Lipaza.OPO
3
H
2
+ H
2
0
→
Lipaza + H
3
PO
4
Fosforillangan lipaza fosforillanmagan lipazaga nisbatan yuqori
faollik xususiyatiga ega.
Proteinkinazalar – spetsifikligi bilan bir-biridan farqlanuvchi
fermentlar guruhidir: turli proteinkinazalar turli oqsillarni fosforlaydilar.
Bunday mexanizm ko‘pchilik fermentlar faolligini boshqaradi.
Adenilat sinlaza sistemasi.
Adenilatsiklaza va proteinkinazalar bir
butun boshqarilish sistemasini hosil qiladi, hujayra sirtidan ichiga
fiziologik signal o‘tkazishga imkon beradi. Ba’zi gormonlar signalning
birinchi xabarchisi bo‘lib, adenilatsiklazani faollashtiradilar. Natijada
sAMF hosil bo‘ladi. Ikkinchi (hujayra ichi) xabarchi signal; sAMF
proteinkinazani faollaydi, proteinkinaza ba’zi fermentlarni fosforlab,
ular faolligini o‘zgartiradi. Bu yo‘l bilan gormon hujayra ichiga kirmay
turib undagi metabolizmni o‘zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |