xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlarni xavfsiz olib borish qoidalarini
belgilab beruvchi normativ huquqiy va
normativ texnik hujjatlar;
rezervuarlar, texnologik uskunalar, quvurlar, armaturalar, saqlovchi
qurilmalar, nazorat, boshqaruv tizimlari asboblari, bino va inshootlarning pasportlari
va boshqa foydalanish hujjatlari.
6. Aniq xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini
ishlab chiqish zaruriyati O‘zbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish
obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida” gi Qonunining
19-moddasi
talablariga
muvofiq belgilanadi.
7. Xavfli ishlab chiqarish obyektida sanoat xavfsizligi talablariga rioya
qilinishi ustidan ishlab chiqarish nazorati to‘g‘risidagi nizom obyektdan
foydalanishning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
8. Avariya vaziyatlarini lokallashtirish va bartaraf etish rejasi (AVLBR)
“Korxonalarning portlash-yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan obyektlarida avariya
vaziyatlarini lokallashtirish va bartaraf etish rejalari (AVLBR)ni ishlab chiqish
bo‘yicha tavsiyalar” (RPA-94 30.09.94 y.)ga muvofiq ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqarish nazorati to‘g‘risidagi nizom va AVLBR tashkilot rahbari
tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
9. Yangi ishlab chiqarishlarni foydalanishga qabul qilish va faoliyat
ko‘rsatayotganlaridan foydalanish o‘rnatilgan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan
loyiha va texnologik hujjatlar bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
10. Har qaysi ishlab chiqarish uchun texnologik reglament ishlab chiqiladi,
kelishiladi va tasdiqlanadi. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi nazorati
ostidagi, anorganik suyuq kislota va ishqorlar ishlatiladigan ishlab chiqarish
obyektlari uchun reglamentlarni ishlab chiqish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, ularning
amal qilish muddati, shuningdek mazmuni o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
11. Texnologik sxemaga, apparat jihozlariga, nazorat, aloqa, xabar berish va
avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimlariga o‘zgartirishlar kiritish loyiha
va texnik
hujjatlarga loyihani ishlab chiqqan yoki shunga o‘xshash obyektlarni loyihalashga
ixtisoslashgan tashkilot bilan kelishilgan o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng loyiha
hujjatlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan sanoat xavfsizligi
ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
Kiritilgan o‘zgartirishlar butun texnologik tizimning ish qobiliyati va xavfsizligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
12. Anorganik suyuq kislota va ishqorlar ishlatiladigan ishlab chiqarish
obyektlarida tajriba ishlarini bajarish, texnik qurilmalar, avtomatlashtirilgan
tizimlarning tajriba namunalarini sinovdan o‘tkazish o‘rnatilgan tartibda amalga
oshiriladi va rasmiylashtiriladi.
13. Ishlab chiqarish travmatizmi holatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 06.06.97 yildagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab
chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil
zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi
nizom
”ga muvofiq komissiya
tomonidan tekshiriladi.
14. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining hududiy organlari nazorati
ostidagi obyektlarda baxtsiz hodisalarga olib kelmagan avariya sabablarini tekshirish
o‘rnatilgan tartibda “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi sohaviy inspeksiya
vakili boshchiligidagi maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
15. Anorganik kislota va ishqorlar ishlatiladigan ishlab chiqarish sexlari,
uchastkalari va tashqi qurilmalarning xavfli zonalarida ko‘rinarli joylarda davlat
standartlariga muvofiq tayyorlangan xavfsizlik belgilari osib qo‘yiladi.
16. Operatorlarning ish joylarida quvurlar, bloklar o‘rtasidagi va bloklar
ichidagi armaturalar, nazorat, o‘lchov va avtomatlashtirish funksional sxemalari
belgilangan ishlab chiqarish texnologik sxemasi osib qo‘yiladi. Apparatlar (idishlar)
sex texnologik sxemasida, loyihada va reglamentda bir xil raqamlanishi va
uskunalarga tushirilgan raqamlarga to‘g‘ri kelishi kerak.
17. Anorganik kislota va ishqorlar ishlatiladigan yangi qurilayotgan ishlab
chiqarish obyektlari seliteb zona, hududning seysmikligi hamda boshqa tabiiy va
texnogen omillarning ta’sirini hisobga olgan holda qurilish me’yorlari va qoidalari
talablariga muvofiq joylashtirilishi kerak.
Tanaffus berish vaqti va uning aniq muddati ichki mehnat tartibi qoidalarida,
smena grafiklarida yoki xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan
belgilab qo‘yiladi.
Ishlab chiqarish sharoitiga ko‘ra dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus
berish mumkin bo‘lmagan ishlarda ish beruvchi xodimga ish vaqtida ovqatlanib olish
imkoniyatini ta’minlashi shart. Bunday ishlarning ro‘yxati, ovqatlanish tartibi va joyi
ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilab qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: