Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

183 



 

davlat bilan xalq, jamiyat bilan shaxs o‘rtasidagi aloqalar mezonini xam o‘z ichiga oladi. Xalq orasida ming 

yillar mobaynida odil podsho idealining yashab kelgani bejiz emas.  

Deyarli  bir  yarim  asr  moybaynida  adolatsizlikni  milliy  kamsitishni,  milliy  iftixor  xissining  oyoq  osti 

qilinishini, begona irodaning zo‘rlab qabul qildirish kabi xolatlarni boshdan kechirgan xalqimiz, endilikda, 

mustaqillikka erishib, adolatli fuqorolik jamiyati to‘zishga kirishdi. Adolat bugungi kunda bizning mustaqil, 

kelajagi buyuk davlatimizning moxiyatini anglatuvchi tushunchaga aylanib bormoqda.  

Axloqshunoslik  nihoyatda  ta’sir  doirasi  keng  tushunchalaridan  biri  vijdondir.  Vijdon  -  Zigmund  Froyd 

ta’biri  bilan  aytganda,  alo  men,-  men  ustidan  nazorat  o‘rnatib,  uni  boshqarib  turuvchi  ikkinchi,  yuqori 

darajadagi men. Agar uyat xissi insonning tashqi, jamiyagga bog‘liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki 

o‘z-o‘ziga bog‘liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog‘liqlik tashqi bog‘liqlikka nisbatan teran va doimiydir 

uyat  ma’lum  bir  vaqt  ichida  odamning  o‘z  nojo‘ya  xarakati  tufayli  yuzaga  kelgan  o‘ng‘aysizligi  bo‘lsa, 

vijdon  azobi,  bu  oddiy  o‘ng‘aysizlik  emas,  balki  qalbdagi,  odamdagi  odamiylikka  e’tiqodning  faryodi, 

talabi,  uni  qondirmas  ekansiz,  xech  qachon  azob  to‘xtamaydi.  Uyat  bilan  vijdonni,  shu  bois,  dengizdagi 

mo‘z  tog‘iga  -  aysbergga  o‘xshatish  mumkin,yuzaga  uyat  tarzidagi  chiqib  turgan  qismi  teranlikdagi 

qismidan -yuz, balki ming barobar kichik.  

Vijdon xam boshqa ba’zi axloqshunoslik mezoniy tushunchalari kabi baxolash xususiyatiga ega. Lekin bu 

baxolash xech qachon ob’ektga qaratilmaydi, u sub’ektning xatti-xarakatlariii baxolaydi, ya’ni unda sub’ekt 

o‘zi uchun ichki ob’ekt vazifasini o‘taydi. Ba’zan jamiyat talablari bilan vijdon o‘rtasida ixtilloflar chiqishi 

mumkin.  Bunda  vijdon  emas,  jamiyat  talablarining  o‘tkinchilik  xususiyati,  ma’lum  ma’noda  eskirganligi 

aybdordir. Zero vijdon ko‘zga ko‘rinmas, lekin ulkan va mutlaq aybsiz axloqiy xodisadir.  

Ko‘pincha  vijdon  tushunchasi  o‘rnida  iymon  iborasini  uchratish  mumkin.  Iymon  aslida  diniy  tushuncha. 

Lekin xayotda vijdon tushunchasining sinonimi tarzida ishlatiladi. Masalan, kimnidir birov “iymonli odam” 

deganida,  uning  musulmonlikka  iymon  keltirgan-keltirmagani  xaqida  o‘ylab  o‘tirmaydi,  buning  ustiga,  u 

odam  musulmon  emas,  nasroniy  bulishi  xam  mumkin.  CHunki  gap  bu  erda  o‘sha  odamning  dindorligi 

xaqida emas, balki vijdonli, xalol, rostgo‘y ekanligi to‘g‘risida ketyapti. SHu ma’noda vijdon bilan iymonni 

egizak deyish mumkin. 

Afsuski,  odatda,  ko‘pchilik  adabiyotlar  vijdon  mezoniy  tushunchasiga  “sub’ektgiv”  hodisa  tarzida  karab 

adolat,  burch,  nomus  singari  tushunchalarni  unga  karaganda  ijtimoiy  ahamiyatliroq  deb  baholash,  ularni, 

“turga  chiqarish”  hollari  tez-tez  uchrab  turadi.  Vaholanki,  vijdonsiz  odamdan  hech  qachon  adolatni  ham, 

burchga  sadokatni  ham,  or-nomusni  ham  kutish  mumkin  emas.  Vijdonli  odamlargina  haqiqiy  erkin, 

demokratik  fuqarolik  jamiyatini  yarata  oladilar.  Zero  vijdon,  eng  avvalo,  o‘zgalarga  nisbatan  burch  va 

mas’uliyatni taqozo etadi. 

YAna  bir  muhim  mezoniy  tushuncha  -  burch.  Burch,  mohiyatan,  jamiyat,  davlat  va  shaxslarga  nisbatan 

muayyan  individdagi  munosabat,  ular  oldidagi  majburiyat.  U  yuqorida  aytganimizdek,  vijdon,  e’tiqod 

mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bip xatti-harakati 

zamirida burch tushunchasi - burchga sadokat- yoki xiyonat yotadi. Burchning insonlik burchi, musulmonlik 

burchi,  nasroniylik  burchi,  farzandlik  burchi  singari  keng  kamrovli,  barcha  davrlar  uchun  umumiy  bulgan 

tushunchalari  ham,  jurnalistlik  burchi,  shifokorlik  burchi,  olimlik  burchi  kabi  kasbiy  odob  doirasidagi 

tushunchalari ham mavjud. Burch tushunchasining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri-uning vaqt va jamiyatda 

muayyanlashish xususiyati.  



 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish