155
Masalan: har qanday uchburchak ichki burchaklarining yig’indisi 180* ga teng. Bunda o’tkir, o’tmas, to’g’ri
burchakli uchburchak nazarda tutiladi.
b)
Noto’liq induksiya shunday mantiqiy uslubki, unda turkumga mansub pedmetlar haqida
chiqarilgan xulosa uning tarkibiga kiruvchi barcha predmetlarni qamrab olishi shart emas.
Masalan:
suv (N2 O)2 vodorod atomi va 1 kislorod atomidan iborat.
Noto’liq induksiya
ehtimollik, haqiqatga yaqinlik xarakteriga ega bo’ladi. Masalan: Isitilganda azot,
kislorod, vodorodlarning kengayishi kuzatiladi. Shu asosda gazlar isitilganda, kengayadi, degan xulosaga
kelish mumkin.
Noto’liq induktiv
xulosa chiqarish 3 ko’rinishda uchraydi:
1) Oddiy sanash orqali induktiv xulosa chiqarish. Bu ommabop induksiya , deb ataladi.
2) Faktlarni tanlash va tahlil etish orqali xulosa chiqarish.
3) Salbiy aloqadorlikni aniqlashga qaratilgan ilmiy induksiya.
4.
Anologiya
grekcha anologia so’zidan olingan bo’lib, muvofiqlik, o’xshashli ma’nolarini anglatadi.
Analogiya xulosa chiqarishning eng qadimgi uslublaridan biri hisoblanadi. Analogiya inson tafakkuri
taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridan boshlab rivojlangan. Analogiya xulosa chiqarishning shunday
uslubiki, muayyan belgining, munosabatning predmetga xosligi haqidagi xulosa boshqa predmetning belgi
va munosabatlariga solishtirish vositasida chiqariladi.
Analogiyada o’rganilayotgan predmet - modelyep, unga xususiyatlari belgilari o’xshagan predmet - prototip,
deb yuritiladi. Masalan:
A predmet a, b, c, d, q xususiyatlarga ega;
V predmet ham a,b,c,d xususiyatlariga ega.
Demak, V predmet q xususiyatiga ham ega bo’lishi mumkin.
Yer va Quyosh solishtirilayapti, deylik. Yerning quyoshga o’xshash elementlari: a) har ikkisi bir sistemaga
kiradi. b) spektral analiz orqali har ikkalasining kimyoviy tuzilishi o’xshashligi aniqlandi. v) Quyoshda geliy
mavjudligi aniqlandi va shu asosda geliy Yerda ham mavjud bo’lsa kerak, degan xulosa chiqarildi.
Keyinchalik bu xulosa geliy elementining kashf qilinishi bilan isbotlandi.
Analogiya yordamida xulosa chiqarishdan amaliyotda keng foydalaniladi. Masalan: g’o’zadagi ko’sakka
qarab, hosildorlikni aniqlash; ekin zararkunandalariga qarshi kurashning biologik usulini topish; turli texnik
vositalar, moslamalar yasash, kibernetik mashinalarni yaratish va boshqalarda mantiqiy fikrlashning
analogiya usulidan foydalanilgan.
Analogiya yordamida chiqarilgan xulosalar insonning olam haqidagi bilimlarining chuqurlashuviga xizmat
qiladi.
Odatda, analogiya bo’yicha chiqariladigan xulosa ehtimollik xarakteriga ega bo’ladi, uning haqiqatga
qanchalik yakinroq bo’lishi bir qator omillarga bog’liq bo’ladi:
- o’rganilayotgan va solishtirilayotgan ob’ekt mumkin qadar ko’proq umumiy belgilarga ega bo’lishi;
- bu belgilarning mumkin qadar ko’proq narsa va hodisalar mohiyatidan kelib chiqishi.
Xulosaga asos qilib olingan axborot (belgi, tomon va hokazo)ning xarakteriga ko’ra analogiya 2 ko’rinishda
namoyon bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |