global muammolar
qatoriga qo’shilgan, chunki bunday ta’sir oqibatlarining ayrimlari hozirgi kunda
qayd qilinmoqda.
Havo muhitining asosiy qismini azot gazi tashkil qiladi. Bu gazning
insonlarning hayot faoliyatlaridagi tutgan o’rni barchamizga ayon. Azot gazi
tabiatda doimo aylanib turadi, natijada yil davomida hayvon organizmlari va
o’simlik dunyosi tomonidan o’rta hisobda 360 mln tonna azot o’zlashtiriladi.
Uning o’rnini to’ldirish juda murakkab, mas., 1 tonna yoqilg’ining yonishi
natijasida bor-yo’g’i 15kg azot hosil bo’ladi. Shu kungacha azotning organizmdagi
fiziologik tutgan o’rni to’liq o’rganilmagan. Azot atmosfera havosidagi kislorodni
suyultirib turuvchi gaz deb hisoblanadi.
Azot gazining kesson kasalligidagi tutgan negativ o’rni hammamizga
ma’lum. Kesson - bu suv ostida faoliyat ko’rsatadigan inshoot bo’lib, suv osti
tonnellarini qurish, ko’priklar qurish, yer osti konlarda ishlash va boshqa suv osti
ishlarini bajarishda kuzatiladi. Kessonli sharoitda ishlashda yuqori havo bosimi
yaratiladi, bu esa u yerga suvning kirib ketishini oldini oladi. Bunday sharoitda ish
bajarganda havo orqali qabul qilinadigan azot gazi organizmdagi suyuqliklar - qon,
to’qimalararo suyuqliklarda ko’p miqdorda eriydi, normal sharoitda esa bunday
jarayon kuzatilmaydi. Ana shunday sharoitda ish bajarib, keyinchalik suv ostidan
yer sathiga tez ko’tarilish oqibatida organizmdagi erigan azot tez va to’liqligicha
organizmdan o’pka orqali chiqib ketishga ulgurmaydi, natijada qon va boshqa
suyuqliklarda gaz pufakchalarini hosil qiladi. Qon tomirlarining ana shunday gaz
pufakchalari bilan to’silib qolishi (gazli emboliya) bir qator kasallik belgilarini
keltirib chiqaradi, jumladan kuchli bosh og’rishi, bo’g’inlarda og’riq, to’qimalarda
g’ichirlash sezgilarini uyg’otilishi kabilar. Shuning uchun bu kasallikni “Kesson
kasalligi" deb nomlangan. Bunday kasallik holatlari kesson sharoitida
ishlovchilarda yuqori atmosfera bosimidan normal bosimga tez o’tish sharoitida
185
sodir bo’ladi. Kesson kasalligini oldini olish uchun yer sathiga juda sekinlik bilan
ko’tarilish muhim ahamiyat kasb etadi, bundan tashqari kessondagi havoni geliy-
kislorod aralashmali havo bilan almashtirish va bunday ishlarga faqat jismonan
chiniqqan baquvvat odamlarni qabul qilish kerak.
Klinik belgilari bo’yicha kesson kasalligiga o’xshash, ammo yetiologiyasi
biroz boshqacha bo’lgan
dekompression
kasallik turi ham mavjuddir. Bu kasallik
normal atmosfera bosimidan birdaniga juda kam yoki past bosimga o’tish
sharoitida yuzaga keladi. Bunday tasodiflar yuqori balandliklarda parvoz qiladigan
samolyot kabinalari, kosmik kemalar kabinalarining germetikligi buzilganda
yuzaga keladi. Bunday sharoitda barcha qon tomirlarida erigan gazlarning havo
pufakchalariga aylanishi kuzatiladi. Buning uchun odamlar hayotini saqlash
maqsadida samolyot balandligini ya’ni uchish balandligini keskin pasaytirish
tavsiya etiladi.
Atmosfera havosining tarkibiga kiruvchi boshqa gazlardan ozon va geliy
gazlarini ta’riflash kifoyadir. Troposfera havosi tarkibidagi ozon kontsentratsiyasi
foizning mingdan bir ulushiga to’g’ri keladi, ammo stratosfera qatlamida uning
miqdori ancha yuqori, shuning uchun havoning bu qatlamini shartli ravishda "ozon
qatlami" deb nomlanadi. Bu havo qatlamining ahamiyati juda katta bo’lib, quyosh
radiatsiyasi tarkibiga kiruvchi va yer sathigacha etib keladigan ultrabinafsha
nurlarning qisqa to’lqinli qismini o’zida tutib qoladi. Oxirgi o’n yilliklarda
Antarktida qit’asining ustida ozon qatlamining yupqalashishshi haqidagi
ma’lumotlar matbuot sahifalarida tez-tez uchrab turibdi. Bu fenomenni "Ozon
teshigi" deb nomlandi. Bunday holat qutb doirasidan chetda (Zapolyare) va
yekvatorial hududlarda kuzatiladi. Bunga sabab tariqasida insonlarning hayot
faoliyatlari natijasida atmosfera havosiga ayrim kimyoviy moddalarning yoki
ularning birikmalarini (freonlar, azot oksidlari) ko’p miqdorlarda chiqarilishi
natijasida yuzaga keladi deb qaraladi.
Geliy gazi biologik inert gazlar qatoriga kiradi. U azot gazidan engil. Bu gaz
o’pka to’qimasini atelektazdan himoya qiladi degan fikrlar mavjud. Bundan
186
tashqari sun’iy atmosfera havosini suyultiruvchi gaz hisobida kam qatnashadi
degan fikrlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |