g) davlat reyestrida xavfli ishlab chiqarish obyektining qayd etilganligi
haqidagi hujjat;
d) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlarni olib borish tartibini belgilovchi
me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlar;
e) rezervuarlar, texnologik jihozlar, trubalar, armaturalar, muhofaza
qurilmalari, nazorat va
boshqaruv qurilmalari, bino va inshootlarning pasportlari.
5. Obyektning sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish zaruriyati
O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat
xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunining 19-moddasiga binoan (O‘zbekiston
Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) belgilanadi.
6. Yangilarini loyihalashtirish yoki ishlab turgan ishlab chiqarish va
obyektlarni rekonstruksiya qilishda:
a) texnologik bloklar va qurilmalarning toksik va portlash jihatidan holati
baholanadi;
kimyoviy jihatdan zarar ko‘rish zonalari radiusi, mumkin bo‘lgan buzilish va
xodimlarning shikastlanish holati hisoblab chiqiladi;
b) texnik hujjatlardagi me’yorlarga binoan mazkur blok va texnologik
obyektlarning mahsuldorligi hamda himoya choralari va vositalarining ishonchliligi,
ularning xavfsizlikni ta’minlash imkoniyati haqida xulosalar
beriladi;
v) xonalar, binolar va tashqi qurilmalarning portlash va yong‘in xavfsizligi
bo‘yicha
kategoriyalari aniqlanadi;
g) sanoat xavfsizligi me’yorlariga asosan xlor bulutlarini ko‘rsatish va
mahalliylashtirish uchun avtomatik qurilmalarni o‘rnatish zaruriyati va himoya tizimi
turi aniqlanadi;
d) elektr xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar aniqlanadi.
Ishlab turgan ishlab chiqarish va obyektlar uchun texnologik bloklarning
yong‘in xavfsizligi kategoriyasi, kimyoviy tarzda yo‘q qilish va ishdan chiqarish
zonasi radiuslari, xonalar, binolar va tashqi qurilmalar kategoriyasi, xavfli
zonalardagi elektr qurilmalarga qo‘yiladigan talablar amaldagi me’yoriy hujjatlarga
asosan ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot, loyiha yoki ixtisoslashgan tashkilot
tomonidan aniqlanishi mumkin.
7. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot
tomonidan quyidagilar ishlab chiqilishi lozim:
a) obyektning xususiyatini inobatga olgan holda xavfli ishlab chiqarish
obyektida sanoat xavfsizligi talablariga amal qilish ustidan ishlab chiqarish nazorati
haqidagi nizom;
8. Yangi ishlab chiqarish obyektlarini ekspluatatsiya uchun qabul qilish va
ishlab
turgan
obyektlarni
ekspluatatsiya
qilish
o‘rnatilgan
tartibda
muvofiqlashtirilgan va tasdiqlangan loyiha va texnologik hujjatlar mavjud bo‘lgan
taqdirdagina amalga oshiriladi.
9. Har bir ishlab chiqarish va obyekt uchun texnologik reglament ishlab
chiqiladi, muvofiqlashtiriladi va tasdiqlanadi. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat
inspeksiyasi nazorati ostida bo‘lgan xavfli obyektlarning reglamentini ishlab chiqish
tartibi, uni qayd etish va uning amal qilish muddati o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
10. Texnologiya, qurilmalarni rasmiylashtirish, yong‘inga qarshi tizimga
o‘zgartirishlar kiritish loyihaning texnologik qismini ishlab chiquvchilar bilan
muvofiqlashtiriladi.
11. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish “Xodimlarni
ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil, 23-iyun)
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy
hujjatlari Axborotnomasi, 2000-yil, 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
12. “Mehnat sharoitini baholash uslubi va mehnat sharoitiga asosan ishchi
o‘rinlari attestatsiyasi”ga (ro‘yxat raqami 247, 1996-yil, 28-may) mehnat sharoitlari
bahosi belgilanadi.
13. Xodimlarni o‘qitish, ko‘rsatmalar berish va sanoat xavfsizligi bo‘yicha
me’yoriy-texnik hujjatlar talablari bo‘yicha bilimlarini sanoat xavfsizligi sohasidagi
amaldagi standartlar va me’yoriy hujjatlar asosida belgilanadi.
14. Aynan zararli mehnat sharoitida ishlaydigan ishchilarga O‘zbekiston
Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibga binoan bepul
tarzda sut va unga tenglashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari berilishi kerak.
15. Ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar va avariya holatlari o‘rnatilgan
tartibda o‘rganilishi va hisobga olinishi kerak.
16. Ishlab chiqarish sexlari, uchastkalar va ko‘zga ko‘rinib turadigan tashqi
qurilmalarning xavfli joylarida GOST 12.4.026ga asosan xavfsizlik belgilari osib
qo‘yiladi.
17. Korxonalarda ko‘rsatma bo‘yicha bajariladigan yuqori darajada xavfga
ega ishlar (ta’mir, olov bilan bog‘liq, gazdan xavfli ishlar va yuqorilikda
bajariladigan ishlar) ro‘yxati bo‘lishi lozim.
Yuqori darajadagi xavfga ega ishlarni bajarish uchun muhandis-texnik
xodimlar va kerakli va ishning tegishli xarakteri bo‘yicha tayyorgarlikka ega
ishchilarga ruxsat berilishi mumkin.
18. Ishlab chiqarish xonalaridagi operatorlarning ish joylarida trubalar,
bloklararo va bloklar ichidagi qurilmalar hamda nazorat-o‘lchov va avtomatik
qurilmalarning funksional sxemasi ko‘rsatilgan ishlab chiqarishning texnologik
sxemasi osib qo‘yiladi. Qurilmalar (idishlar)ning tartib raqami sexning texnologik
sxemasida, loyihada va reglamentda bir xil bo‘lishi hamda jihozga yozib qo‘yilgan
raqamlarga mos kelishi lozim.
19. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishda havo, tuproq va suv havzalarini
iflos qilishning oldini olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: