2-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Suyuq ammiakning yerdagi omborlari uchun xavfsizlik
qoiidalari.
Qoidalar suyuq ammiak omborlarini loyihalashtirishi, qurilishi, saqlanishi va
ishlatilishi bilan shug‘ullanuvchi vazirliklar, jamiyatlar, korxonalar va tashkilotlar
uchun, ularning tashkiliy-huquqiy va mulkiy shaklidan qat’i nazar, hamda yakka
tartibdagi ishbilarmonlar uchun bajarilishi majburiydir.
1. Ushbu suyuq ammiakning yerdagi omborlari uchun xavfsizlik Qoidalari
(matn bo‘yicha bundan so‘ng — Qoidalar) quyidagilarga taalluqlidir:
suyuq ammiakni saqlash uchun yangidan loyihalashtirilayotgan, qayta
ta’mirlanayotgan va amalda
ishlatilayotgan omborlarga;
ammiakni sanoatda muzlatkich qurilmalarda yoki boshqa maqsadlar uchun
ishlatiluvchi yoki tovar mahsulot ishlab chiqish uchun yordamchi material yoki
xomashyo sifatida uni ishlatadigan, ammiak ishlab chiqaradigan korxona hududida
joylashgan zavod omborlariga;
port oldidagi zavodlarda yoki suv transporti bazalarida joylashgan
omborxonalariga;
korxona hududi tashqarisida joylashgan va temir yo‘l sisternalaridan suyuq
ammiakni qabul qilish, uni rezervuarlarda saqlash va avtotsisternalarda
iste’molchilarga tarqatish uchun moslashtirilgan rels oldi omborlariga;
qishloq xo‘jaligining ichkaridagi omborlari;
qishloq xo‘jalik tumanlari hududlarida;
2. Ammiak uzatuvchilardan ammiak oluvchi qishloq xo‘jalik tumanlarida
joylashgan tarqatish bekatlari.
3. Ushbu Qoidalar ballondagi ammiak omborlariga va avtomatlashtirilgan yer
osti omborlariga taalluqli emas.
4. Amaldagi va qurilayotgan omborlarni ushbu Qoidaga mos keltirish tartibi
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda korxona rahbari
tomonidan aniqlanadi.
5. Suyuq ammiakning har bir ombori, ushbu Qoida talablariga javob
beradigan va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlariga ega bo‘lishi kerak.
6. Suyuq ammiak omborlari — portlash xavfi bor va kimyoviy xavfli
obyektlardir. Ularda olib borilayotgan ishlarga, sanoat xavfsizligini va xodimlarni
kasbiy tayyorgarligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha oshirilgan talablar qo‘yiladi.
7. Ishlayotgan va ishga tushiriladigan omborlar uchun texnologik
reglamentlar belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerak.
8. Yangi obyektlarni ishga tushirish loyiha hujjatlari, reglamentlar va
yo‘riqnomalar mavjud bo‘lmasa, ruxsat berilmaydi.
9. Omborlarni boshqarish markaziy shoxobchasida quyidagi asosiy hujjatlar
bo‘lishi kerak:
omborning texnologik chizmasi;
ishlayotgan xodimlarning ish joylari bo‘yicha yo‘riqnoma;
texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariya bo‘yicha
sexlarning yo‘riqnomasi;
zaglushkalarni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarishni hisobga (qayd qilish)
olish jurnali;
avariya vaziyatlari kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik rejasi;
smenalarning jurnallari.
Do'stlaringiz bilan baham: