c) Yolgon analogiya
ba’zan muxolifni aldash maqsadida qo’llanishi mumkin. Bunda yolgon analogiya
sofistik usulni ifodalaydi. Predmetlar hodisalarning mohiyatini xususiyatlarini bilmaslik, tasodifiy
o’xshashlikka tayangan holda xulosa chiqarish yolg’on analogiya hisoblanadi.
Analogiya o’quv jarayonida, isbotni talab etadigan holatlarda, matematik modellashtirishda, badiiy ijodda
muhim urin tutadi.
5. Olamdagi alohida narsalar, ularning xususiyatlarini hissiy mushohada orqali aniqlash mumkin. Biz
uyning tomi yopilmaganini ko’rib «uy bitmagan», dorining mazasini tatigach, «dori achchiq» deb aytishimiz
mumkin. Bular oddiy, ko’rinib turgan haqiqat va ularni isbotlash uchun alohida dalil keltirish talab
qilinmaydi. Lekin aksari hollarda (dars berish, ma’ruza o’qish, insho yozish, ilmiy izlanish, munozara, sud
majlislari, ilmiy ishni yoqlash) kabi o’z fikrimizning chinligini, asoslanganligini isbotlashga to’g’ri keladi.
Ana shunday vaqtlarda argumentlash, ya’ni dalil keltirish mantiqiy usulidan foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |