186
Italiyadagi ozodlik xarakati mag‘lu6iyatga uchragach, u qadim YUnonistonni Turkiya zulmidan ozod qilish
uchun kurashdi. U YUnonistonda, botqoqlik yonidagi Missolungi shahrida og‘ir bezgakdan vafot etdi.
Uning o‘limi xam istibdodga qarshi shiorga aylandi qo‘zg‘olonchilar “Bayron uchun!” degan. jangovar
hayqiriq bilan jangga otildilar. Benazir, YUnonistonning ozod qilingan qismi general-gubernatori, erksevar
qo‘mondon va ulug‘ inson xotirasiga yunon xalqi yigirma bir kun qora kiyib, motam tugdi. Xamma
cherkovlarda Bayron haqiga ibodat qilindi. Daphaqiqat, erkparvarlik tamoyilini xayotining ma’nosi deb
bilgan insonning ma’naviy umri boqiy, ular kelajak avlodlar uchun ideal bo‘lib qoladilar.
Eng ma’lum va mashxur tamoyil, bu vatanparvarlik. U insonning o‘z Vataniga muxabbatini, uni asrab-
avaylashga bo‘lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloq tushuncha. Uni ko‘pincha Vatan dushmanlariga qarshi
ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar.
Aslida esa, bu tamoyilning qamrovi ancha keng - u insonparvalikning nisbatan muayyanlashgan shakli. U,
eng avvalo, o‘z vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, inson ozodligi yo‘lidan xatti-xarakatlardir. Vatan
ximoyasi, bu – inson ximoyasi, millat himoyasi. Lekin bu ximoya, yuqorida aytganimizdek, faqat jang
maydoniga emas, balki barcha cohalapda namoyon bo‘ladi. Xar bir soxada Vatan erishgan
muvaffqiyatlardan quvonch, muvaffaqiyatsizliklardan qayg‘u hissini tuyush, Vatan bilan g‘ururlanish, uning
xar bir qarich eri, binosining xar bir g‘ishtiga, qadimiy obidalariga, ilm-fan va san’atdagi yutuq ulariga mehr
bilan qarash, ularni ko‘z qorachig‘idek asrab avaylash - bo‘lar xammasi vatanparvarlikdir.. Xozirgi paytda
yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash, ularni Vatan ma’nosini teran anglab etishga urgatish
vatanparvarlik - yuksak axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish fanimizning dolzar6 vazifasi hisoblanadi.
YAna bir muxim axloqiy tamoyil, bu - Millatparvarlik. U ma’lum ma’noda, vatanparvarlik tamoyilining
yanada muayyanlashgan shakli. Zero millatni sevish keng ma’noda Vatanni sevish degani. Vatansiz
millatning bo‘lishi yoki rasmona erkin va baxtli yashashi mumkin emas.
Lekin millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtipib yubormaslik lozim. Millatchilik o‘z millatini ajratib
olib, unga buyuklik maqomini berishga ingilish bo‘lsa, millatparvarlik, boshqalarni kamsitmagan xolda, o‘z
millati ravnaqi uchun kurashish, bu yo‘lda, lozim bo‘lsa, o‘z hayotini xam fido qilish demakdir. U
insonparvarlik bilan xam chambarchas bog‘liq. CHunki o‘z millatini chin dildan sevmagan, odati xech
qachon boshqa millatlarni seva olmaydi.
Asl millatparvar - milliy o‘zlikni anglab etgan inson. U o‘z millati bilan faxrlanadi, o‘z millati bilan butun
jahonning faxrlanishini istaydi. CHunonchi, Navoiy do‘pi bilan to‘p kiygan o‘zbekni xar qanday shoh
jamolidan afzal ko‘radi.
SHohu toju xil’atekim, men tomosha qilg‘ali
O‘zbakim boshida qalpoq, egnida shardog‘i bas.
Lekin Navoiy shu faxrlanishi, g‘ururlanishi barobarida o‘zgalarga kibr bilan qaragan emas, aksincha, o‘zga
til vakili bo‘lmish Jomiyga bag‘oyat xurmat-izzat ko‘rsatib, unga, pirim, deb qo‘l bergan.
Asl millatparvar insonlarning umri millatning umri kabi mangudir. Millat yo‘lida o‘z jonini tikkan
Munavvar qori, Behbudiy, Fitrat, CHo‘lpon singari minglab fidoiylarni ham halqimiz hech qachon
unutmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |