5. MO davlatlarniig ichki tafovutlari va tashqi iqtisodiy
aloqalari.
Qozog„iston respublikasining ichki qismlari bir - biridan
keskin farq qiladi. Qozog„iston respublikasini beshta iqtisodiy rayonga
bo„lib o„rganiladi : Shimoliy, Markaziy, Janubiy, G„arbiy va Sharqiy.
Shimoliy Qozog„istonga - Shimoliy Qozog„iston, Kokchetav,
Selenograd, Pavlodar, Kustanay va Turgay viloyatlari kiradi.
Bu iqtisodiy rayon asosan quriq yerlarning ochilishi hisobiga
rivojlangan qishloq xo„jaligi negizida shakllangan rayon bo„lib, uning
ixtisosi qishloq xo„jalik tarmog„i hisoblanadi. Shuningdek bu rayonda -
temir rudasi, ko„mir, boksit, asbest rudalari mavjud.
Uning zimmasiga - 1/5 qismi mamlakatning hududi, 1/3 qism aholi,
2/3 qism ekiladigan yer maydonlari va boshqalar to„g„ri keladi.Shuni
qayd qilish kerakki, poytaxtni Ostana shahriga ko„chirilishi bu iqtisodiy
rayonning yanada ahamiyati o„sishiga olib keldi.
Markaziy Qozog„istonga Qaraganda va Jezqazgan viloyatlari kirib,
bu rayonning rivojlanishida ko„mir rudasi, polimetall, temir va marganes
rudalarining ahamiyati katta.Bu rayonning asosiy sanoat ishlab
chiqarishining ixtisosi tabiiy resurslarni qazib olish va qayta ishlash
bilan bog„liq bo„lib, qora metallurgiya, rangli metallurgiya va yoqilg„i
sanoati yaxshi shakllangan. Eng katta shaharlari - Qaraganda, Temirtau,
Balxash, va Jezqazgandir.
Janubiy Qozog„iston iqtisodiy rayoniga Olma - Ota, Shimkent,
Jambul, Taldi - Qurg„on va Qizil - O„rda viloyatlari kiradi. Bu rayon
sug„oriladigan qishloq xo„jaligi asoslangan bo„lib, paxtachilik,
sholichik,
tamakichilik,
bog„dorchilik
asosiy
tormoqlari
hisoblanadi.Yirik tabiiy resurs zahiralari asosida bu yerda tog„-kon
sanoati shakllandi va rangli metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, yengil
va oziq - ovqat sanoati rivojlandi. Eng katta shaharlari -Olma-Ota,
Shimkent, Jambul va Qizil- O„rda hisoblanadi.
Sharqiy Qozog„iston iqtisodiy rayoniga Sharqiy Qozog„iston
viloyati va Semipalatinsk viloyatlari kiradi. Rayon doirasiga Rudali
125
Oltoy havzasi kiradi. Shuning uchun ham bu yerning sanoatida rangli
metallurgiya, qurilish materiallari sanoati, kimyo sanoati yetakchi
hisoblanadi. Eng katta shaharlari Ust-Kamenogorsk va Semipalatinsk
hisoblanadi.
G„arbiy Qozog„iston tarkibiga Aktyubinsk, Uralsk, Gurevsk va
Mang„ishloq viloyatlari kiradi. Sanoatining asosi ixtisosi tabiiy
resurslarni qazib olish (neft, gaz, xrom va nikel rudalarni), shuningdek
bu
tarmoqlarga
xizmat
qiluvchi
mashinasozlik
vujudga
kelgan.Shuningdek bu rayonda baliqchilik yaxshi rivojlangan. Asosiy
shaharlari - Aktyubinsk, Uralsk, Gurev va Shevchenkodir.
Turkmaniston Respublikasi quyidagi rayonlardan iborat: G„arbiy
Murg„ob, Tedjen va Quyi Amudaryo (Tashxovuz viloyati).
G„arbiy rayon (Ashxabad - Turkmanboshi) sanoat ixtisosiga neft va
neftni qayta ishlash, kimyo, yengil, oziq-ovqat va baliqchilik tarmoqlari
kiradi. Eng katta shaharlari - Ashgabod, Turkmanboshi, Nebit-Dag,
Qum-dag va Chelekendir.
Murg„ob - Tedjen rayoni tarkibida Mari viloyati va janubiy -
sharqiy Qoraqum sektori kiradi.Bu rayonning asosiy ixtisosi ingichka
tolali paxtachilik bo„lib, Turkmanistonning yarmidan ko„p qorako„llari
shu rayonga to„g„ri keladi, shuningdek bu rayon ipakchilik rayoni
hisoblanadi. Asosiy shaharlari Mari va Bayram-Alidir.
O„rta Amudaryo rayoni Chorjo„y viloyatidan iborat bo„lib, asosiy
qishloq
xo„jaligi
tarmoqlari
paxtachilik,
qorako„lchilik
va
ipakchilikdir.Quyi Amudaryo rayoniga mamlakatdagi shimoliy
Tashxovuz viloyati kiradi. Bu rayon ham qishloq xo„jaligiga
ixtisoslashgan.
Qirg„iziston Respublikasini ixtisoslashish buyicha quyidagi
rayonlari ajratamiz: Shimoliy, Ichki Tyan-Shan, Janubiy-G„arbiy.
Shimoliy
Qirg„iziston
rayoni
eng
iqtisodiy
jihatdan
rivojlangan rayon bo„lib unda mashinasozlik, tuqimachilik, oziq-
ovqat sanoatlari yaxshi taraqiy etgan. Qishloq xo„jaligining
asosiy ekinlari qand lavlagi, donli ekinlar, bog„dorchilik,
uzumchilik tarmoqlari hisoblanadi.
Ichki Tyan-Shan rayoniga Norin viloyati kirib, uning asosiy ixtisosi
tabiiy resurslarni qazib olish, gidroenergiya resurslaridan foydalanish
va chorvachilik hisoblanadi.Qishloq xo„jaligi bu chorvachilik, sanoat
esa - tabiiy resurslar bilan bog„liqdir.
Janubiy - G„arbiy Qirg„izistonga Farg„ona vodiysida O„sh viloyati
kiradi. Uning asosi ixtisosi ko„mir, surma va simob rudalarini qazib
126
olish, qishloq xo„jaligi esa - paxtachilik, ipakchilik, bog„dorchilik va
uzumchilik yetishtirish bilan bog„liq.
Tojikiston Respublikasining har xil tabiiy resurslari va tabiiy
sharoitlari turli iqtisodiy rayonlari vujudga keltirdi.
Shimoliy qismga Xo„jakent viloyati kirib, xo„jaligi bevosita qishloq
xo„jaligi bilan ayniqsa paxtachilik, bog„dorchilik.
Do'stlaringiz bilan baham: |