65
qo‘yiladi. O‘quvchilar vazifalarning mohiyatini anglab, unga mos o‘quv-bilish faoliyatini amalga
oshiradilar. Natijada o‘quvchilarning ongli, faol, mustaqil o‘quv-bilish faoliyati orqali o‘quv
materialini o‘zlashtirilishiga erishiladi.
O‘qituvchi o‘zlashtirish qonuniyatlarini bilish orqali o‘quvchilarning o‘quv-bilish
faoliyatlarini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zlashtirish natijalari esa, o‘z navbatida
keyingi xatti-harakatlar xarakterini belgilaydi. Shunday qilib, kasb-hunar ta’limi o‘quvchilar oldiga
ma’lum maqsadlarning qo‘yilishi bilan boshlanadi. Maqsadning qo‘yilishi va uning qabul qilinishi
turlicha kechishi mumkin. Eng avvalo u diqqat-e’tiborini qaratish, eshitish, ko‘rish, ushlab ko‘rish,
xatti-harakat usullarini bajarish, ya’ni idrok (his) etish darajasida amalga oshiriladi. Keyinchalik
maqsadlar murakkablashib, turli vazifalar, savollar ko‘rinishiga ega bo‘lib, amaliy xarakterdagi
ijodiy ishlarni bajarish darajasigacha oshib boradi. Maqsadlarni o‘quvchilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri
yoki bevosita talabalar ehtiyojlari, ya’ni materialning yangiligi, o‘quvchining mustaqilligi, o‘ziga
bo‘lgan ishonchi kabilarni hisobga olgan holda qo‘yish zarur.
Ta’limning keyingi bosqichi yangi axborotni idrok etish va mohiyatini tushunishni tashkil
etishdir. Idrok etish turli yo‘llar bilan tashkil etiladi, unda avvalgi o‘zlashtirilganlarga tayanish va
kelgusilariga ishora qilish holatlari bir paytning o‘zida kechadi. Bunda yangi materialni tashkil
etish turlicha:
induktiv, deduktiv yoki traduktiv kabilar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Keyingi bosqich idrok etilganni xotirada saqlash, yangi axborotlarni mustahkamlashdir.
Lekin o‘qituvchi uchun har doim o‘zlashtirish jarayoni qanday kechayotganligini bilish muhim
ahamiyat kasb etadi. Buning uchun o‘z navbatida teskari aloqani amalga oshirish zarur. Teskari
aloqa faqat o‘qituvchiga o‘zlashtirish natijalarini aniqlash uchungina emas, balki o‘quvchilar
uchun o‘zini-o‘zi
nazorat qilish, o‘qib-o‘rganishga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish uchun zarur.
Shuning uchun ham o‘zlashtirish natijasini nazorat qilish kasbiy ta’lim-tarbiya jarayonining muhim
bosqichi sifatida e’tirof etiladi.
Yuqorida zikr etilgan barcha bosqichlar birgalikda kasbiy ta’limning yaxlitligini ifodalaydi.
Shuningdek, bu barcha bosqichlar ochiq- oydin o‘zini ko‘rsatadi, degan ma’noni anglatmaydi. Real
ta’lim jarayonining u yoki bu bo‘lagida (bosqichida) ular o‘rin almashishi va turli darajada
namoyon bo‘lishi mumkin. Bu holat pedagogik mantiqqa tegishlidir. Ta’lim jarayonini harakatga
keltiruvchi kuch sifatida jamiyatning yuqori malakali, keng ixtisosli, raqobatbardosh kadrlarga
bo‘lgan talabi bilan ularni haqiqiy tayyorgarlik darajasi orasida ziddiyatlar e’tirof etilgan. Bu
ziddiyatli holatni harakatga keltiruvchi kuch sifatida barcha ko‘rinishda ta’lim mazmunini
o‘zlashtirish va o‘quvchini shakllantirish qonuniyatlari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Demak, kasb-hunar ta’limida jamiyat talablari asosiy omil hisoblanadi. Ularsiz kasbiy ta’lim-
tarbiya jarayoni bo‘lmaydi, bo‘lishi ham mumkin emas. Jamiyatda yosh avlodni tayyorgarlik
darajasiga qo‘yilgan talablar kasbiy tayyorgarlik natijalarini baholash uchun o‘ziga xos meyor va
mezon vazifasini o‘taydi. Har doim ham talab bilan tayyorgarlik darajasi bir-biriga mos
bo‘lavermaydi, bunday holat o‘z navbatida uzoq tarix davomida isbotlangan va muntazam ravishda
rivojlanib boruvchi tajribalarni tez fursatlar ichida o‘rganish mumkinligini ko‘rsatadi. Shuning
uchun ham har doim zikr etilgan ziddiyatli holat kasb ta’limini harakatlantiruvchi kuch sifatida
xizmat qiladi. Bu ziddiyat turlicha shaklda o‘z ifodasini topishi mumkin. Har bir shaxsga kasbiy
ta’lim berishda harakatga keltiruvchi kuch, bir tomondan unga qo‘yilgan talab, ikkinchi tomondan,
undagi imkoniyat va motivlar orasidagi ziddiyatlar hisoblanadi. Ma’lumki, motivlarsiz kasbiy
ta’lim jarayoni amalga oshmaydi. Demak, o‘quvchilarning motivasiyasi ziddiyatlarning muhim
komponentidir.
Kasbiy ta’lim o‘qituvchi-o‘quvchi, faol o‘quv-bilish faoliyati hamda ta’lim mazmunining
o‘zaro ta’siri, aloqadorligi jarayonida sodir bo‘ladi. Aynan mana shu holat ta’limning ikki
tomonlamaligi, ya’ni mazmuniy va jarayoniy jihatlarining yaxlitligini ko‘rsatadi.
O‘zlashtirish ilgarigi tajriba bilan yangisini, yangi axborot bilan avval anglangan
axborotlarni bir-biriga qo‘shilishidir. O‘zlashtirish ijtimoiy tajribani shaxsiy mulkka aylanishini
anglatadi. O‘zlashtirish tartibsiz va maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirilishi mumkin. Agar
katta yoshlilar bolalar diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib ma’lum obyekt xususiyatlarini tushuntirsa,
maqsadga muvofiq o‘zlashtirish jarayoni kechgan bo‘ladi. Maqsadga muvofiq o‘zlashtirish ham
o‘z navbatida mustaqil va maxsus tashkil etilgan jarayonda amalga oshadi.
66
Psixologik jarayonlar: idrok etish, fikr yuritish, xotira va uning natijasi o‘laroq o‘zlashtirish
ham ma’lum faoliyat ko‘rinishidir.
Yetuk psixolog olim L.S. Vigotskiy fikricha, individning mehnat faoliyati, eng avvalo
qurollarni anglab, jamoaviy tajriba to‘plash natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu tajribani yosh
avlod tomonidan o‘zlashtirish doimo idrok etish orqali kechadi. Shunday qilib, ma’lum materialni
o‘zlashtirish shart-sharoitlari va vositasi avvalo tashqi moddiy, so‘ngra ichki (psixologik)
faoliyatlarni birlashish (tutashish) joyida sodir bo‘ladi.
Idrok etish har qanday o‘zlashtirishning boshlang‘ich va zaruriy sharti hisoblanadi. U eng
avvalo moddiy xatti-harakatlarda, so‘ngra esa moddiylashtirilgan tasvirlarda, obyekt sari yoki
belgilarda kechadi.
Idrok etish, tasavvur hosil qila olish va undan bilim, ko‘nikma va malaka darajasiga
rivojlantiriladigan mazmunga binoan o‘zlashtirish darajalari farqlanadi. Pedagogik psixologiyada
tushunchalar, ko‘nikma, malaka fikrlash usullari farqlanadi. Bu faoliyatning har bir turi o‘ziga xos
o‘zlashtirish usullarini talab etadi.
Bilimlarni o‘zlashtirish: dalillarni idrok etish, fikrlash va xotirada saqlash jarayonida
kechadi. Har qanday o‘zlashtirish jarayonining zaruriy komponenti xotirada saqlash hisoblanadi.
Turli vaziyatlarda avval o‘zlashtirilgan bilimlarga tayanish xotirada ularni mustahkamlaydi.
Bilimlar, ma’lum tartibga solinsa, boshqa bilimlar bilan qonuniy bog‘lansa, tizimli bilimning
ma’lum bo‘lagiga aylansa to‘laqonli o‘zlashtiriladi. Bunday holda material hajmi o‘zlashtirishga
to‘siq bo‘lmaydi. Bilimlar qancha aniq bo‘lsa, sezgi tajribalari o‘zlashtirishga asoslansa,
ko‘rsatmalilikning roli shuncha ortadi. Sezgi organlari kancha chegaralangan, axborot mavhum va
umumlashgan bo‘lsa, unga mos ravishda o‘quvchidan yuqori darajadagi umumlashtirish va
mavhumlashtirish faoliyati talab etiladi. Lekin har qanday umumlashgan faoliyatning asosi aniq
dalil, tushuncha tizimidan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: