Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi


-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet356/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   643
Bog'liq
Mantiq

14-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR 

TARBIYASIDAGI O‘RNI 

Reja: 

1.

 



Nikoh - eng qadimgi axloqiy munosabat shakli 

2.

 



Nikohning qonuniy va diniy jihatlari. 

3.

 



Milliy  ma’naviyatimizda  nikoh  va  oilaga  doir  axloqiy  qadriyatlar  O‘zbekistonda  yoshlar  tarbiyasi, 

ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarining o‘rni  

4.

 

Ajralish va uning axloqiy kamolotga salbiy ta’siri      




 

 

 

 

190 



 

  

     Tayanch  tushunchalar:

  Nikoh,  oila,  er-xotin,  poligam,  monogam,  mahr  farzand  tarbiyasi,  oila 

shartnomasi, axloqiy qadriyatlar, nomus, Oila kodeksi, shariy nikoh. 

 

Insonning  hayoti  va  turmushida,  ayniqsa,  yosh  avlodning  kamolot  topishida,  axloqiy  voyaga  yetishida 



oilaning    o’rni  va  vazifasi  beqiyosdir.  Oilaga  xos  an’analar,  qadriyatlar,  urf  -  odatlar  bola  zuvalasini 

shakllantiradi.  Eng  muhimi,  farzandlar  oilaviy  hayot  maktabi  orqali  jamiyat  talablarini  anglaydi,  xis  etadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek:  "Xalqimiz  tarixiga  nazar 

tashlaydigan  bo’lsak,  eng  qimmatli  an’analar:  halollik,  rostgo’ylik,  or  -  nomus,  sharmu  -  xayo,  mehru  - 

oqibat,  mehnatsevarlik  kabi  barcha  insoniy  fazilatlar  eng  avvalo  oilada  shakllangan".    Bas  shunday  ekan, 

oila  va  nikoh  nima,  ularning  mohiyati,  maqsadi  va  ahamiyatini  bilish  har  bir  fuqaro,  har  bir  bo’lajak 

mutaxassis, yosh avloddan tortib keksa kishilargacha bilishi zarur va muhimdir.         

       Oila  va  nikoh  nima?  Oila  so’zinivg  lug’aviy  ma’nosi  haqida  har  xil  nuqtai  nazarlar  bor.  Masalan, 

Rimliklarda "oila" so’zi (familia) dastlabki mulk egasiga bo’ysunadigan shaxslar (bu shaxslar mulkining bir 

qismi  hisoblangan;  mulk egasining o’z bolalari, xotini,  asir, sotib olingan  yoki  meros bo’lib o’tgan qullar 

ham  hisobga  kirgan)  majmuini  bildirgan.  "Ota"  so’zi  ham  dastlab  hozirgi  ma’nodaga  otani  emas,  balki 

o’ziga qarashli oilaning xo’jasi yoki egasi degan so’zni anglatgan. "Oila"ning lug’aviy ma’nosi boshqa bir 

manbaada quyidagicha izohlanadi: "Oila asli arabcha "ayolmand, niyozmand" ma’nolarini anglatuvchi “oil” 

so’zidan  chiqqanligi  "Farxangi  zaboni  tojikiyda  qayd  etilgan.  "O’zbek  tilining  izohli  lug’ati"  da  ham  bu 

so’zning arabchaligi ta’kidlanib, "er-xotin, ularning bola - chaqalari va eng  yaqin tug’ishganlaridan iborat 

birga  yashovchi  kishilar  majmui,  xonadon"  ma’nosidagina  izohlanadi.  Har  ikkala  izohda  ham  so’zdagi 

ma’no  yuki  onalik  bulog’idan  suv  ichgan  holda  shakllanganligi  yetarli  ifodalanmagan.  "Oila"  so’zining 

lug’aviy ma’nosi uning mohiyatini anglashda va ta’kidlashda muhim negiz bo’ladi. Adabiyotlarda oilaning 

turli  ta’riflari  mavjud.  Shundan  eng  mukammali  quyidagidir:  Oila  -  kishilarning  tabiiy-biologik  (jinsiy 

munosabatlar, bola tug’ish), iqtisodiy (mulkiy munosabatlar, uy - ro’zg’orni boshqarish), huquqiy (masalan, 

nikohni davlat yo’li bilan qayd etish), ma’naviy (er - xotin, ota - ona va bolalar o’rtasidagi mehr - muhabbat 

tuyg’usi  va  boshqa)  munosabatlariga  asoslangan  ijtimoiy  birligi"

50

  .  Professor  A.  Ortiqovning  ma’ruza 



matnlarida, yosh olima F.Primovaning oila haqida quyidagi yanada mukammalroq ta’rifi keltirilgan: "Oila 

jamiyatning  tarixiy  taraqqiyot  jarayonida,  uning  davomiyligini  ta’minlovchi  tabiiy  -  biologik,  ijtimoiy 

ehtiyojlarning  qonuniyati  asosida  shakllanib,  takomillashgan  kishilarning  ijtimoiy  -  iqtisodiy,  huquqiy, 

ma’naviy - axloqiy munosabatlariga asoslangan barqaror ijtimoiy birligidan iborat"

51

. Darhaqiqat, oila er - 



xotin,  ularning  bola  -  chaqalari,  eng  yaqin  tug’ishganlaridan  iborat  kishilar  guruhi,  boshqacha  aytganda 

xonadonidir. Chunki oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkaknnng o’zi yoxud bir ayolning o’zi 

oila bo’la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila er - xotindan tashqari erning 

ota  -  onasi,  ya’ni  qaynota  va  qaynonalar,  farzandlar,  uka  va  singillardan  iborat  ko’p  bo’g’inli  xonadon. 

Uning har bir a’zosi o’z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga buysunib yashaydi. Shu ma’noda oila 

jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o’z saltanati bor: Bunda minglab tasodiflar jarayonida er - xotin 

muhabbati sinovdan o’tadi, shu sinov jarayonida ular bir - birlarini chuqurroq tushuna boradi, bir - birlarini 

qadrlashni o’rniga qo’yadigan bo’ladi, bir - birlariga kechirimli bo’lishadi, er - otaga, xotin-onaga aylanadi, 

farzandlarni tarbiyalab elga qo’shadi, orzu - xavas ko’radi. Shu manoda oila inson hayotiga to’kislik baxsh 

etadi,  jamiyatning  muqaddas  maskani  sifatida  sadoqat  sarchashmasiga  aylanadi.  Oila  ana  shu  asoslarga 

tayangan holda kishilik tafakkuri va ijtimoiy harakatining ulug’ kashfiyoti bo’ldi. Demak, oila-jamiyatning 

asosiy  bo’g’ini,  yacheykasi  bo’lib,  unda  er  -  xotinlik,  ota  -  onalik,  farzandlarning  va  tug’ishganlarning 

                                                           

50

 



O’zbekiston Мilliy ensiklopediyasi 8-jild

 

51



 Ortiqov A. "Etika asoslari" kursidan leksiya matnlari, - Т.: 1999, 95-bet. 


 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish