a) katta asos; b) kichik asos; v) xulosa.
Sodda qat’iy sillogizm quyidagi shaklda yoziladi:
Mustaqil davlat o’z konstitusiyasiga ega.
O’zbekiston — mustaqil davlat.
-----------------------------------------------------------
Demak, O’zbekiston o’z konstitutsiyasiga ega.
Berilgan misoldagi birinchi fikr («Mustaqil davlat o’z konstitusiyasiga ega») — katta asos. Unda umumiy
fikr ifodalangan. Ikkinchi fikr («O’zbekiston — mustaqil davlat») — kichik asos. Uchinchisi — asoslardan
kelib chiqqan xulosa («Demak, O’zbekiston o’z konstitutsiyasiga ega»).
Sodda qat’iy sillogizmda 3 termin mavjud. Bu terminlar katta asosni kichik asosga bog’lash oroqali yangi
fikr (sillogizm xulosasi) ni chiqarish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |