yopish va suyultirilgan gazlardan foydalanuvchi ob’ektlarda texnik moslamalarni
tayyorlash, montaj qilish, moslash, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos ravishda amaldagi me’yoriy
hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi.
Umumiy talablar
suyultirilgan gazlar gaztaqsimlash va gaziste’mol qilish tizimlarining xavfli
ishlab chiqarish ob’ektlarini ishlatuvchi tashkilot 2006 yil 29 iyundagi O‘RQ-57-sonli
«Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida» gi Qonunining
huquqiy dalolatnomalariga va me’yoriy texnik hujjatlariga rioya qilish shart:
A) suyultirilgan gazlar gaztaqsimlash va gazis’temol qilish xavfli ishlab
chiqarish ob’ektlarini xavfsiz holatda saqlanishini ta’minlovchi kompleks tadbirlarni
bajarish va mazkur Qoidalar
talablariga rioya qilish;
B) gazo‘tkazgichlari, inshootlar va gazuskunalari (texnik qurilmalari)ni
mazkur Qoidalarda belgilangan muddatda texnik diagnostika o‘tkazilishini
ta’minlash.
Uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha ishlab chiqarish
yo‘riqnomalariga gazo‘tkazgichlar va gazuskunalari texnologik sxemalari ilova
qilinadi.
Texnologik sxemalar xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini rekonstruksiya qilish,
texnik qayta jihozlangandan so‘ng qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
suyultirilgan gazlar dan foydalanuvchi ob’ektlarni ta’mirlash va texnologik
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni o‘tkazish va tashkil qilish tartibi mazkur Qoidalar,
shuningdek, «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan,
tayyorlovchi zavodning yo‘riqnomasi, ishlab chiqarish ob’ektini ishlatish talablari va
shartlarini hisobga oluvchi normativ-texnik hujjatlar bilan aniqlanadi.
suyultirilgan gazlar dan foydalanuvchi ob’ektlarni ta’mirlash va texnik xizmat
ko‘rsatish (rejalari) jadvallari, gaz uskunalari va gazo‘tkazgichlarga xizmat
ko‘rsatishni amalga oshiruvchi tashkilot bilan kelishiladi va korxona rahbari
tomonidan tasdiqlanadi.
Loyiha va ijro hujjatlarini xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini barcha ishlatish
davomida saqlash zarur (tashkilot yo‘q qilinmagunga qadar).
Har bir tashqi gazo‘tkazgichlar, elektr himoya qurilmasi va
rezervuarga asosiy
texnik ta’riflari bo‘lgan va shuningdek, o‘tkazilgan kapital ta’mirlar to‘g‘risidagi
ishlatish pasporti tuzilishi kerak.
Gaz to‘ldirish stansiyalari (GTS), gaz to‘ldirish punktlari (GTP),
avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari (AGQSH) gazo‘tkazgichlarida gaz oqimini
harakatlanish yo‘nalishi ko‘rsatiladi.
AGQSH lardagi texnologik uskunalar, gazquvurlari, armatura, elektr
uskunalar, shamollatish tizimlari, o‘lchov vositalari, avariyaga qarshi himoya,
muhosaralash va signal berish vositalari har oyda ko‘zdan kechirilishi va aniqlangan
nosozliklar bartaraf qilinishi lozim.
Stansiyani
ishga
tushirish,
dastlabki
ko‘rikdan
o‘tkazilgandan
(tekshirilgandan) so‘ng bajariladi.
Nosoz agregatlar, rezervuarlar, gazo‘tkazgichlar uzib (ajratib) qo‘yilishi,
aniqlangan gaz chiqishi holatlari bartaraf qilinishi kerak.
Ijro hujjatlarini agqshni texnik va xavfsiz ishlatishga oid Qoidalarda
keltirilgan hajmda olib borish tavsiya etiladi.
Rezervuarlarni ishlatish
suyultirilgan gazlar rezervuarining ta’miri va ularga xizmat ko‘rsatish, texnik
tekshiruvdan o‘tkazish nazorati, bosim ostida ishlaydigan idishlarning tizimini va
ularni xavfsiz ishlatish hamda mazkur Qoida talablariga ko‘ra amalga oshirilishi
kerak.
Rezervuarlarga (suyultirilgan gazlar saqlash bazalariga) texnologik sxema
tuziladi, ularda rezervuarlarning joylashishi, ularning raqamlari va shuningdek
texnologik gazo‘tkazgichlar va armaturalar ko‘rsatiladi.
Rezervuarlar to‘ldirilishidan oldin ortiqcha bosim mavjudligiga tekshirilgan
bo‘lishi va 0,5 mra dan kam bo‘lmasligi lozim.
Ishchi holatida rezervuarlarni tekshiruv natijalari jurnalda ko‘rsatilishi lozim.
Rezervuarlar, tekshiruvdan o‘tgandan so‘ng, korxona rahbarining yozma
ruxsatnomasi asosida ishlatishga kiritilishi kerak.
Rezervuarlarni ishlatishda, ularga har smenada texnik xizmat ko‘rsatish
quyidagi hajmlarda amalga oshirilishi lozim:
A) gazning chiqishini aniqlash va nosozliklarni bartaraf qilish maqsadida
rezervuarlar va armaturalarni ko‘rikdan o‘tkazish;
B) rezervuarlardagi gaz
sathini tekshirish;
Texnologik xizmat ko‘rsatish paytida aniqlangan nosozliklarni jurnalga yozib
qo‘yish lozim.
Gazning chiqishi aniqlanib, ularni zudlik bilan bartaraf qilishning iloji
bo‘lmagan holda, texnologik gazo‘tkazgichdan tiqin o‘rnatib uzish kerak.
Yechiladigan klapan o‘rniga tiqin o‘rnatib turib tekshirish yoki ta’mirlash
mumkin emas.
suyultirilgan gazlar dan foydalanuvchi ob’ekt rahbari tomonidan tasdiqlangan
jadval bo‘yicha quyidagi ishlar bajariladi:
A) sozlangan bosim ostida saqlagich klapanlarning ishlab ketishini tekshirish;
B) jo‘mrak va kranlarni, zulfin chervaklari tezlanishini va moylanganligini
ko‘zdan kechirish;
V) drenaj qurilmasi orqali rezervuarlardan kondensatni to‘kish (zarurat
bo‘yicha).
suyultirilgan gazlar ob’ektlarida rezervuarlarga texnik tekshiruvdan o‘tkazish
tartibi va muddati, shuningdek rezervuarlarni muddatidan oldin texnik tekshiruvdan
o‘tkazish zarurati o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan, amaldagi me’yoriy-texnik
hujjatlar talablariga ko‘ra aniqlanadi.
Rezervuarlarni suyultirilgan uglevodorod gazlari bilan uning geometrik
hajmning 85 % dan ko‘p bo‘lmagan hajmda to‘ldirish kerak.
Rezervuarlar ortiqcha gaz bilan to‘lib ketganda, ortiqcha gazni boshqa
rezervuarga quyish kerak.