1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

 
 
Samarqand iqtisodiy rayoni.
  
O„zbekiston Respublikasida  
Samarqand 
viloyatining  


 
 
221 
221 
salmog„i (foiz hisobida) 
Hududi – 3,7 
Aholisining soni – 10,9  
Yalpi ichki mahsulot – 6,3 
Sanoat mahsulotlari – 4,8 
Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 11,8 
Donli ekin maydoni – 10,2 
Paxta ekin maydoni – 7,0 
 
Iqtisodiy  rayon  Samarqand  viloyatidan  iborat  bo„lib,  uning 
maydoni  16,8  ming  km
2
,  aholisi  2,7  million  kishi.  Mintaqa  respublika 
hududining  3,7  foizini,  aholisining  esa  10,9  foizini  tashkil  etadi. 
Iqtisodiy  rayon  respublikaning  markaziy  qismida  Zarafshon  vodiysida 
joylashgan. 
Tabiiy  sharoiti  o„ziga  xos.    Shimolda  Nurota,  shimoliy  sharqda 
Turkiston.  sharqda  va  janubiy  sharqda  esa  Zarafshon  tizmasi  tog„lari 
bilan o„ralgan. Respublikada eng ko„p yog„in miqdori shu yerga tushadi 
(900  mm).  Tabiiy  resurslarga  ancha  boy.  Bu  yerda  rangli  metallar, 
marmar, ohaktosh, keramzit va boshqalar uchraydi. 
Mintaqada aholi zichligi nisbatan yuqori bo„lib, 1 km
2
 ga 100 kishi 
to„g„ri keladi. Aholining milliy tarkibida o„zbeklar, tojiklar ko„pchilikni 
tashikl  etadi.  Bundan  tashqari  ruslar,  yevreylar,  eroniylar,  tatarlar, 
ozarbayjonlar va boshqalar ham istiqomat qilishadi. Aholisining 28 foizi 
shaharlarda  yashaydi.  Mintaqada  11  ta  shahar  va  12  ta  shaharcha  bor. 
Iqtisodiy  rayon  xo„jaligida  sanoat  yetakchi  o„rinda  bo„lib,  tog„-kon. 
mashinasozlik  kimyo.  yengil  va  oziq-ovqat  sanoati  tarmoqlari  yaxshi 
rivojlangan. 
 Samarqand  shahri  (aholisi  363  ming  kishi,  2002  y.)  eng  qadimiy 
shag„arlardan  biridir.  Tarixiy  va  me‟morchilik  yodgorliklari  ko„p 
bo„lganligi sababli jahonning ko„plab mamlakatlaridan turistlarni o„ziga 
jalb  qiladi.  Ulug„bek  rasadxonasi.  Go„ri  Amir,  Bibixonim  machiti  va 
boshqalar juda mashhur. 
Shaharda  ko„plab  mashinasozlik  korxonalari  qurilgan.  «Krasniy 
dvigatel» 
(hozirgi  Alpomish),  «Kirap»,  «Liftsozlik»,  «Sino» 
sovutgichlar  ishlab  chiqarish  zavodlari  ishlab  turibdi.  Mintaqa 
respublikaning  ikkinchi  avtomobil  markazi  hamdir.  Bu  yerda  Turkiya 
bilan  hamkorlikda  “Samkochsavto”  qo„shma  korxonasi  qurilib, 
mikroavtobuslar (O„z Otayo„l) ishlab chiqarish yo„lga qo„yildi.  


 
 
222 
222 
Kimyo  sanoatida  Samarqand  superfosfat  zavodi  yetakchi  o„rinda 
turadi.  Iqtisodiy  rayonda  yengil  sanoat  yaxshi  rivojlangan.  Yirik  paxta 
tozalash  zavodlari,  shoyi  gazlama  ishlab  chiqarish,  chinni  zavodi  va 
boshqalar  katta  ahamiyatga  ega.  Respublika  trikotaj,  buyumlarining  20 
foiz shu mintaqaga to„g„ri keladi. 
Oziq-ovqat  sanoati  mahalliy  xom  ashyolar  asosida  ishlaydi. 
Konserva,  o„simlik  moyi,  tamaki,  choy  qaloqlash,  broyler  korxonasi 
yaxshi rivojlangan. 
Mintaqada  qishloq  xo„jaligi  yaxshi  yo„lga  qo„yilgan.  Hududining 
katta qismi sug„orilib dehqonchilik qilishga yaroqli. Asosan paxtachilik 
rivojlangan.  Bundan  tashqari  texnika  ekinlaridan  zig„ir.  kunjut,  maxsar 
kabilar 
ekiladi. 
Urgut 
respublikaning 
tamaki 
yetishtirishga 
ixtisoslashgan tumanidir.  
Paxta  bilan  almashib  makkajo„xori,  bug„doy  ekiladi.  Lalmikor 
yerlarda bug„doy, arpa yetishtirish yaxshi yo„lga qo„yilgan. Shuningdek 
mintaqada  sabzovat,  (16  foiz)  ayniqsa  kartoshka  ko„plab  yetishtiriladi. 
Kartoshka  yetishtirish  bo„yicha  respublikada  (23  foiz)  birinchi  o„rinda 
turadi.  Shu  bilan  birga  bog„lar  va  uzumzorlar  ham  ko„p.  Mayiz 
yetishtirish bo„yicha ham respublikada oldingi o„rinda turadi. 
Iqtisodiy  rayon  qishloq  xo„jaligida  chorvachilik  ham  katta 
ahamiyatga  ega.  Qoramollarning  umumiy  soni  bo„yicha  birinchi 
o„rindadir. Qora mollar barcha hududlarda boqiladi.  
Rayonda  qo„ychilik,  qorako„lchilik  bo„yicha  Buxoro-Navoiy  va 
Qashqadaryo  iqtisodiy  rayonlaridan  so„ng  uchinchi  o„rinda  turadi. 
Narpay tumani qorako„lchilikka ixtisoslashgan. 
Shuningdek pillachilik ham yaxshi rivojlangan bo„lib, Farg„ona va 
Buxoro-Navoiy  iqtisodiy  rayonlaridan  keyinda  turadi.  Mintaqada 
cho„chqachilik va parrandachilik ham rivojlanib bormoqda. 
Rayon  xo„jaligi  bundan  keyin  ham  rivojlanib  boraveradi. 
Samarqand hozirgi paytda yirik ilm-fan, sanoat, transport va rekreatsiya 
markazi    hisoblanadi.  Shahar  aeroporti  xalqaro  aeroport  maqomiga  ega 
bo„lib,  MDH  davlatlari  va  boshqa  xorijiy  davlatlar  bilan  havo  yo„li 
orqali bog„langan. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish