3. Sanoat geografiyasi.
Sanoat dunyo moddiy ishlab chiqarishning
yetakchi tarmog„i bo„lib, unda 350 mln. dan ko„proq aholi band.
Sanoatda band bo„lganlarning umumiy soni Xitoyda 64, AQSHda 23,
Rossiyada 16,5 mln. kishini tashkil etadi. Dunyo sanoat mahsulotining
o„rtacha yillik hajmi 7,7 trln. dollarga teng. Yetakchi sanoat mamlakati:
AQSHning dunyo ko„rsatkichlaridagi hissasi 18,9 foizga teng.
Sanoat asosan ishlab beruvchi va undiruvchi (tog„-kon)
tarmoqlaridan iborat.
Dunyo yoqilg„i-energetika sanoati.
Yoqilg„i-energetika sanoati
dunyo xo„jaligining asosi bo„lib, u uchta bo„g„indan-yoqilg„i-enegetika
resurslarini qazib olish, resurslarni energiya ishlab chiqarish joylariga
tashish, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishdan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |