b) konteynerlardagi suyuq xlor omborlari uchun — 500 metr (xlor
chiqindilarini operativ tarzda mahalliylashtirishni ta’minlashga qaratilgan maxsus
texnik chora- tadbirlarni amalga oshirishda xavfli zona o‘lchamini qisqartirishga yo‘l
qo‘yiladi. Xavfli zonani qisqartirish haqidagi qaror tegishli texnik asosnoma taqdim
etilganda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan qabul qilinadi);
v) idishlardagi xlor omborlari uchun — yo‘q qiluvchi konsentratsiyaga ega
xlor bulutining tarqalish chuqurligi doirasida (hisoblar asosida aniqlanadi).
Xlor omborlari kamida ikki metr balandlikdagi, ilk avariya holatida gaz
to‘lqini tarqalishini cheklaydigan va ombor hududiga begona shaxslarning kirishiga
yo‘l qo‘ymaydigan zich berkiladigan darvozaga ega bo‘lgan tirqishlarsiz to‘siqqa ega
bo‘lishi lozim.
To‘siqni ombor binosi va inshootidan kamida 10 metr uzoqlikda o‘rnatilishi
kerak.
Xlor omborlari harbiy qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanishi yoki
qo‘riqlanadigan hududga joylashtirilishi, shuningdek qo‘riqlash signalizatsiyasi va
yoritish tizimiga ega bo‘lishi lozim.
Suyultirilgan xlor ombori yong‘in avtomobillari va gazdan qutqarish xizmati
avtomobillari kirishi uchun yo‘l bilan ta’minlanishi lozim.
Xlor ombori hududida xlor omborida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish
jarayonlariga tegishli bo‘lmagan jihoz va qurilmalarni joylashtirishga ruxsat
berilmaydi.
Suyultirilgan xlor omborini xlorni yoqish, bug‘lantirish, konteyner va
ballonlarga quyish qurilmalari, gipoxloridlar, xlor temiri olinadigan xlorni so‘rib
olish qurilmalari hamda uni bosish uchun vakuum va siqilgan havo olish qurilmalari
bilan to‘sishga yo‘l qo‘yiladi.
Xlor omborlari yer usti va bir qavatli yarim ko‘milgan bino yoki yer osti
inshootlarida joylashtirilishi mumkin.
Idishlardagi xlorning ochiq omborlarini ochiq tom ostida joylashtirishga
ruxsat “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan muvofiqlashtirilgan
taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Suyultirilgan xlorning yopiq omborlarini joylashtirishda quyidagi talablar
bajarilishi lozim:
a) xlorni idishlarda (rezervuarlarda-tankalarda) saqlash uchun yer ustidagi va
yarim o‘ralardagi xonalar (joylar) xlorning avariyali oqishida buzilishidan xonani
saqlovchi konstruksiyali qurilmaga ega bo‘lishi kerak;
b) har bir idish ostiga idishning butun hajmidan kam bo‘lmagan hajmga ega
taglik o‘rnatilishi lozim;
v) idishlarda xlorni saqlash omborlarida bino va xonaning qarama-qarshi
tomonlarida kamida ikkita chiqish yo‘li bo‘lishi lozim;
g) xlor omborlarining eshiklari evakuatsiya
davomida ochilishi lozim;
d) pol materiali, devor, shift va metall konstruksiyalarning materiallari
xlorning agressiv ta’siriga chidamli bo‘lishi lozim.
Rezervuarlarda (idishlarda) suyultirilgan xlorni saqlash uchun mo‘ljallangan
ochiq turdagi omborlar quyidagi talablarga amal qilgan holda loyihalashtirilishi va
ekspluatatsiya qilinishi lozim:
a) rezervuarlar atmosfera yog‘inlaridan va to‘g‘ridan to‘g‘ritushadigan
quyosh nuridan himoyalangan bo‘lishi lozim;
b) har bir idish ostida avariya holatida xlor to‘kilganda yig‘ib oladigan taglik
(banka) bo‘lishi lozim.
Eng katta rezervuar hajmidan kam bo‘lmagan hajmga ega, oqishlarni
mahalliylashtirish uchun har bir idish ostida to‘siqlar joylashtirilgan taglikka ega
bo‘lish mumkin.
Suyultirilgan xlor idishlari va trubalarini ekspluatatsiya qilishda ularga
harorat, bosimning ortib ketishiga olib keladigan yoki xlor bilan birlashib portlovchi
qorishmalarni tashkil qiladigan namlik va moddalarning tushishini oldini olish lozim.
Rezervuarlar, idishlar, vagon-sisternalar, yig‘uvchilarga suyultirilgan
xlorning kirish va chiqish yo‘llari konstruksiyalari tashqi truba zararlanganda
suyuqlikning ortga oqishining oldi olinishini ta’minlashi lozim.
Gaz holatidagi xlorni olish, odatda, bug‘lantiruvchilardan foydalanilgan holda
amalga oshirilishi lozim. Bug‘lantiruvchilar sifatida asosan oquvchi issiqlik
almashinuv qurilmalaridan foydalanish lozim. Katta hajmdagi bug‘lantiruvchilardan
foydalanishga faqat tegishli asosnoma tayyorlanib, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat
inspeksiyasi bilan muvofiqlashtirilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Issiqli yetkazib beruvchining yuqori harorati uning xususiyatlari inobatga
olinib, suyultirilgan xlor bug‘lantiruvchilarini tayyorlash konstruksiyasi va
mustahkamlik xarakteristikalari bilan belgilanadi.
Rezervuar, idish, yig‘uvchilardan gaz holatidagi xlor foydalanish uchun
olingan kunlik idishlar sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Temir yo‘l vagon-sisternasidan gaz holatidagi yoki suyultirilgan xlor
foydalanish uchun olingan kunlik idishlar sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suv pardasi bilan gaz holatidagi xlor bulutini mahalliylashtirish tizimi
korxonaning boshqa ehtiyojlari uchun ketadigan eng ko‘p suv sarfini inobatga olgan
holda xlorning chiqishini likvidatsiya qilish uchun yetarli bo‘lgan vaqt mobaynidagi
uzluksiz ish hisobidan kelib chiqqan holda kerakli suv zaxirasi bilan ta’minlanishi
lozim. Changlatuvchilar, gidrantlar soni, ularning joylashuvi va talab qilinadigan suv
zaxirasi loyihada aniqlanadi va asoslanadi.
Suyultirilgan xlorning oqib ketishini ko‘pikdan foydalanib mahalliylashtirish
tizimida kimyoviy jihatdan xlor uchun neytral bo‘lgan ko‘pikdan foydalanish ko‘zda
tutilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: