Foydalanilgan adabiyotlar
1. Г.Остер. Задачник.М.,1977.
2. H.Hamedova, Z.Ibragimova, T.Tasetov. Matematika. Тoshkent.,”Turon - Iqbol” 2007.
3. M.E. Jumayev, Z.G‘. Tadjiyeva. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi
.Toshkent/2005 y.
159
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLIKLARIDA O‘QUV
TOPSHIRIQLARINING O‘QUVCHI IJODIY FAOLIYATINI OSHIRISHDAGI
AHAMIYATI
Raxmonova Barfiya Sanoyevna
Qiziltepa tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim
maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Hozirgi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun chop etilayotgan har
bir darslik davr talablariga mos holda tuzilishi muhum masala sifatida keng ommada ko‘rib
chiqilmoqda
.
Bu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘rta arifmetik masalalarni yechishga
o‘rgatishning usullari oid fikrlar ochib beriladi.
Kalit so‘zlar:
masala, o‘rta arifmetik qiymat, amal, misol, topshiriq intelektual, ijodiy,
individual, reproduktiv, ko‘nikma.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisida mustaqil fikr yuritish ko‘nikmasining shakllanishida,
ijodkorligini oshirishda matematika darsligi ta’lim vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Demokratik jamiyatda har bir fan bo‘yicha muqobil darsliklarning yaratilishi tabiiy hol.
Darsliklar tajriba-sinov maydonchalarida tekshirilgach, tenderda g‘olib chiqqanlari Respublika
miqyosida darslik sifatida qo‘llanilishiga ruxsat beriladi.
Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari to‘rt mualliflik guruhi tomonidan tayyorlangan
matematika darsliklari asosida ta’lim olishmoqda. Bular: 1-sinf matematika (2018 y.) darsligi
(mualliflar: M.Ahmedov, N.Abdurahmonova, M.Jumayev); 2-sinf matematika (2018 y.) darsligi
(mualliflar: N.Abdurahmonova, L.O‘rinbayeva); 3-sinf matematika (2016 y.) darsligi (mualliflar:
S.Burxonov, O‘.Xudoyorov, Norqulova.); 4-sinf matematika (2017 y.) darsligi (muallif:
N.Bikbayeva, E.Yangabayeva, K.Girfanova) .
Albatta ularning barchasi Davlat ta’lim standarti talablari va boshlang‘ich sinf matematika
o‘quv dasturi mazmuniga mos yozilgan darsliklardir. Darsliklarda nazariy va amaliy materiallar
tizimli, uzviy bog‘liq hamda osondan qiyinga, soddadan murakkabga, konkretlikdan abstraktlikka
(ya’ni induktiv tarzda) o‘tishiga asoslangan holda keltirilgan. Ammo masalaning boshqa bir tomoni
bor. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchi to‘rt yil o‘qiydi. Turli guruh mualliflari tomonidan yozilgan
darsliklari asosida ta’lim jarayonini tashkil etishda ba’zi qiyinchiliklarga duch kelinmoqda.
Boshlang‘ich ta’limning to‘rt o‘quv yili davomida o‘quvchi bir guruh mualliflar tomonidan
yaratilgan matematika darsliklari bilan ta’lim olishi yaxshi natijalarga olib keladi deb o‘ylaymiz.
Albatta, darslikni yozish nuqtayi nazarida har bir mualifning o‘ziga xos uslubi bor. Shu nuqtayi
nazardan imkon qadar har bir guruh mualliflari boshlang‘ich ta’limning to‘rttala sinfi uchun
o‘zlarining matematika darsliklarini tayyorlashlarini tajriba taqozo qilmoqda.
Darslik materialining asosiy qismini o‘quv topshiriqlari tashkil etadi. Olimlarning ta’kidlashlariga
ko‘ra xotira va tafakkurga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlarininng nisbati 1:1 kabi bo‘lishi ta’lim
samaradorligining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Agar darslikdagi o‘quv topshiriqlari faqatgina
reproduktiv (esga tushirish) xarakterda bo‘lsa, o‘quvchilar uchun o‘zlashtiriladigan bilim,
ko‘nikmalar qiziqarli bo‘lolmaydi, yoki aksincha, o‘quv topshiriqlari faqat o‘quvchidan aqliy
mehnatni, ijodiy faoliyatni talab qilsa, ayrim o‘quvchilarning bilim va malakalarni egallashlari
qiyinlashadi, zerikib qolishadi. Shu sababli topshiriqlar tizimini tuzishda esga tushiruvchi
topshiriqlar salmog‘i biluv, ijodiy mazmundagi topshiriqlar bilan mutanosibligini hisobga olmoq
darkor.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, matematika darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchisining
individual xususiyatini hisobga olgan holda ijodiy mazmundagi o‘quv topshiriqlaridan foydalanish
o‘quvchining o‘quv-biluv va ijodiy faoliyatini oshiradi, bolada mustaqil fikr yuritish, xulosa
chiqarish kabi xislatlarni tarbiyalaydi.
Darslikda “Misolga diqqat bilan qara. Qanday qonuniyatni sezding?”, “Sonlar qatorini davom
ettir!”, “Misol yechimini diqqat bilan kuzat! Qanday xulosa chiqarish mumkin?”, “Masalaning
boshqa yechim usuli mavjudmi?”, “Masalaning qulay yechimini top!” kabi topshiriqlarning
kiritilishi o‘quvchilarni topqirlikka, izlanishga, ijodkorlikka jalb qiladi.
Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qaraladigan ijodiy mazmundagi o‘quv topshiriqlarini
quyidagi ko‘rinishlarda berish mumkin: 1) o‘quvchilar tomonidan misol va masalalar tuzish hamda
160
Do'stlaringiz bilan baham: |