126
v) Evropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun fuqaroviy javobgarlik to‘g‘risida”gi Konvensiyasi;
g) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida “Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslari
to‘g‘risida”gi model qonuni;
d) “Osiyo Taraqqiyot Banki va Evropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Osiyo va Tinch okeani korrupsiyaga
qarshi harakat dasturi”;
Mamlakatimiz 2008 yil 7 iyulda BMTning “Korrupsiyaga qarshi” Konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31
oktyabr) qo‘shildi. Davlatimiz 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida
qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashishning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo‘shilgan.
SHuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga
qarshi kurashish bo‘yicha Evroosiyo guruhi to‘g‘risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13
dekabrda ratifikatsiya qilingan. O‘zbekiston mintaqamizda birinchilardan bo‘lib “Jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunni
qabul qildi. Ushbu tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 3 yanvar kuni imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
qonun muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasida asosiy
tushunchalar berilgan bo‘lib, unda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to‘qnashuviga doir
tushunchalarga ta’rif berilgan, ya’ni
korrupsiya
– shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy
manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida
qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim
etishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob
xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi ma’ruzasida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir
etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta,
muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz
zarur”
44
, deb ta’kidlab o‘tilgan.
Umuman olganda, korrupsiyani vujudga keltiruvchi shart-sharoitlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- o‘tish davridagi qiyinchilik;
- ijro etish tizimining yomonlashuvi;
- huquqiy nigilizm;
- jamiyatda insonlarning huquqiy madaniyati;
- iqtisodiy aspektlar;
44
Ш.М. Мирзиёев – Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон
Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг
қўшма мажлисидаги нутқ /. Тошкент : Ўзбекистон, 2016. – 10 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |