K arim a q osim ova



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet350/522
Sana01.01.2022
Hajmi7,78 Mb.
#304570
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   522
Bog'liq
Ona tili o'qitish metodikasi K Qopsimova, S Matchonov va b

kim?
so'rog'iga 
javob  bo'ladi.
Biz,  siz,  ular
 so'zlari  ustida  ishlanadi.
O'quvchilar javobiga aniqlik kiritiladi:
—  Men,  sen,  u  -   so'z turkumi.  Bu  so'z turkumining  nomi  olmosh 
deb  yuritiladi.  Men,  sen,  u  —  kishilik  olmoshlari. 
Men
  I  shaxsni, 
sen
  II  shaxsni, 
и
  III  shaxcni  ko'rsatadi.  Shundan  so'ng 
biz,  siz,  ular
 
olmoshlari  yuzasidan  suhbat  o'tkaziladi.  Kishilik  olmoshlarining  bir­
lik  va  ko'pligi  taqqoslash  orqali  tushuntiriladi  va  qaysi  paytda 
men,
 
sen,  u,
  qaysi  paytda 
biz,  siz,  ular
  qo'llanilishi  ustida  ishlanadi.  Egalik 
qo'shimchalari  ifodalaydigan  3  ta  shaxs:  so'zlovchi 
(men),
  tinglovchi 
(sen),
  o'zga 
(и)
  eslatiladi  va  ular  kishilik  olmoshlari  bilan  bog'lanadi. 
Olmoshning gapda  asosan  ega  vazifasida  kelishi  aytiladi.
Kishilik  olmoshlarining  ko'pligini  tushuntirishda  „Biz  Vatan  ha­
qida  ko'p  maqollar bilamiz.  Siz  ham  shunday  maqollardan  bilasizmi? 
tarzidagi  gaplardan  foydalanish  mumkin.  O'quvchilaming  kishilik 
olmoshlari  yuzasidan  olgan  tushunchalari  bir  necha  dars  davomida 
mustahkamlanadi.  Bunda  kishilik  olmoshlariga  so'roq  berish,  qaysi 
so'roqlarga  javob  bo'layotganini  aniqlash,  matndan  kishilik  olmosh- 
larini  topish,  ularni  o'zi  bog'langan  so'z  bilan  ko'chirish,  kishilik 
olmoshlari  ishtirokida  gap  tuzish,  ularning  gapda  qanday  bo'lak 
bo'lib  kelayotganini  aniqlash,  kishilik  olmoshlarining  shaxs-sonini 
aytish,  berilgan  fe’llarga  mos  kishilik  olmoshlarini  tanlash  va  gap  tu­
zish  (Onamga  yordam  berdim.  Onangga  yordam  berdingmi?  Onasiga 
yordam berdimi?)  kabi  topshiriqli  mashqlar bajariladi.  Ayrim  matnlar 
shaxsini  o'zgartirib  ijodiy  qayta  hikoya  qildiriladi.
Kishilik  olmoshlarining  kelishiklar  bilan  turlanishini  o‘tish.  Kishilik 
olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o'tishdan oldin shu mavzuni 
o'quvchilar  ongli  o'zlashtirishlari  uchun  xattaxtaga  kelishiklarga  doir 
jadval  osib  qo'yiladi.  Suhbat  metodidan  foydalanib  shu jadval  asosida 
kelishiklar  haqidagi  o'quvchilar  olgan  bilimlar  takrorlanadi  va  ulaming 
yangi  mavzuni  o'rganishlariga zamin  tayyorlanadi:
— Nechta kelishik bor? Ularning  nomini,  qo'shimchasi  va so'rog'ini 
ayting.
www.ziyouz.com kutubxonasi


—  Kelishiklar  qaysi  so‘z turkumiga  qo'shiladi?
—  Kelishik  qo'shim chalari  qanday  vazifa  bajaradi?  Misollar 
bilan  tushuntiring.
O'quvchilar aytgan bitta gap xattaxtaga yozdiriladi va tahlil  qilinadi. 
Masalan: 
Bilim  davlatdan qimmat.  (Maqol)
Davlatdan  -
  ot,  chiqish  kelishigi  qo'shimchasini  olgan, 
-dan
 
qo'shimchasi  otni  qimmat  so'ziga  bog'lagan.  O'quvchilar  javobi 
umumlashtiriladi.
Shundan  so'ng  oldindan  xattaxtaga  yozib  qo'yilgan  darslikdagi 
mashq  ustida  ishlanadi:
—  O'qing.  Tagiga  chizilgan  so'z  qaysi  turkumga  kiradi?  Shu 
so'z  qaysi  shaxsni  bildiradi?  Bizni  olmoshi  qaysi  qo'shimcha  bilan 
qo'llangan?  Bu  qo'shimcha  biz  olmoshini  qaysi  so'zga  bog'lagan? 
Ularni  birlikda  yozing: 
Bizni olib bordilar.
  Kelishik  qo'shimchasini  va 
bog'lanishini tegishlicha belgilang.  Kelishik nomini qisqartirib tepasiga 
yozing.
— Ikkinchi gapni  o'qing.  Olmoshning qaysi kelishik qo'shimchasini 
olganini ayting.  Qaratqich kelishigi otni qaysi so'zga bog'lagan?  Ularni 
birikma  tarzida  yozing: 
Bizning  ko'z  o ‘ngimizda.
  Qo'shimchani  va 
so'zlaming  bog'lanishini  belgilang.
Qolgan  gapiar  ustida  ham  shu  taxlitda  ishlanadi.  Xattaxtaning  bir 
tomonida  quyidagi  birikmalar yuzaga  keladi:
Bizni  olib  bordilar.
Bizning  ko'z  o'ngimizda.
Bizga  gapirib  berdi  va  boshq.
O'quvchilar javobi  yana  suhbat  yo'li  bilan  umumlashtiriladi:
— Kishilik olmoshlari  qaysi  qo'shimchalami  oladi?
— Qaysi  kelishik  qo'shimchalari  olmoshga qo'shilib keladi?
—  Bu  qo'shimchalar  olmoshlarni  qaysi  so'zlarga  bog'laydi? 
(boshqa  so'zlarga)
—  Kelishik  qo'shimchasini  olgan 
bizning,  bizni,  bizga,  bizda,  biz­
dan
  kabilar  qaysi  so'roqlarga javob  bo'lyapti?  Ular  gapda  qaysi  bo'lak 
bo'ladi?  (2-darajali  bo'lak)
—  Biz  olmoshiga  so'roq  bering,  u  qaysi  kelishikda?  Gapda  qaysi 
bo'lak  bo'lib  kelyapti?  (Ega)
O'quvchilar javobi  aniqlashtiriladi va umumlashtiriladi:
— Kishilik olmoshlari  ham  kelishik  qo'shimchalarini  oladi.  Kelishik 
qo'shimchalarini  olganda  olmoshlar  turlanadi.  Tushum,  qaratqich, 
jo'nalish,  o'rin-payt,  chiqish  kelishigidagi  olmoshlar  gapda  2-darajali
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo'lak  bo'lib  keladi.  Bosh  kelishikda  esa  ega  vazifasini  bajaradi: 
Biz
 
mehnatni sevamiz.
Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi haqidagi tushun­
cha  mashqlar  yordamida  mustahkamlanadi.  Bunda  kishilik  olmosh­
larining  qaysi  kelishikda  ekanligini  aniqlash,  ularni  o'zi  bog'langan 
so'z bilan birikma tarzida ko'chirish,  shaxs-sonini topish,  chiziqchalar 
o'rniga  topshiriqqa  mos  olmoshlarni  qo'yish,  ot  o'rnida  qo'llangan 
olmoshlarni  aniqlash,  ijodiy  matnlar  tuzish  kabi  topshiriqli  mashqlar 
bajartiriladi.
Keyingi darslarda o'quvchilaming kishilik olmoshlarining kelishik­
lar  bilan  turlanishi  paytidagi  imlosini  o'zlashtirishlariga,  ijodiy  yozma 
ishlar uyushtirishga va ularda kishilik olmoshlaridan  to'g'ri foydalanib, 
nutqda  uslubiy  jihatdan  to'g'ri  qo'llashlariga,  shuningdek,  nutqda 
kishilik  olmoshlaridan  o'rinsiz  va  tinimsiz  foydalanishlarini  bartaraf 
etishga  ahamiyat  qaratiladi.  Kishilik  olmoshlarini  o'rinsiz  ko'p  ish- 
latishlarini  bartaraf etish  uchun  o'quvchilaming  ijodiy  yozma  ishlari: 
bayon  va  insholari  o'qib  berilib,  tahlil  qilinadi.
O'quvchilar  nutqida  kishilik  olmoshlarini 
man,  san
  tarzida  sheva 
ta’siriga  berilib  talaffuz qilish  holatlari  uchraydi.  Kishilik  olmoshlariga 
ajratilgan  darslarning  yana  bir  vazifasi  shu  kabi  kamchiliklami  ham 
yo'qotishdir.
O'quvchilarni  kishilik  olmoshlaridan  nutqda  to'g'ri  foydalanishga 
o'rgatish  nutqiy g'alizlikni,  talaffuzdagi  yoqimsizlikni  bartaraf etadi.
Savol  va  topshiriqlar

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish