1. Maktabda so'zning morfemik tarkibi va so'z yasalishini o'rganish nima
uchun katta ahamiyat kasb etadi?
2. 1-4-sin flard a so'zning moifemik tarkibini o'rganish tizimi mohiyatini
tushuntiring.
3. Siz o'quvchilarni bir xil o'zakli so'zlam ing muhim belgilari bilan
qanday tanishtirardingiz? Bu tushunchani shakllantirishga qanday shartlar
yordam beradi?
4. So'z yasovchi qo'shimchaning tilimizdagi ahamiyatini o'zlashtirishda
o'quvchilarga qanday yordam beriladi?
5. Shakl yasovchi qo'shimchalami o'rganishning o'ziga xos xususiyatlarini
tushuntiring.
6. Dasturga muvofiq so'zning tarkibi va yasalishiga oid dars ishlanmasini
tayyorlang.
S o ‘z turkum larini o 'rg an ish m etodikasi
So'z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi
so'zlaming leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga
ko'ra turli guruhlarga ajratilishi, ya’ni so'z turkumlari haqidagi ilm
hisoblanadi.
So'zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga:
1) leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni shaxs, narsa, harakat yoki
holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma’nolari), 2) morfologik
www.ziyouz.com kutubxonasi
(so'zning turli shakllari tizimi) va 3) sintaktik (turli morfologik shakl-
larning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslaniladi. Demak,
so‘z turkumlari ustida ishlash o'quvchilaming muayyan guruhdagi
so'zlaming umumlashtirilgan ma’nolarini, kishilarning aloqa vositasi
sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari so'z turkumlari (ot, sifat, son, ol
mosh, fe’l) bilan umumiy tanishtirilgandan so'ng har bir leksik-gram
matik guruh alohida o'rganiladi. Bu so'z turkumlarini o'rganishning
boshlang'ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi
va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini
aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ot,
sifat, son, fe’ining quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:
1) so'z nimani bildirishi (shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib,
harakat yoki holat);
2) qanday so'roqlarga javob bo'lishi;
3) o'zgarish-o'zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mav
judligi;
4) gapda, asosan, qanday bo'lak vazifasida kelishi.
O'quvchilar mana shu o'rgangan belgilari asosida so'z turkum
larini taqqoslaydilar. Ular nimani o'rganganlariga qarab, har bir so'z
turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya va
chuqurlasha boradi. Dasturga ko'ra, boshlang'ich sinfda so'zlar dastlab
javob bo'ladigan morfologik so'roqlariga qarab guruhlanadi. 3-sinfda
„So'z turkumi“ tushunchasi shakllantiriladi. O'quvchilar har bir so'z
turkumiga xos ayrim belgilar (so'z turkumlarining umumlashtirilgan
leksik ma’nolari, otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi, bo'lishli
va bo'lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’ining gapdagi vazifasi) bilan
tanishtiriladi. 4-sinfda so'z turkumlarining morfologik-sintaktik xususi
yatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o'quvchilar otlaming egalik
va kelishiklar bilan o'zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini,
kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda
shaxs-son va zamonni o'rganadilar. Quyidagi jadvalda boshlang'ich
sinf o'quvchilarining so'z turkumlari yuzasidan bilimlari hajmi
ko'rsatilgan:
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |