59
7. Ilmiy bilish – tanlagan sohadagi ilmiy bilimlarni o‘zlashtira olish qobiliyati.
Yuqorida zikr etilgan va shu kabi boshqa qobiliyatlar pedagogning amaliy faoliyatida
birday muhimlik darajasiga egami? So‘nggi yillarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar pedagogik
qobiliyatlarning “asosiy” va “ikkinchi darajali yordamchi” turlarga ajratishga imkon beradi. Ko‘p
sonli so‘rovlar natijasida muhim pedagogik qobiliyatlar sirasiga pedagogik kuzatuvchanlik,
didaktik,
tashkilotchilik, ekspressiv qobiliyat kabilarning kirishi haqida fikrlar bildirilgan.
Pedagogik ta’lim muassasalariga qabul qilishda shu paytgacha pedagogik iste’dod
(qobiliyat, o‘quv) hisobga olinmay, umumiy tanlovga asoslanildi. Shuning uchun ham ta’lim
muassasalariga tasodifiy shaxslar kelib qolmoqda.
Albatta, ideal holatda pedagogik faoliyat bilan ma’lum iste’dodga ega bo‘lgan kishilar
shug‘ullanishi zarur. Lekin pedagog kasbi ommaviy kasbga aylangan. Faqatgina O‘MKHT tizimi
uchun zarur bo‘lgan 160000 nafar iste’dodli pedagoglar qayerdan olinadi? Ko‘p sonli
mutaxassislar fikricha, yorqin pedagogik qobiliyat mavjud bo‘lmagan holda, mehnatsevarlik, o‘z
burchiga sodiqlik, o‘zi ustida muntazam ishlash kabi kasbiy fazilatlar ularning o‘rnini to‘ldirishi
(qoplashi) mumkin.
Pedagoglik kasbini muvaffaqiyatli egallash uchun pedagogik qobiliyatning mavjudligi juda
muhim, lekin bu hamma narsaning yechimi topilganligini anglatmaydi. Qanchadan-qancha fan
nomzodi, professorlar amalda pedagogik mahorat cho‘qqisini egallay olmaganlar.
Ana shu bois ham, biz pedagogning muhim kasbiy fazilatlari sifatida mehnatsevarlik,
ishchanlik, tartib intizomlilik, javobgarlik, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘ya olishlik, unga
erishishda oqilona yo‘llarni tanlay olish, tirishqoqlik, kasbiy mahorat darajasini muntazam oshira
borishlik, mehnati sifatini oshirishga intiluvchanlik kabi kasbiy fazilatlarni e’tirof etamiz. Zikr
etilgan talablar orqali pedagog o‘zi bajaradigan burchini ishchi sifatida amalga oshiradi. Ko‘z
o‘ngimizda bozor munosabatlarining yo‘ldoshi hisoblangan o‘zgarishlar shu jumladan
raqobatbardoshlik rivojlanmoqda. Bunday sharoitda pedagogning insoniy (odamiylik) fazilatlari
kasbiy muhim ahamiyat kasb etib, ta’lim-tarbiya jarayonida ijobiy munosabatlarning vujudga
kelishiga asos bo‘ladi. Ular: odamiylik, mehribonlik, sabr-toqatlilik, tartib-intizomlilik, halollik,
to‘g‘rilik, poklik, javobgarlik, vijdoniylik, saxiylik, mehr-muruvvvatlilik, yuksak axloqiylik,
kelajakka ishonch, emosional bosiqlilik, muloqotchilik, o‘quvchilarga nisbatan qiziquvchanlik, oq
ko‘ngillik, o‘z-o‘zini tanqid qilishlik, do‘stlik, o‘zini tuta bilishlik, prinsipiallik, emosional
madaniyatlilik va ko‘plab shu kabilardir.
O‘qituvchi uchun shart bo‘lgan fazilat insonparvarlikdir. O‘qituvchi har doim faol, ijodkor
shaxs bo‘lishi zarur. A.S. Makarenko o‘zini tuta bilmaydigan o‘qituvchini tormozsiz mashinaga
o‘xshatgan edi. Chunki bunday mashina albatta halokatga olib keladi.
Pedagogik takt o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lganda amal qilinadigan his-tuyg‘udir.
O‘quvchi shaxsiga nisbatan hurmat uning o‘zagini tashkil etadi.
O‘qituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlarini bir-biridan ajratish mumkin emas. Chunki
ular yaxlitlikni tashkil etadi. Bunday fazilatlar kasbiy tayyorgarlik jarayonida, ya’ni o‘qitadigan
predmetini, o‘qitish metodikasini bilish, keng ko‘lamda madaniy dunyoqarash, pedagogik mahorat,
pedagogik mehnat
texnologiyalarni bilishi, notiqlik san’ati va boshqalar vositasida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: