Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari.
O‘zining, o‘z farzandlarining, o‘zi yashayotgan
mamlakatning kelajagi haqida bilishni istamagan odam bo‘lmasa kerak. SHu sababli, qadim zamonlardan
boshlab turli xalqlarda ertangi kunga nazar tashlash, kelajakni bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan
kishilar katta izzat-ikromga sazovor bo‘lgan. Forslar ularni afsungarlar, bobilliklar va assiriyaliklar –
xaldeylar, qadimgi Misr aholisi – kohinlar deb atagan. Bashoratgo‘ylar qadimgi Yunoniston aholisining
hayotida alohida o‘rin egallagan. Kelajakni bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham
Do'stlaringiz bilan baham: |