O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/225
Sana25.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#303787
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   225
Bog'liq
2. Falsafa 60-215 (20)

Kalit so‘zlar:
to‘gri ovqatlanish, ratsional ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi, talabalar, ovqatlanishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar. 
Kirish.
Sog‘lom turmush tarzining muhim tarkibiy 
qismlaridan biri – bu muvozanatli ovqatlanishdir. Talabalar 
organizmi yoshi, ta’lim jarayoni va yashash sharoitiga qarab 
o‘ziga xos xususiyatga ega. Ma’ruzalar va amaliy 
mashg‘ulotlarda berilgan o‘quv yuklamalarini o‘zlashtirish, 
turli xil masalalarni yechish va hal qiluvchi bosqich – imtihon 
jarayoni asabiylik holatini sezilarli darajada oshiradi. Imtihon 
oldidan kuchli hayajonlanish va imtihon vaqtida nafas olish, 
qon bosimi ko‘tarilishi hamda tomir urishining tezlashishi 
kuzatiladi. 
Ayniqsa, boshlang‘ich kurs talabalari organizmiga 
birlamchi turmush tarzidagi o‘zgarishlar katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Berilayotgan ma’lumotlar hajmining ko‘payishi, quyi ta’lim 
muassasalari yuklamalariga qaraganda ko‘proq talab 
qo‘yilishi, o‘z vaqtini mustaqil taqsimlay olmaslik va turmush 
tarzini to‘g‘ri tashkillashtira bilmaslik ruhiy yuklamaning 
oshishiga olib keladi. 
Yoshlar organizmida hali shakllanib ulgurmagan 
fiziologik 
jarayonlar 
mavjud, 
bu 
birinchi 
navbatda 
neyrogumoral tizimi bo‘lib, ular ovqat ratsioni muvozanati 
buzilishiga sezgir bo‘lishadi. Qishloq joylaridan katta 
shaharlarga kelib ta’lim oluvchilar ovqat tarkibining o‘zgarishi 
ular organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunga sabab 
qishloqda ovqat ratsioni tarkibida ko‘proq o‘simlik 
mahsulotlari 
mavjud. 
Unda 
kolbasa, oliy 
navli 
un 
mahsulotlarining ko‘payishi ichak harakati susayishiga va 
qabziyatga olib keladi. Ko‘p talabalar o‘qish davrida 
ovqatlanish tartibini buzishi oqibatida ularda «yoshlar 
xastaligi» nomini olgan ovqat hazm qilish tizimi kasalligi 
rivojlanadi. 
Gastrit odatda talabalar kasalligi deb ataladi [2]. 
Tibbiy 
statistika 
ma’lumotlariga 
ko‘ra, 
hozirda 
o‘quvchilarning 35 foizi gastrit bilan og‘riydilar. Talabalar 
orasida bu kasallik tarqalishining sababi shundaki, zamonaviy 
turmush sharoitlari talabalarni nafaqat o‘qish, balki o‘zlarini 
qanday ta’minlash haqida ham o‘ylashga majbur qiladi. 
Natijada, faqat o‘qishga majbur bo‘lgan yoshlar, ish bilan 
o‘qish o‘rtasida uzilib qolishadi va ularga yetarli ovqatlanish 
uchun vaqt va ba’zan pul yetishmaydi. Ertalab bir payola choy 
yoki qahva, tushlik paytida – kolbasa, pitsa yoki gazlangan 
ichimlik bilan qovurilgan gumma, kechki ovqat uchun yarim 
tayyor mahsulotlarni iste’mol qiladilar. Shuningdek, 
ko‘pchilik talabalar faqat kechqurun ovqatlanadilar va kun 
davomida ular ochlik tuyg‘usini chipslar, muzqaymoq, shirin 
kulchalar va boshqa mahsulotlar bilan yo‘qotadilar. Tabiiyki
shoshilinch quruq ovqat va yaxshi chaynalmagan ovqat 
oshqozon shilliq qavatini shikastlab, gastritga olib keladi. 
So‘nggi yillarda gastrit sezilarli darajada yosharib ketdi, agar 
ilgari u, asosan, quruq ovqat iste’mol qiladigan talabalarda 
topilgan bo‘lsa, bugungi kunda hatto maktab o‘quvchilari ham 
bundan azob chekishadi [2]. 
Darsni o‘zlashtirish va ovqatlanish tartibi orasida 
bog‘liqlik aniqlangan: agar talaba och qorin bilan darsga kelsa, 
ularda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirish sustlashadi. Qator 
ilmiy kuzatuvlarga ko‘ra, qoniqarli bahoga o‘qiydigan 
talabalarning 60 % ikki, yaxshi bahoga o‘qiydiganlarning 80 
% uch martalik ovqatlanish tartibiga rioya qilishgan. Texnika 
yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda yuklamalar, asosan, 
hisob-kitob, chizma jadvallarni bajarish jarayonida zo‘riqish 
ko‘proq ko‘rish tizimiga tushadi. 
Shuningdek, hal qiluvchi bosqich – imtihon jarayoni 
asabiylik holatini sezilarli darajada oshiradi. Imtihon oldidan 
kuchli hayajonlanish va imtihon vaqtida nafas olish, qon 
bosimi ko‘tarilishi hamda tomir urishini tezlashishi kuzatiladi.

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish