125
qilish kerak-ki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim”. Fransuz
mutafakkiri SHarl Monteske esa bu borada “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga
ega bo‘lgan shaxs, uni suiiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu
yo‘nalishda yuradi” degan fikrlarni bildirgan. Korrupsiyaning jamiyatga tahdidi barcha millatlar, diniy,
huquqiy adabiyotlarning qadimiy manbalarida ham qayd etiladi. Davlat boshqaruvi san’atiga bag‘ishlangan
qadimiy hind dostonlaridan “Artxashastra” (er.avv.IV asr)da podshoh oldida turadigan mug‘im vazifalardan
biri xazinani talontaroj qiluvchilarga qarshi kurashish ekanligi ta’kidlanadi. “Osmonda uchayotgan qushning
qayoqqa qarab burilishini aytib berishdan ko‘ra, ayyor amaldorning qanday hiyla o‘ylab topishini oldindan
aytib berish mushkulroqdir; dengizdagi baliq suvdan ichayotganligi yo ichmayotganligini aniqlab
bo‘lmaganidek, amaldor unga ishonilgan mulkni o‘zlashtirayotgan yo o‘zlashtirmayotganligini ham aniqlab
bo‘lmaydi”
43
, - deyiladi. G‘arbiy Evropa davlatlarining keyingi tarixida ham korrupsiyaning turli
ko‘rinishlari va korrupsion munosabatlarning avj olishi nafaqat tarixiy manbalarda balki, o‘sha davrning
ilg‘or yozuvchi faylasuflarining asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, SHekspirning “Venetsiyalik
savdogar”, “Qonga qon, jonga jon” , Dantening “Do‘zax”, “Tozalovchi” kabi asarlarida ham yoritilgan.
Dante korrupsionerlarni do‘zaxni eng qorong‘i va eng chuqur joyiga tashlash kerak degan fikrni bildirgan.
Korrupsiyaning kelib chiqishi tarixi va rivojlanishi masalalarini Nikkolo Makiavelli o‘rganib, uni yo‘talga
qiyoslab shunday degan edi, “Korrupsiyani ham yo‘talga o‘xshab oldin aniqlash qiyin, ammo davolash
oson, lekin bu kasalni o‘tkazib yuborsangiz uni aniqlash oson, ammo davolash qiyin”. Mana shu so‘zlardagi
haqiqatni bugungi kunda dunyo bo‘yicha keng tarqalgan korrupsiya ko‘rinishlariga nisbatan ham qo‘llash
mumkin bo‘ladi.
Ma’lumki “Korrupsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan bulib, mazmuni “buzish,
sotib olish” ma’nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma’nosi yana “korroziya” suzi ya’ni “chirish”
yoki “zanglash” degan mazmunni ham beradi. SHundan kelib chikib bu so‘zni ijtimoiy ko‘rinishi
hokimiyatni buzish, chiritish orkali sotib olish” degan ma’noni beradi.
Korrupsiya muammolari bo‘yicha Evropa Kengashi Guruhlarining 1-sessiyasi (1995 yil 22-24 fevral,
Strasburg)da “Korrupsiya”ga shunday ta’rif berilgan.“Korrupsiya - pora olish (o‘ziga og‘dirish), davlat yoki
xususiy sohada muayyan vakolatga ega bo‘lgan shaxs, mansabdor shaxsning yoki xususiy sohada faoliyat
yuritadigan shaxs yoki mustaqil agentning o‘z mansab vazifasidan yoki shunga o‘xshash munosabatlardan
kelib chiqadigan majburiyatlarini buzadigan shuningdek o‘zi yoxud o‘zga shaxslar manfaati uchun har
qanday shakldagi afzalliklarga ega bo‘lish maqsadida ifodalangan xatti-harakat”.
SHuningdek, “Korrupsiya – mansabdor shaxs tomonidan muayyan harakat yoki harakatsizlik sodir etish
(etmaslik) evaziga moddiy manfaatdor qilayotgan shaxsning manfaatini ko‘zlab mansab vazifasini buzgan
yozi buzmagan holda, turli shaklda moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy naf ko‘rishi.” (BMT
mansabdor shaxslarining obod-axloq Kodeksi 17.12.1979 y).
“Korrupsiya – shaxsiy manfaati yo‘lida davlat hokimiyati vazifalarini suiiste’mol qilishi (BMTning
Korrupsiyaga qarshi xalqaro kurash bo‘yicha axborot hujjati). Korrupsiya – bu shaxsiy manfaat uchun
davlat hokimiyati mansab vazifasini suiiste’mol qilish (Butunjahon banki hisoboti, 1997 y.) Jahon
miqyosida quyidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro-huquqiy hujjatlarni alohida ta’kidlab
o‘tish lozimdir:
a) BMTning “Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi”;
b) Evropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgorlik to‘g‘risidagi Konvensiyasi;
43
Кузнецов Ю.А., Силинский Ю.Р., Хомутова А.В. Российское и зарубежное законодательство о мерах противодействия
коррупции. /
Do'stlaringiz bilan baham: |